Andijon viloyatining Marhamat tumanida sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (723-son)
12.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Andijon viloyatining Marhamat tumanini iqtisodiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, turizmni, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, fuqarolarning bandligini taʼminlash va aholining hayot darajasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha obyektlariga tashrif buyurish orqali Andijon viloyati Marhamat tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompleks oʻrganib chiqilganligi;
Andijon viloyatining Marhamat tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni oʻrganish yakunlari boʻyicha mahalla, tuman va viloyat darajalarida hal etilishi talab qilinadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2018-2019-yillarda Andijon viloyatining Marhamat tumanida kafolatli ish oʻrinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Andijon viloyati hokimligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli roʻyxat parametrlarining soʻzsiz bajarilishini hamda bu borada investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlari oʻzlashtirilishini va yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda koʻrib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
4. Andijon viloyati hokimligiga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihalarning qiymatini va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga, zaruratga koʻra, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Andijon viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Andijon viloyati Marhamat tumanining “Qoraqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan boʻsh turgan oʻquv-mashgʻulot bazasi bino va inshootlarini Andijon viloyati hokimligiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul berish;
Andijon viloyati Marhamat tumanining “Qoraqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga foydalanishga berilgan 44,6 ga yer maydonini Andijon viloyati Marhamat tumani hokimligi zaxira yeriga oʻtkazish va ushbu hududning 5 ga yer maydonida Marhamat kichik sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda kichik sanoat zonasi deb yuritiladi) tashkil etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
6. Andijon viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda Marhamat kichik sanoat zonasi direksiyasini tashkil etsin.
7. Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Marhamat tumanidagi “Mingtepa” mahalla fuqarolar yigʻinining Boburshoh koʻchasida joylashgan umumiy yer maydoni 7,5 sotih boʻlgan yer uchastkasida “Yoshlar mehnat guzari” majmuasini va “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazini masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etsin hamda mazkur obyektlar qurilishiga davlat-xususiy sherikchiligi asosida investorlarni jalb etish va 2019-yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yangi turdagi yuqori oqsilli omixta yem ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish, dorivor oʻsimliklar oʻstirish uchun plantatsiyalar tashkil etish va qurilish materiallari uchun tez oʻsuvchi daraxtlarning yangi turlari (pavloniya)ni koʻpaytirish, farmatsevtika sanoati uchun biologik faol qoʻshimchalar olishga qaratilgan dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, biogaz uskunalari, suv chiqarish moslamalarini yaratish kabi vazifalarni bajarishga, shuningdek, fermerlarni qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirishga moʻljallangan maslahat punktlarini oʻz ichiga olgan Innovatsion poligonni tashkil etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Innovatsion poligonda amalga oshiriladigan ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini jalb etish choralarini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda arxeologik obyektlar hududini konservatsiya qilishni, muzey va axborot-resurs markazi tashkil etishni nazarda tutuvchi “Mingtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish, tadqiq etish va undan oqilona foydalanishga doir Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Andijon viloyati hokimi, tegishli sektorlar rahbarlari Andijon viloyati Marhamat tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini kompleks oʻrganish natijasi boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-sentabr,
723-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 723-son qaroriga ILOVA
2018-2019-yillarda Andijon viloyatining Marhamat tumanida kafolatli ish oʻrinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Loyiha tashabbuskori Loyihaning maqsadi Yillik quvvat Loyihaning umumiy qiymati (mln. soʻm) Moliyalashtirish manbai Xizmat koʻrsatuvchi bank Ishga tushirish muddati Yangi ish oʻrinlari oʻlchov birligi natura qiymatida mln. soʻm oʻz mablagʻlari (mln. soʻm) bank krediti (mln. soʻm) xorijiy investitsiya (ming. AQSh doll) JAMI — 63 ta loyiha 27 536 109 318 191 585 74 880 102 714 1 075 x 1 536 Sanoatni rivojlantirish sohasi — 25 ta loyiha 0 63 176 45 728 19 972 12 964 925 x 942 Xizmat koʻrsatish sohasi — 22 ta loyiha 17 678 31 919 128 930 48 290 80 640 0 431 Qishloq hoʻjaligini rivojlantirish sohasi — 16 ta loyiha 9 858 14 224 16 928 6 618 9 110 150 163 I. SANOATNI RIVOJLANTIRISH SOHASI 1. “Abbos meros tekstil” MChJ Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish ming dona 220 770 1 250 250 1000 “Ipak yoʻli bank” ATB 01.12.2018 20 2. “Shifo asal darmon” MChJ Asal qadoqlash dastgohlarini oʻrnatish tonna 10 300 450 450 “Aloqabank” ATB 01.05.2019 4 3. “Marhamat ravnaqi” FX Sobiq Marhamat elektrotexnika zavodi negizida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 675 1600 3 220 1220 2000 “Oʻzmilliybank” 01.12.2019 125 4. “Vodiy hamkor agrofirma” MChJ Quyon goʻshtini qayta ishlash, quyon moʻynasiga ishlov berishni tashkil etish tonna ming p.m. 50 1200 1 500 1500 “Mikrokreditbank” ATB 01.12.2018 50 5. YTT “Parmonov Mirobiddin” Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 20 130 150 86 64 “Oʻzmilliybank” 01.12.2018 20 6. “Brothers garden UK” LTD Xandon pista qadoqlashni tashkil qilish tonna 48 2500 1 418 175 “Oʻzmilliybank” 01.11.2019 20 7. “Belford” QK Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish dona 35000 2700 2 025 250 “Oʻzmilliybank” 01.07.2019 15 8. “Issiqlik manbai” XK Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 38 325 800 500 300 “Oʻzmilliybank” 01.12.2019 50 9. “Sohibqiron hamkor AND” MChJ Toʻquv mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 33 290 700 500 200 “Oʻzmilliybank” 01.07.2019 30 10. “Iqbol mingtepa jilosi” XK Tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish ming dona 18 195 228 58 170 “Hamkorbank” ATB 01.11.2018 19 11. YTT “Mamadaliyeva Nodiraxon” Tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 66 59,5 270 20 250 “Agrobank” ATB 01.12.2018 15 12. “Barhayot Nozimjon fayzi” MChJ Tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 35 12250 9 100 7500 1600 “Oʻzmilliybank” 01.12.2019 320 13. “Andijon region avia” MChJ Milliy shirinliklar ishlab chiqarishni tashkil etish tonna 71 1150 5 000 2000 3000 “Hamkorbank” ATB 01.12.2018 30 14. “Temur and malik” MChJ Mevani qayta ishlashni tashkil etish tonna 280 5400 5 449 “Asakabank” ATB 01.12.2018 23 15. YTT”Akbarov Abdupatto” Beton gʻisht va bruschatka ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 45 295 100 100 0 “Agrobank” ATB 01.11.2018 7 16. “Marlen glove” MChJ Poʻkak va machalka mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 20,6 1900 3 900 500 “Hamkorbank” ATB 01.11.2019 21 17. “Shinam qurilish jihozlari” MChJ Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 200 2400 1 000 1000 0 “Hamkorbank” ATB 01.03.2019 10 18. YTT “Toshtemirova Sapura Muzaffar qizi” Betonli gʻisht ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 600 1800 250 80 170 “Aloqabank” ATB 01.12.2018 7 19. “Mustafo savdo qurilish” MChJ Temir — beton ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 350 7000 4 000 3000 1000 “Oʻzmilliybank” 01.06.2019 60 20. “Mustafo savdo qurilish” MChJ Gaz-blok ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 168 4200 1 000 500 500 “Oʻzmilliybank” 01.06.2019 20 21. “Mustafo savdo qurilish” MChJ Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 50 250 500 350 150 “Oʻzmilliybank” 01.06.2019 20 22. “Aʼlo sifat baraka” MChJ Non va qolipli non mahsulotlari va shirinliklar ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 42 201 150 50 100 “Hamkorbank” ATB 01.12.2018 8 23. “Asr qurilish zamon” XF Beton gʻisht ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 140 210 400 100 300 “Agrobank” ATB 01.11.2019 8 24. “Sulaymon qurilish invest” MChJ Toshni maydalab, beton plita ishlab chiqarishni tashkil etish tonna 720000 15600 2 500 500 2000 “Agrobank” ATB 01.12.2019 30 25. “Boboyev Qurbonali”OK Alyuminiy profil va plastik ishlab chiqarishni tashkil etish dona 2000 450 368 208 160 AT “Xalq banki” 01.12.2018 10 Sanoat sohasi — 25 ta loyiha 63175,5 45 728 19972 12964 925 942 II. XIZMAT KOʻRSATISHNI RIVOJLANTIRISH SOHASI 1. “Orifjon shifo maskani” MChJ Sogʻlomlashtirish markazini barcha qulayliklari bilan tashkil etish oʻrin 450 420 1 200 300 900 “Ipak yoʻli bank” ATB 01.11.2018 10 2. “Ijodkor usta” MChJ Aholiga transport xizmati koʻrsatish ming tonna 18 245 700 200 500 “Aloqabank” ATB 01.12.2018 2 3. “Durur sarqadam sarkor” MChJ Aholiga transport xizmati koʻrsatish ming tonna 120 175 500 150 350 “Aloqabank” ATB 01.12.2018 3 4. “Marhamat metan” MChJ Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasini tashkil etish m\kub 2000 980 2 800 500 2300 “Ipak yoʻli bank” ATB 01.11.2018 12 5. “MDYU” MChJ Suyultirilgan gaz (propan) shoxobchasini tashkil etish m\kub 1500 875 2 500 500 2000 “Agrobank” ATB 01.08.2019 12 6. “Feniks savdo baraka” XK Savdo majmuasi bino va inshootlari qurilishini tugallash oʻrin 150 455 1 300 300 1000 “Oʻzmilliybank” 01.11.2018 20 7. “Muborak savdo baraka” XK Tarkibida jismoniy mashqlar zali mavjud mehmonxona qurish oʻrin 210 630 1 800 1000 800 “Oʻzmilliybank” 01.11.2019 25 8. “Marhamat sport kompleksi majmuasi” MChJ Qishki va yozgi basseyn qurish oʻrin 175 472,5 1 350 650 700 “Oʻzmilliybank” 01.12.2018 5 9. “Olimjon olimp lyuks” XK Stadion va sport maydonchalari qurish oʻrin 90 122,5 350 80 270 “Oʻzmilliybank” 01.11.2018 8 10. “Barhayot Nozimjon” MChJ Aholiga umumiy ovqatlanish xizmatini tashkil etish oʻrin 140 600 4 000 3500 500 “Oʻzmilliybank” 01.12.2019 15 11. “Jasmina quvnoq bolajon” NTM Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish oʻrin 150 750 2 500 1000 1500 AT “Xalq banki” 01.12.2018 16 12. “Musaffo savdo qurilish” MChJ Savdo va koʻngilochar markazni tashkil etish oʻrin 1200 8225 25 000 15000 10000 “Oʻzmilliybank” 01.12.2019 120 13. “Buyuk maskan” MChJ Intensiv baliqchilikni rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish, turizm va dam olish maskanlari barpo etish oʻrin 1250 11440 52 000 12000 40000 “Ipotekabank” ATIB 01.07.2019 40 14. “Bolalar akademiyasi” NTM Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish oʻrin 150 270 7 500 2500 5000 AT “Xalq banki” 01.11.2018 20 15. “Marhamat agroservis” MCHJ Qishloq xoʻjaligiga xizmat kursatish uchun texnika sotib olish gektar 9000 779,97738 6 500 1499,9565 4999,855 “Agrobank” ATB 01.11.2018 17 16. “Toʻmaris xonim” NTM Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish oʻrin 50 190 694 694 AT “Xalq banki” 01.01.2019 6 17. “Bilim — kelajak poydevori” MChJ Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish oʻrin 120 450 2 500 1000 1500 AT “Xalq banki” 01.01.2019 16 18. “Kelajak farzandlari” NTM Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish oʻrin 100 380 3 086 786 2300 AT “Xalq banki” 01.01.2019 12 19. YTT “Teshaboyeva Fotimaxon” Sport majmuasi tashkil etish oʻrin 200 75 250 100 150 “Agrobank” ATB 01.12.2018 5 20. “Malham imkon baraka” MChJ Xususiy diagnostika va statsionar davolanish markazi tashkil etish oʻrin 30 130 400 330 70 “Agrobank” ATB 01.12.2018 7 21. “Abduvali trans servis” MChJ Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish oʻrin 75 254 1 000 500 500 “Agrobank” ATB 01.03.2019 30 22. “Marhamat metan gaz” MChJ Dehqon bozorini qayta rekonstruksiya qilish oʻrin 500 4000 11 000 5700 5300 “Oʻzmilliybank” 01.12.2019 30 Xizmatlar koʻrsatish sohasi jami — 22 ta loyiha 17678 31918,97738 128 930 48289,9565 80639,86 431 III. QISHLOQ XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRISH SOHASI 1. “Shomatlik Uluhbek parrandasi” MChJ Parrandachilikni tashkil etish ming bosh 11,4 124,83 400 300 100 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 01.11.2018 5 2. “Yuksalish buyuk sari” FX Qoramolchilikni tashkil etish bosh 100 1056 2 000 1000 1000 “Hamkorbank” ATB 01.12.2018 15 3. “Shaxina bonu” FX Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 400 280 450 50 400 “Agrobank” ATB 01.12.2018 5 4. “Sara sabzavot biznes” FX Parrandachilikni tashkil etish ming bosh 300 3285 500 200 300 “Agrobank” ATB 01.06.2019 15 5. “Faol tadbirkor 2018” MChJ Parrandachilikni tashkil etish ming bosh 300 4200 6 000 2000 4000 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 01.12.2018 18 6. “Rovot sara chorvasi” MChJ Qoʻychilikni tashkil etish bosh 600 546 600 100 500 “Oʻzmilliybank” 01.07.2019 10 7. “Nafis gullar tarovati” MChJ Parrandachilikni rivojlantirish ming bosh 100 500 500 300 200 “Aloqabank” ATB 01.11.2018 8 8. YTT “Abdumajidov Xoshimjon” Chorvachilikni rivojlantirish bosh 100 610 1 000 1000 AT “Xalq banki” 01.12.2018 10 9. “Ikromjon savdo sanoat” MChJ Sovutgichli sigʻimlar tashkil etish tonna 700 200 600 430 170 “Oʻzmilliybank” 01.08.2019 10 10. “Brothers garden UK” LTD Yangi navdagi intensiv xandon pista bogʻi tashkil etish gektar 31 2160 1 200 150 “Oʻzmilliybank” 01.07.2019 6 11. YTT “Qambarov Gʻulomjon” Quyonchilikni tashkil etish bosh 130 102 300 130 170 “Mikrokreditbank” ATB 01.12.2018 6 12. YTT “Maxammatova Xolidaxon” Parrandachilikni rivojlantirish bosh 6000 60 60 40 20 AT “Xalq banki” 01.11.2018 10 13. “Marhamat bunyodkor chorvador” FX Sovutgichli sigʻimlar tashkil etish tonna 500 160 1 000 500 500 AT “Xalq banki” 01.12.2018 20 14. “Rojiy Mansur” FX Chorvachilikni rivojlantirish bosh 85 430 850 50 800 “Hamkorbank” ATB 01.10.2018 6 15. “Farm ishonch baraka” MChJ Issiqxona tashkil etish gektar 0,5 350 468 118 350 “Infinbank” ATB 01.12.2018 7 16. YTT “Abdurahimova Gulchiroy” Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 500 160 1 000 400 600 “Aloqabank” ATB 01.12.2018 12 Qishloq xoʻjaligi sohasi jami — 16 ta loyiha 9 858 14 224 16 928 6 618 9 110 150 163
