“14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan referendumni tayinlash tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (714-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum oʻtkazish tashabbusini koʻrsatish toʻgʻrisidagi materiallarni va masʼul qoʻmitaning xulosasini ikki hafta ichida koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendumni tayinlash va uni oʻtkazishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida;
referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni referendum oʻtkazmasdan turib qabul qilish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum masalasiga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga, shuningdek referendum oʻtkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmun yoki maʼnodagi taʼrif bilan referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun bir yil oʻtganidan keyingina takroran kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendum oʻtkazish tashabbusini koʻrsatish toʻgʻrisidagi materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum oʻtkazish va referendum oʻtkaziladigan sanani tayinlash toʻgʻrisidagi qarorini, shuningdek masʼul qoʻmitaning mazkur masala boʻyicha xulosasini ikki hafta ichida koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendumni tayinlash va uni oʻtkazishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining referendum masalaciga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum oʻtkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
