Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3070-son)
27.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3070]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-avgust,
21-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 21-B-son buyrugʻiga ILOVA
Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning (bundan buyon matnda Fuqaro deb yuritiladi) ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Fuqarolarning roʻyxatdan oʻtishi ixtiyoriy boʻlib, bepul asosda va elektron shaklda amalga oshiriladi.
2-bob. Roʻyxatdan oʻtish
3. Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi (bundan buyon matnda elektron dasturiy majmua deb yuritiladi) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
4. Elektron dasturiy majmuada Fuqaroga roʻyxatdan oʻtishda qaysi tildan foydalanishni tanlash taklif etiladi. Fuqaro oʻziga qulay boʻlgan til koʻrsatilgan tugmani bosadi.
5. Fuqaroga Jismoniy shaxslar maʼlumotlar bazasi (id.gov.uz) orqali avtorizatsiyadan oʻtish taklif etiladi. Bunda Fuqaro “avtorizatsiya” tugmasini bosishi lozim.
6. Fuqaroga jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritmoqchiligini tanlash taklif etiladi. Fuqaro tegishli tugmani belgilaydi va “Tanlash” tugmasini bosadi, bunda u shaxsiy kabinetga oʻtadi.
7. Shaxsiy kabinetda onlayn xizmatlar boʻlimida konsullik hisobiga turish uchun “Konsullik hisobiga turish uchun maʼlumotnoma olish” tugmasini bosadi. Mazkur tugma bosilganda Fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijiy davlatda ishga joylashishi toʻgʻrisidagi Guvohnomaning shakli taqdim etiladi.
8. Fuqaro mazkur shakldagi “doimiy yashash joyi” hamda “mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” deb nomlangan qatorni toʻldiradi.
Bunda, Fuqaro “doimiy yashash joyi” qismida davlat, shahar va manzil deb nomlangan qatorlarga, shuningdek “mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” qismida davlat, shahar, manzil, korxona nomi, lavozimi va kasbi, mehnat faoliyatini boshlagan vaqti va oylik ish haqi deb nomlangan qatorlarga oʻzi haqidagi maʼlumotlarni toʻgʻri va toʻliq kiritadi. Fuqaro mazkur shaklda “qoʻshimcha maʼlumotlar” deb nomlangan qatorga oʻzi haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritishi mumkin.
12. Fuqaro tomonidan mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar kiritilgandan soʻng Guvohnoma elektron dasturiy majmuada avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda uning elektron shakli Fuqaroga taqdim etiladi.
Guvohnomaning amal qilish muddati Fuqaroning xorijiy davlatda mehnat faoliyatini amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnomasi muddatiga mos ravishda belgilanadi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaganda toʻlovlar amalga oshirilgan davrlar mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan transport orqali chet elga joʻnab ketish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq elektron dasturiy majmua orqali roʻyxatdan oʻtgan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan platskart va umumiy vagonlarga temir yoʻl chiptalarining narxlariga 20 foiz chegirmalar taqdim etiladi.
3-bob. Yakuniy qoida
16. Mazkur Nizomning talablarini buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
