Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (692-son)
28.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mintaqani kompleks rivojlantirishni taʼminlash, aholi farovonligini oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha obyektlariga va ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurish orqali Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish kompleks oʻrganib chiqilgani;
Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni oʻrganish yakunlari boʻyicha mahalla, tuman va viloyat darajalarida hal qilinishi talab etiladigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilgani va tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2018 — 2020-yillarda Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida kafolatli ish oʻrinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Fargʻona viloyati hokimligi:
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli roʻyxat parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin va bu borada investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlari oʻzlashtirilishini va yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda koʻrib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
4. Fargʻona viloyati hokimligiga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga, zaruratga koʻra, oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Sarmazor Eshonguzar” massivi hududida sovutish kameralari, konsignatsiya omborlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oʻrab-joylashtirish, ularni saralash, saqlash, texnik xizmat koʻrsatish stansiyasi, mehmonxona va boshqa zarur infratuzilmani oʻz ichiga oladigan, umumiy maydoni 3,4 gektar boʻlgan avtomobillarda yuk tashish uchun logistika markazi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
6. Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda logistika markazi tashkil etish boʻyicha loyihani 2019-yilning yakuniga qadar amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb etish chora-tadbirlarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda Qoʻshtepa tumanida tajriba sifatida quyidagilarni nazarda tutuvchi “500 nafar ishsizning bandligini taʼminlash uchun — 100 gektar” konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha bir oy muddatda taklif tayyorlasin. Konsepsiyada:
sugʻorilmaydigan yer uchastkalarida tegishli infratuzilma, irrigatsiya tizimlari yaratilishi va ularning, birinchi navbatda, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlariga, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilariga, kam taʼminlangan oilalarning mehnatga layoqatli aʼzolariga berilishi;
ushbu yer uchastkalaridan foydalanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga moddiy resurslar va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlangan holda yagona agrar-texnologik siyosat asosida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkil etilishi nazarda tutilsin.
8. Fargʻona viloyati hokimligi, tegishli sektorlarning rahbarlari Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kompleks oʻrganish yakunlari boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning soʻzsiz bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-avgust,
692-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-avgustdagi 692-son qaroriga ILOVA
2018-2019-yillarda Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida kafolatli ish oʻrinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Loyihaning tashabbuskori Loyihaning nomi Yillik ishlab chiqarish quvvati Loyihaning umumiy qiymati, mln.soʻm Shu jumladan: Xizmat koʻrsatuvchi bank Ishga tushirish muddati Yangi ish oʻrni oʻlchov birligi natural qiymatda mln. soʻm oʻz mablagʻlari tijorat banklari kreditlari Jami — 69 ta loyiha 150 212 104 688 45 524 59 164 1 010 1. Sanoat loyihalari (jami — 20 ta loyiha ) 53 924 30 995 22 929 8 066 538 2. Xizmat koʻrsatish loyihalari (jami — 25 ta loyiha) 39 425 31 200 8 225 22 975 198 3. Qishloq xoʻjaligi loyihalari (jami — 24 ta loyiha) 56 863 42 493 14 370 28 123 274 I. SANOAT LOYIHALARI 1. “Crystall Fuyin Industries” MChJ Muzlatgichli sovitish kameralarini oʻz ichiga olgan logistika markazini tashkil etish tonna 500 5000 8 000 8 000 “Oʻzmilliybank” 01.03.2019 75 2. “Olimjon Farm Medikal” MChJ Zamonaviy texnologiyalar asosida spirt ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 480 3800 1 660 1 660 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 32 3. “Sardoba koʻza plast” XK Zamonaviy texnologiyalar asosida plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 500 1000 4 500 4 500 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.12.2018 30 4. “Uniform Plus” MChJ Energotejamkor texnologiyalar yordamida maxsus kiyimlar tayyorlashni tashkil etish ming dona 45 225 500 150 350 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 30 5. “Zar Karbit Servis” MChJ Energotejamkor texnologiyalar asosida oynani qayta ishlashni hamda sovitish kameralarini tashkil qilish tonna 400 1000 6 800 1 600 5 200 “Oʻzmilliybank” 30.12.2018 25 6. “Asadullo Asliddin universal servis” XK “Shlakoblok” qurilish materialini ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 33 450 150 64 86 “Savdogarbank” ATB 01.10.2018 5 7. “Doʻrmonlik Chevarlar” X/K Tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish dona 700 750 800 300 500 “Agrobank” ATB 01.10.2018 4 8. “Shoxona Noni Aziz” X/K Non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish dona 1000 300 250 100 150 “Agrobank” ATB 01.10.2018 6 9. “Bunyodkorlik Fayz Rivoji” QK MChJ Eshik va de�aza ishlab chiqarishni tashkil etish dona 800 500 300 100 200 “Agrobank” ATB 01.10.2018 4 10. “Kurchiyeva Sojidaxon Salimjonovna” XK Hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish mln.soʻm 500 80 55 25 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 3 11. “Qodirov Rustamjon Saidkamolovich” XK Hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish mln.soʻm 450 75 50 25 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 3 12. “Mamadaliyev Xojakbar Ab�uraxim ugʻli” XK Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish tonna 10 230 280 150 130 “Xalq banki” ATB 01.11.2018 5 13. “Xurshidbek Savdo Fayz” XK Qandolat va non mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 20 800 1 100 600 500 “Asaka bank” ATB 01.05.2019 17 14. “Yuldashev Tolibjon” XK Erkaklar kiyimlari ishlab chiqarishni tashkil etish dona 500 600 150 50 100 “Asaka bank” ATB 01.12.2018 3 15. “Usta Qayum Qodirov” MChJ Maxsus kiyimlar ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 10 750 500 500 “Asaka bank” ATB 30.12.2018 15 16. “Vodiy Naslli quyonlari” MChJ Pishgan gʻisht mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish ming dona 1000 700 1 450 1 450 “Agrobank” ATB 01.06.2019 50 17. “Kimsanov Farrux” XK Eshik va deraza ishlab chiqarishni tashkil etish dona 700 800 400 100 300 “Agrobank” ATB 01.10.2018 3 18. “Chimkent Sulton gilamlari” XK Gilamchilik sanoatini kengaytirish dona 200 2000 2 500 2 000 500 “Sanoatqurilishbank” ATB 10.12.2018 200 19. “Vodiy Sinateks Lider” QK MChJ Poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 40 200 500 500 Xizmat koʻrsatuvchi Bank 01.12.2018 8 20. “Amir Olimxon Orifboy” XK Kolbasa ishlab chiqarish tonna 30 1000 1 000 1 000 Xizmat koʻrsatuvchi Bank 30.11.2018 20 Sanoat sohasi — 20 ta loyiha 21 055 30 995 22 929 8 066 538 II. XIZMAT KOʻRSATISh LOYIHALARI 21. “Shaxnoza Nurli Orzu” XK Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish dona 100 240 800 200 600 “Oʻzmilliybank” 28.02.2019 15 22. YTT “Saidov Mansurxon” Avtomobillarga servis xizmati tashkil etish 120 70 50 “Agrobank” ATB 01.09.2019 3 23. “Kelajagimiz bolajonlari” MChJ Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish dona 250 500 3 500 850 2 650 “Oʻzmilliybank” 15.04.2019 17 24. “Gofurov Komil Karimovich” XK Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 150 500 100 70 30 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 2 25. “Xaydarov Toxirjon Xomidovich” XK Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 150 500 100 70 30 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 2 26. “Dilraboxon vaxt saodati” MChJ Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 150 500 350 150 200 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 4 27. “Abbos ishonch qurilish” XK Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 1000 200 200 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 3 28. “Fayz salqin savdo” MChJ Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 1 330 130 200 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 3 29. YTT “Qosimov Dilshod Fayzullayevich” Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 100 100 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 5 30. YTT “Xoshimov Fayzullo” Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 200 100 100 “Agrobank” ATB 01.09.2019 3 31. “Xosljonov Kamol1ddinjon Nosir ogʻli” MChJ Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 560 90 60 30 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 3 32. “New line production” MChJ Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 1 200 1 200 “Xalq banki” ATB 01.03.2019 10 33. “Yoqubov Yorqinjon Musayevich” XK Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 500 100 75 25 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 3 34. YTT “Kimsanov Abdulatifxon Isoqxoʻja oʻgʻli” Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 250 150 10 “Agrobank” ATB 01.09.2019 5 35. YTT “Qurbonov Otabek” Avtomobillarga servis xizmati tashkil etish mln.soʻm 200 100 100 “Agrobank” ATB 01.09.2019 3 36. “Gishtmon agrotex” MChJ Savdo xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln.soʻm 320 350 150 200 “Xalq banki” ATB 01.11.2018 7 37. Fuqaro Yusupova Xavasxon Xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish 2 500 500 2 000 “Oʻzmilliybank” 01.11.2018 12 38. Fuqaro Raxmatov Oybek Xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish 2 500 500 2 000 “Oʻzmilliybank” 01.10.2018 12 39. Fuqaro Abdusattorova Dilfuza Xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish 1 800 300 1 500 “Oʻzmilliybank” 01.10.2018 9 40. Fuqaro Ismoilov Sobirjon Xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish 3 000 500 2 500 “Oʻzmilliybank” 01.10.2018 12 41. Fuqaro Mamanaazarov Fazlidin Xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish 2 500 500 2 000 “Oʻzmilliybank” 01.10.2018 17 42. Fuqaro Gʻaniyev Muxammadjon Xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish 2 500 500 2 000 “Oʻzmilliybank” 01.10.2018 12 43. Fuqaro Xasanov Nodirbek Xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish 2 500 500 2 000 “Oʻzmilliybank” 01.10.2018 12 44. Fuqaro Raxmonov Dilshotbek Xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish 2 500 500 2 000 “Oʻzmilliybank” 01.10.2018 12 45. Fuqaro Mirzaaliyev Abdusamadjon Xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish 3 500 750 2 750 “Oʻzmilliybank” 01.10.2018 12 Xizmatlar sohasi jami — 25 ta loyiha 31 290 8 225 22 975 198 III. QIShLOQ XOʻJALIGI LOYIHALARI 46. “Fargʻona naslli parranda” MChJ Mavjud parrandachilik kompleksini kengaytirish (Inkubator) ming bosh 200 42500 24 000 5 000 16 000 “Sanoatqurilishbank” ATB 30.06.2019 90 47. “Shukurjon nasl chorvalari” DX Mavjud chorvachilik kompleksini kengaytirish bosh 25 280 400 400 “Oʻzmilliybank” 01.12.2018 2 48. “Umid” MChJ Zamonaviy parrandachilik kompleksini tashkil etish ming bosh 50 1400 2 000 500 1 500 “Sanoatqurilishbank” ATB 01.12.2018 10 49. “Quvonch baror savdo” MChJ Eksportbop qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga moslashtirilgan issiqxona tashkil etish gektar 0,4 160 500 200 300 “Agrobank” ATB 01.12.2018 3 50. “Ziroat Baxt” FX Zamonaviy energiya tejamkor sovitish kameralarini tashkil etish tonna 500 150 400 200 200 “Agrobank” ATB 01.12.2018 2 51. “Zamin nurli yogʻdu” FX Zamonaviy energotejamkor sovitish kameralarini tashkil etish tonna 520 500 150 50 100 “Agrobank” ATB 01.09.2018 5 52. “Al-Murtazo Mumtoz” XK Yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi tashkil etish dona 1 1000 950 300 650 “Agrobank” ATB 01.10.2018 5 53. “Feruzbek nurli zamin” FX Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish dona 1 1000 700 400 300 “Agrobank” ATB 01.10.2018 8 54. “Agronom” FX Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish dona 1 750 550 300 250 “Agrobank” ATB 01.10.2018 7 55. “Qoʻrgʻoncha Mashina Agro Servis” MChJ Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish dona 3 650 850 250 600 “Agrobank” ATB 01.11.2019 5 56. “Sarmazor nasl chorva” DX Chorvachilikni tashkil etish tonna 200 200 1 500 500 1 000 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 10 57. “Qoʻshtepa kimyo savdo sanoat servis” MChJ Muzlatkich va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash omborini tashkil etish tonna 220 250 2 000 500 1 500 “Xalq banki” ATB 01.09.2019 14 58. “Qoʻrgʻoncha nasl chorva” DX Chorvachilikni tashkil etish bosh 60 150 420 250 170 “Agrobank” ATB 01.10.2018 10 59. “Zzatullo fayz chorva” DX Chorvachilikni tashkil etish bosh 125 312,5 800 300 500 “Agrobank” ATB 01.10.2019 16 60. “Faxriddin Xoji” FX Muzlatkich va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash omborini tashkil etish tonna 200 350 800 500 300 “Agrobank” ATB 01.10.2018 6 61. “Kanizaxon noni baraka” QK MChJ Chorvachilikni tashkil etish mln.soʻm 150 240,6 360 60 300 “Aloqabank” ATB 01.10.2018 3 62. “Xalq farovon chorvasi” DX Chorvachilikni tashkil etish bosh 80 200 500 300 200 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.10.2018 7 63. “Qoraqushchi Otaboyev” XK Intensiv bogʻ tashkil etish 200 200 “Xalq banki” ATB 01.03.2019 10 64. “Abdusattor Raximov Saxovati” DX Chorvachilikni tashkil etish tonna 200 500 1 000 600 400 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.09.2018 8 65. “Davri Tursun” FX Chorvachilikni tashkil etish tonna 450 1125 2 813 1 260 1 553 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 15 66. “Akramova Xalimaxon” DX Chorvachilikni tashkil etish tonna 12 100 350 350 “Xalq banki” ATB 01.03.2019 10 67. “Olimboy xoji” FX Chorvachilikni tashkil etish bosh 99 1400 3 400 1 100 2 300 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 15 68. “Musaffo fayz Oqshom” FX Chorvachilikni rivojlantirish bosh 50 500 500 500 Xizmat koʻrsatuvchi Bank 01.12.2018 3 69. “Said Sodikxon” DX Chorvachilikni tashkil etish tonna 10 400 350 350 Xizmat koʻrsatuvchi Bank 01.12.2018 10 Qishloq xoʻjaligi sohasi — 24 ta loyiha 45 493 14 370 28 123 274
