Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston zoologiya kombinatini xoʻjalik hisobidagi zoologiya ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirish toʻgʻrisida (79-son)
25.02.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston zoologiya kombinati mehnat jamoalarining kombinati ilgari unga yuklatilgan vazifalarini saqlab qolgan holda xoʻjalik hisobidagi zoologiya ishlab chiqarish birlashmasi (“Oʻzzoobirlashma”)ga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
“Oʻzzoobirlashma” 2 oy muddat ichida xoʻjalik hisobidagi zoologiya ishlab chiqarish birlashmasining Ustavini ishlab chiqsin hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat tabiatini muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi xoʻjalik hisobida ishlaydigan respublika “Oʻzbekiston zoologiya kombinati” (“Oʻzzookombinat”) tashkiloti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1988-yil 22-avgustdagi 289-son qarori (OʻzSSR QT, 1988-y., 8-son, 30-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 25-fevral,
79-son
