Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2014-14-son)
14.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2014-14]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-avgust,
27/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/8-son qaroriga ILOVA
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning sakkizinchi xatboshisida:
“oʻttiz” degan soʻz “oʻn besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
2. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
