Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 4-martdagi 114-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (73-son)
23.02.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomning IV bobining 9-bandi “k” kichik bandi chiqarib tashlansin va uning oʻrniga quyidagi mazmundagi “k” va “l” kichik bandlar kiritilsin:
“k) korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni va ular boʻyicha boqimandalarni soʻzsiz undirib olish;
l) fuqarolar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha boqimandalarni davlat foydasiga undirib olish toʻgʻrisida tegishli sudlarga daʼvo arizasi berish”.
2. IV bobning 9-bandi “l” — “r” kichik bandlari tegishli ravishda “m” — “s” kichik bandlar deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-fevral,
73-son
