Taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (736-son)
17.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning oʻqishdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga tegishli Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasida joylashgan sobiq “Fudziyama” kafesi binosini tegishli hududi bilan birga (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish, shuningdek, mazkur obyektda Markaz tarkibidagi Talabalarning media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskanini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining talaba va oʻquvchilarini yurtimiz hamda dunyoda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, xususan, yoshlar hayotiga oid voqealar, yangiliklar va qiziqarli maʼlumotlardan tezkor xabardor qilib, ularning vaqtini mazmunli oʻtkazishga moʻljallangan virtual axborot makoni (veb-sayt, portal, forum, messenjerlardagi kanallar va h.k.)ni yaratish va doimiy faoliyat olib borishini taʼminlash;
talaba va oʻquvchilarda kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali ularning maʼnaviy dunyosini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etib borish;
ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari boʻlgan talaba va oʻquvchilar hamda uyushmagan yoshlar oʻrtasida ularni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy aksiyalar, tadbir va tanlovlar tashkil etish, ularda milliy kontentga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan bloggerlar klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
oʻqish yoki ish yuzasidan xorijda istiqomat qilayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan muntazam virtual aloqani yoʻlga qoʻyish va ular bilan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini olib borish;
oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, taʼlim bilan bogʻliq dolzarb muammolar va ularning yechimini tahlil qilish hamda yoritib borish maqsadida press-klub tashkil etish va uning doimiy faoliyatini taʼminlash;
yoshlarning bepul madaniy dam olishlariga qaratilgan tadbirlar tashkil etish, teatr tomoshalari namoyish etib borilishini taʼminlash, ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish xizmatini tashkil etish;
talaba va oʻquvchilar turizmini rivojlantirish, yosh avlodni mamlakatimizning tarixiy joylariga va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga doimiy tashriflarini uyushtirish;
oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan “Axborot va murabbiylik soatlari”ni metodik taʼminlash hamda turli mavzularda multimedia mahsulotlarini yaratish va tarqatib borish;
professor-oʻqituvchilar, talaba va oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini muntazam yoʻlga qoʻyish;
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tizimida ommaviy, madaniy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari va turli musobaqalarni oʻtkazib borish.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturida belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish choralarini koʻrsin;
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari talabalari va oʻquvchilari, shuningdek, mehnat va oʻquv jamoalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha musobaqalar va marafonlarni yuqori saviyada oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratsin;
talaba va oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga munosib hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilar hamda toʻgarak rahbarlarining faoliyatini monitoring qilish natijalariga koʻra, ularni tegishli taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib borishni muvofiqlashtirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
bir oy muddatda Markazning yangi tahrirdagi ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Markazni zarur ixtisoslikka ega boʻlgan malakali kadrlar bilan taʼminlash, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, talaba va oʻquvchilar hamda professor-oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy, sport-sogʻlomlashtirish va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaz murojaatiga asosan uni zarur telekommunikatsiyalar, Internet jahon axborot tarmogʻiga kirish va telefon aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-2-son, 9-modda) 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-sentabr,
736-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi 736-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining
TUZILMASI
Markaz xodimlarining cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilardan tashqari) — 40 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 12 nafar.
* Texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlar asosida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi 736-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish
ChORA-TADBIRLARI DASTURI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Masʼullar 1. Talabalar oʻrtasida “Yil talabasi” tanlovini joriy etish va uning har yili oʻtkazib borilishini yoʻlga qoʻyish. 1. “Yil talabasi” tanlovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish. 2. “Yil talabasi” tanlovining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tanlovni oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazib borish. 2018-yil sentyabr 2018-yil sentyabr har yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2. Sogʻlom oila qurish, sogʻlom farzandni dunyoga keltirish, sogʻlom turmush tarzini yuritish (toʻgʻri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shugʻullanish va boshqalar) asoslarini talaba va oʻquvchi qizlar oʻrtasida manzilli targʻib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish. 1. Tadbirlarni oʻtkazib borish boʻyicha ishchi guruhni tuzish. 2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish. 2018-yil sentyabr 2018-yil sentyabr muntazam Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro jamoat fondi 3. Talaba va oʻquvchi qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirkor, hunarmand ayollar ishtirokida oʻquv-treninglar tashkil etish. 1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻquv-treninglar rejasini ishlab chiqish. 3. Oʻquv-treninglarni yuqori saviyada oʻtkazish. 2018-yil sentyabr 2018-yil sentyabr muntazam Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank 4. Talaba va oʻquvchi qizlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish hamda ularning boqimandalik kayfiyatiga berilishining oldini olishga qaratilgan koʻrsatuv va eshittirishlarni tashkil etish. 1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish. 2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda koʻrsatuvlar media-rejasini ishlab chiqish. 3. Koʻrsatuvlarni yuqori saviyada tashkil etish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr muntazam Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 5. “Buyuklarni tarbiyalagan onajonlar” ruknida atoqli olimlar, taniqli arboblarning oilasi, avvalo, ularni tarbiyalagan onalar haqida turkum maqolalar va koʻrsatuvlar tashkil etish. “Farzandlar tarbiyasida kitobning oʻrni” mavzusiga oid maqolalarni muntazam ravishda tayyorlash va chop etib borish. 1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. 2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ish rejasini ishlab chiqish. 3. Maqolalarni tayyorlash va chop etib borish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr muntazam Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi 6. Talabalarning ijtimoiy-psixologik holatini yanada yaxshilash maqsadida har bir oliy taʼlim muassasasida mutaxassislardan iborat Sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhini tashkil etib, taʼlim muassasasi rahbariga mazkur guruh aʼzolarini har oyda belgilangan tartib asosida moddiy ragʻbatlantirib borish vakolatini berish. 1. Belgilangan tartibda har bir oliy taʼlim muassasasida mutaxassislardan iborat Sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhini tashkil etish. 2. Sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhi faoliyatini monitoring qilib borish. 2018-yil sentyabr muntazam Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar 7. Talaba va oʻquvchi qizlarga shart-sharoitlar yaratish, ularga boʻlgan yuksak eʼtibor sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida davra suhbatlarini tashkil etish. 1. Talaba va oʻquvchi qizlarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tadbirlar oʻtkazadigan ijodiy guruh tuzish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlash. 3. Reja-jadval asosida tadbirlarni tashkil etish. 2018-yil sentyabr 2018-yil noyabr muntazam Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 8. Talabalar turar joylarida taʼlim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, talabalar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarga ega boʻlgan hunarmandchilik va ilm-fanga doir toʻgaraklar hamda oʻquv kurslari tashkil etish. 1. Har bir talabalar turar joyidagi toʻgarak yoki oʻquv kursi uchun mos boʻlgan joylarni aniqlab, roʻyxatini shakllantirish. 2. Talabalar turar joylarida hunarmandchilik va ilm-fanga doir toʻgaraklar hamda oʻquv kurslarini tashkil etish. 2018-yil sentyabr 2018-yil noyabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 9. Taʼlim muassasalarida “Prezident asarlari bilimdoni”, “Tafakkur sinovlari”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar teatr studiyalari”, “Yosh kitobxonlar”, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” kabi respublika miqyosida oʻtkazilayotgan tanlovlar hamda sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ularni oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tizimini takomillashtirish. 1. Oliy taʼlim muassasalarining yillik xarajatlar smetasiga oʻtkazilayotgan tanlovlar hamda sport musobaqalarini oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish bandini kiritish. 2. Tanlovlar hamda sport musobaqalarining har bir oliy taʼlim muassasasida yuqori saviyada tashkil etilishini taʼminlash. 3. Oʻtkazilgan tadbirlar natijasini monitoring qilish. har yili alohida reja asosida muntazam Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 10. Taʼlim muassasalari oʻrtasida respublika miqyosida tashkil etilayotgan sport musobaqalari sonini yanada oshirish, musobaqalar oʻtkaziladigan sport turlarini kengaytirish, taʼlim muassasalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazib borilishini yoʻlga qoʻyish. 1. Taʼlim muassasalarida tashkil etilayotgan sport musobaqalari turlarini qayta koʻrib chiqish. 2. Taʼlim muassasalari oʻrtasida respublika miqyosida tashkil etilayotgan sport musobaqalari sonini yanada oshirish va musobaqa oʻtkaziladigan sport turlarini kengaytirish choralarini belgilash. 3. Taʼlim muassasalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlari rejasini ishlab chiqish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr muntazam Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar 11. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi toʻgaraklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va barcha toʻgaraklarning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida toʻgarak rahbarlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. 1. Toʻgarak rahbarlariga ish haqi miqdorining 25 foizigacha boʻlgan miqdorda ustama haq belgilash boʻyicha namunaviy tartib ishlab chiqish. 2. Talaba va oʻquvchilarni oʻz qiziqishidan kelib chiqqan holda toʻgaraklarga keng qamrab olinishini taʼminlash. 3. Talabalar tomonidan toʻgaraklar davomida yaratilgan mahsulotlar realizatsiyasini va koʻrgazmalarini yoʻlga qoʻyish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr muntazam Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar 12. Talabalar turar joyidagi tarbiyachi-pedagoglarning pedagogik mahorati va yoshlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar boʻyicha malakasini oshirish choralarini koʻrish hamda ular uchun sayyor seminar-treninglar oʻtkazib borish mexanizmini joriy etish. 1. Tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish yuzasidan taklif ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 2. Tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish va ular uchun seminar-treninglar oʻtkazib borish boʻyicha taklif ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan taklif asosida tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish mexanizmini joriy qilish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr 2018-yil noyabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar 13. Talabalarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida guruhlar, fakultetlar va taʼlim muassasalararo (onlayn, videokonferensiya tarzida) adabiy uchrashuvlar, sheʼriyat kechalari, adabiy oʻqishlar, navoiyxonlik, boburxonlik kabi tadbirlarni tashkil etish. 1. Tadbirlarning manzilli rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil etib borish. 3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarning monitoringini yuritish. 2018-yil sentyabr reja asosida har chorakda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar 14. Har bir taʼlim muassasasida notiqlik mahoratiga ega boʻlgan talaba (yoki oʻquvchi)lardan iborat “Yosh targʻibotchilar klubi”ni hamda “IQ-SNOU” nomli teletanlovni tashkil etish. 1. Klubning namunaviy nizomini ishlab chiqish. 2. Klublarning taʼlim muassasalararo safarlarini uyushtirish. 2018-yil sentyabr reja asosida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar 15. Talaba va oʻquvchilarni yangi axborotlar bilan muntazam taʼminlab borish maqsadida talabalar turar joylaridagi Axborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan taʼminlangan xona va Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan (maʼlumotlar bazasiga ulangan) xonani tashkil etish. 1. Axborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan taʼminlangan xona va Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan (maʼlumotlar bazasiga ulangan) xonaga ega boʻlmagan talabalar turar joylari roʻyxatini shakllantirish. 2. Talabalar turar joylaridagi Axborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan taʼminlangan xona va Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan (maʼlumotlar bazasiga ulangan) xonani tashkil etish. 3. Xonalardan foydalanish boʻyicha doimiy nazorat olib borish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr muntazam Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar 16. Talaba va oʻquvchilar oʻrtasida diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik gʻoyalarini keng targʻib qilish maqsadida tizimli ravishda diniy ulamolar bilan uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uyushtirish. 1. Tadbirlarning manzilli rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil etib borish. 3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarning monitoringini yuritish. 2018-yil sentyabr reja asosida muntazam Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar 17. Mutaxassislarni jalb etgan holda, talaba (oʻquvchi)lar oʻrtasida badiiy jamoalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularning oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi hamda yaqin hududlardagi mahallalarda badiiy-ijodiy chiqishlarini tashkil etib borish. 1. Badiiy jamoalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Badiiy jamoalarning badiiy-ijodiy chiqishi boʻyicha manzilli reja ishlab chiqish. 3. Oʻtkazilayotgan badiiy-ijodiy chiqishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr 2018-yil davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar 18. Talaba va oʻquvchilar ishtirokida respublika ommaviy axborot vositalarida talabalar va oʻquvchilarning chiqishlari boʻyicha tanlovlar eʼlon qilish. 1. Tanlovlar nizomini ishlab chiqish. 2. Tanlovlar dasturini ishlab chiqish. 3. Oʻtkazilayotgan tanlovlarning monitoringini yuritish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr 2018-yil davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, manfaatdor vazirlik va idoralar 19. Talabalarning maʼnaviyat, tarix, sanʼat sohasida hamda milliy qadriyatlar va anʼanalar, madaniy merosimiz toʻgʻrisidagi bilimlarini boyitish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini yuksaltirish, ularni tarixiy-maʼnaviy merosimiz, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalash choralarini yanada kuchaytirish hamda natijadorligini taʼminlash. 1. Mazkur masala boʻyicha dastur ishlab chiqish. 2. Dastur asosida tadbirlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. 3. “Vatanim — mening baxtim” shiori ostida boy tarixiy-maʼnaviy merosimiz, urf-odat va anʼanalarimizni targʻib etish. 2018-yil noyabr reja asosida 2018/2019 oʻquv yili davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, oliy taʼlim muassasalari rektorlari 20. “Oʻquv dargohimizni yuksak maʼnaviyat va maʼrifat maskaniga aylantiramiz” mavzusida ijtimoiy aksiyalar tashkil etish. 1. Ijtimoiy aksiyalar oʻtkazishning namunaviy dasturini ishlab chiqish. 2. Har bir taʼlim muassasasida dastur asosida ijtimoiy aksiyalar oʻtkazish. 3. Ijtimoiy aksiyalar yakuni boʻyicha respublika forumini oʻtkazish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr — noyabr 2018-yil noyabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, manfaatdor vazirliklar va idoralar 21. Oliy taʼlim muassasalarining Talabalar teatr studiyasi va “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining hududdagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻylab maxsus reja-jadval asosidagi ijodiy safarlarini tashkil etish. 1. Ijodiy safarlarning reja-jadvalini ishlab chiqish. 2. Har bir taʼlim muassasasida reja-jadval asosida ijodiy safarlar uyushtirish. 3. Oʻtkazilayotgan ijodiy safarlar monitoringini olib borish. 2018-yil sentyabr reja-jadval asosida muntazam Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 22. Talaba va oʻquvchi qizlar oʻrtasida “Qiz bola — boʻlgʻusi oila bekasi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etish. 1. Mazkur masala boʻyicha dastur ishlab chiqish. 2. Dastur asosida mutaxassis targʻibotchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. Har bir taʼlim muassasasida uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr 2018-yil sentyabr — dekabr Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 23. “Talaba yoshlar maʼnaviy-axloqiy ongini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. 1. Konferensiyani oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish. 2. Konferensiyani eʼlon qilish va uning axborot xatini tarqatish. 3. Konferensiya maqolalarini yigʻib olish. 4. Konferensiyani oʻtkazish. 5. Konferensiya materiallari asosida xulosa takliflari tayyorlash. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr 2018-yil sentyabr — oktyabr 2018-yil noyabr 2018-yil noyabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va m�ʼrifat markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar 24. Talabalar va oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir ishlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun eʼlon qilingan grant tanlovlari natijasiga koʻra ilmiy grantlar ajratish choralarini koʻrish. 1. Ilmiy grantlar mavzularini aniqlash boʻyicha ekspert komissiyasini tuzish. 2. Ilmiy grantlar mavzularini eʼlon qilish. 3. Grantlarda eʼlon qilingan mavzular boʻyicha tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrish. 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr belgilangan muddatlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 25. Taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega akademik va professor-oʻqituvchilarning onlayn tarzdagi videodarslarini tashkil etish tizimini joriy qilish. 1. Mazkur masala boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish. 2. Reja-jadval asosida akademik va professor-oʻqituvchilar roʻyxatini shakllantirish va dars jadvalini ishlab chiqish. 3. Har bir yoʻnalish boʻyicha akademik va professor-oʻqituvchilarning onlayn videodarslarini oʻtkazib borish. 2018-yil sentyabr 2018-yil sentyabr tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi,manfaatdor vazirlik va idoralar 26. Taʼlim muassasalarida “Oila — maʼnaviyat qoʻrgʻoni”, “Shukronalik — ulugʻ neʼmat”, “Obodlik koʻngildan boshlanadi” mavzularida mutaxassislar ishtirokidagi uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish. 1. Mazkur masala boʻyicha dastur ishlab chiqish. 2. Dastur asosida mutaxassis targʻibotchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. Har bir taʼlim muassasasida uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish. 2018-yil sentyabr 2018-yil sentyabr 2018-yil avgust — dekabr Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi 27 Talabalar va oʻquvchilarda shukronalik hissini yanada kuchaytirishga qaratilgan “Ezgu ishlarga daxldorlik — ulugʻ fazilat”, “Loqaydlik — jamiyat kushandasi” mavzusida ilmiy-ijodiy tanlovlar tashkil etish. 1. Tanlovlar nizomini ishlab chiqish. 2. Nizom asosida tanlovlarni yuqori saviyada tashkil etish. 2018-yil sentyabr 2018-yil sentyabr — dekabr Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi 736-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi”Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
RAZRYaDLARI
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlash razryadlari 1. Direktor * 2. Tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari ** 3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, madaniy dam olishni tashkil etish va jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari ** 4. Boʻlim boshligʻi 16 5. Psixolog 15 6. Uslubchi 14 7. Bosh buxgalter 14 8. Bosh yuriskonsult 12 9. Jurnalist-muharrir 12 10. Bosh dasturlovchi 12 11. Tarjimon 12 12. Bosh ijtimoiy xodim 12 13 Axborot xavfsizligi boʻyicha bosh mutaxassis 12 14. Video-foto tasvir boʻyicha bosh mutaxassis 12 15. Video montaj boʻyicha bosh mutaxassis 12 16. Audio montaj boʻyicha bosh mutaxassis 12 17. Veb-dizayner 12 18. Texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi mudiri 10 19. Iqtisodchi 8 20. Devonxona va arxiv boʻlimi mudiri 7 21. Kadrlar boʻyicha inspektor 6 22. Arxivarius 4 23. Gʻaznachi 4
* mos ravishda oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
** mos ravishda oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
Markazning xoʻjalik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari soni va ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari — oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlar va mehnatga haq toʻlash miqdoriga mos ravishda belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi 736-son qaroriga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Ijtimoiy soha” uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida Markazni saqlash va uning faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan “Maorif” sohasiga ajratiladigan xarajatlar parametrlarida nazarda tutsin”.
3. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
