Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga mansab darajasi uchun qoʻshimcha haq belgilash toʻgʻrisida (1839-III-son)
19.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2018-yil 1-avgustdan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlariga ish faoliyati davrida tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida berilgan mansab darajasi uchun qoʻshimcha haq belgilansin:
Saidaxmetova Nilufar Zakirjonovna ― Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining aʼzosi Mamadjanov Shuhrat Muratovich ― Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi Eshonqulov Bunyodjon Mahamadaliyevich ― Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi Rasulov Hamdambek Qurbonaliyevich ― Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi Tursunov Oʻtkir Abdugʻafforovich ― Fuqarolar sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi Saʼdullayev Dilmurod Safoxonovich ― Fuqarolar sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi Sulaymonov Umidjon Qurbonovich ― Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi Shirinov Djaxongir Djabbarovich ― Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Artikov Bekzod Xatamovich ― Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi Tuxtabayev Shuxrat Abdulmaxmudovich ― Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi Xudaybergenov Salauatdin ― Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining aʼzosi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga ularning ish faoliyati davrida tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida berilgan mansab darajasi toʻgʻrisidagi axborotni 1-avgustga qadar taqdim etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari (M.M. Miralimov) ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga mansab darajasi uchun ilovaga muvofiq qoʻshimcha haq toʻlanishini taʼminlasin.
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuborilsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyul,
1839-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 19-iyulda qabul qilingan 1839-III-sonli qaroriga ILOVA
Mansab darajasi Qoʻshimcha haqning mansab okladlariga nisbatan foiz miqdori 3 klass yurist 20 2 klass yurist 24 1 klass yurist 28 3 klass adliya maslahatchisi 32 2 klass adliya maslahatchisi 36 1 klass adliya maslahatchisi 40 3 klass davlat adliya maslahatchisi 44 2 klass davlat adliya maslahatchisi 47 1 klass davlat adliya maslahatchisi 50 Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi 50
