Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (95-son)
13.03.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Tashqi savdo operatsiyalarining toʻgʻri va oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan amaliy nazoratni taʼminlash hamda Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi savdo kontraktlari ustidan nazorat qilish va monitoring olib borish valyuta nazorati organlari va vakolatli banklar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklariga:
tashqi savdo kontraktlari ustidan nazorat qilish va monitoring olib borish boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tashkil etish;
avans toʻlovlari tuzilgan import kontraktlariga muvofiq oʻtkazilsin;
5. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzinvestloyiha” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda loyihalash va tadqiqot tashkilotlari bazasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda bir oy muddatda import texnologiyalar, mashina va uskunalarni xarid qilishda eng maqbul variantlarni tanlash yuzasidan maslahat berish va xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan xoʻjalik hisobidagi tegishli maʼlumotlar bankiga ega boʻlgan tarmoq va tarmoqlararo mustaqil konsalting firmalari tarmogʻini tashkil etsin.
Adliya vazirligi “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda ixtisoslashtirilgan konsalting firmalari toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Belgilab qoʻyilsinki, import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda import qiluvchilar mahsulotlar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan muvofiqlik sertifikatsiyasidan (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart boʻlgan mahsulotlar uchun) majburiy tartibda oʻtkazilishini nazarda tutishlari kerak.
Rezidentlarga import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda ularning shartlarida tovarlarni joʻnatishdan oldin tekshirishni, majburiy muvofiqlik sertifikatsiyasidan oʻtkazishni nazarda tutish tavsiya qilinsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzdavstandart” markazi va Davlat soliq qoʻmitasi import tovarlarni joʻnatishdan oldin tekshirish tizimini tashkil etishga oid takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 13-mart,
95-son
