“Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-390-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1845-III-son)
20.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-390-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyul,
1845-III-son
