Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1894-3-son)
06.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1894-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/2-son qarori (roʻyxat raqami 1894, 2009-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-avgust,
27/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/12-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 4-bandning “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
