26-modda. Investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻxtatib turish yoki tugatish
Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida (719-I-son) · Sana: 24.12.1998 · Kuchini yo'qotgan
Investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻxtatib turish yoki tugatish investorning, davlatning vakolatli organi yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror:
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb eʼlon qilingan yoki topilgan;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan;
investitsiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin”;
Tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻxtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda investitsiya faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
Investitsiya faoliyati subyektiga ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
