Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (2828-2-son)
12.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2828-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-sentabrdagi 66, 70, 340-V-son qarori (roʻyxat raqami 2828, 2016-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShODMONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
48-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
120-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
340-V-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-avgustdagi 48, 120, 340-V-2-son qaroriga ILOVA
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikronutriyentlar boʻyicha aylanma mablagʻlar hisobi Markaziy byuro tomonidan AQSh dollarida yuritiladi”.
2. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi 1-yanvar holatiga quyidagi formula orqali aniqlanadi va Markaziy byuro tomonidan xar yili tasdiqlanadi:
JAM = (M x 3) x (MQ/BK) ,
bunda:
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSh dollarida);
M — korxonalarga berilgan mikronutriyentlarning yillik oʻrtacha hajmi (kg);
MQ — bir kilogramm mikronutriyentning amaldagi qiymati (narxi) (soʻm).
BK — belgilangan kurs (soʻm)”.
3. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Korxonalarga beriladigan mikronutriyentning qiymati (narxi) quyidagi formula asosida har oyning birinchi sanasiga aniqlanadi va mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi:
bunda:
MQ — bir kilogramm mikronutriyentning qiymati (narxi) (soʻm);
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSh dollarida);
Dt — tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha debitor qarzdorlik (AQSh dollarida);
Kt — tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha kreditor qarzdorlik (AQSh dollarida);
HR — mikronutriyentlar xarid qilish uchun ochilgan maxsus hisob raqamdagi hamda ularni xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlarning umumiy qiymati (AQSh dollarida);
MBO — Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning qiymati (AQSh dollarida);
US — Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning miqdori (kg);
N — yetkazib beruvchi bilan tuzilgan soʻngi shartnomadagi bir kilogramm mikronutriyentning narxi (AQSh dollarida).
BK — belgilangan kurs (soʻm);
Formuladagi koʻrsatkichlar qiymatining AQSh dollaridagi ekvivalenti shu sanaga belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.”.
4. 15-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 17-avgust
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 6-avgust
“Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ______________________________ (lavozimi, F.I.O., imzo) 20___ yil “___” _______________ Mikronutriyent qiymati (narxi)ni aniqlash HISOB-KITOBI* _______________________________________________________ (mikronutriyent nomi) Sana: 20___ yil “___” _____________________ T/r Koʻrsatkichlar Satr kodi Oʻlchov birligi Summasi 1. Bir kilogramm mikronutriyentning qiymati (narxi) (((02 satr — (03 satr — 06 satr + 09 satr + 15 satr)) / 16 satr)+18 satr) x 19 satr 01 soʻm. 2. Joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi 02 AQSh doll. 3. Tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha debitor qarzdorlik (04 satr + 05 satr) 03 AQSh doll. 3.1. ishlab chiqaruvchi korxonalardan 04 AQSh doll. 3.2. mikronutriyent yetkazib beruvchilardan 05 AQSh doll. 4. Tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha kreditor qarzdorlik (07 satr + 08 satr) 06 AQSh doll. 4.1. ishlab chiqaruvchi korxonalardan 07 AQSh doll. 4.2. mikronutriyent yetkazib beruvchilardan 08 AQSh doll. 5. Mikronutriyentlar xarid qilish uchun ochilgan maxsus hisob raqamdagi hamda ularni xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlarning umumiy qiymati (10 satr + 11 satr + 12 satr + 13 satr+ 14 satr) 09 AQSh doll. 5.1. 22604 — mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli 10 AQSh doll. 5.2. 29801 — mijozlar bilan hisob-kitoblar 11 AQSh doll. 5.3. 22614 — mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablagʻlari 12 AQSh doll. 5.4. 22602 — mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari 13 AQSh doll. 5.5. mikronutriyentlar xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlar 14 AQSh doll. 6. Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning qiymati (16 satr * 17 satr) 15 AQSh doll. 6.1. markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning miqdori 16 kg 6.2. markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning bir kilogrammi narxi 17 AQSh doll. 7. Etkazib beruvchi bilan tuzilgan soʻngi shartnomadagi bir kilogramm mikronutriyentning narxi 18 AQSh doll. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSh dollarining soʻmga nisbatan belgilangan kursi 19 soʻm
* Summalarning AQSh dollaridagi ekvivalenti shu sanaga belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi
Markaziy byuro rahbari ________________________ (imzo) _____________________________________________________________ (F.I.O.) Bosh hisobchi ________________________ (imzo) _____________________________________________________________ (F.I.O.)
”.
