“8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (714-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi har yilgi milliy hisobotni tuzish;
viloyatlar, tumanlar hamda aholi punktlarining maʼmuriy chegaralarini belgilash (aniqlashtirish) ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;
normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;
mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish”.
3) 9-moddasi chiqarib tashlansin;
4) 10-moddasi:
birinchi qismining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat yer kadastrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi”.
44. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) 18-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi aʼzolarining faoliyatini tekshirish uning vakillari ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin”.
45. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda):
