“Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-373-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (1724-III-son)
11.06.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Umirzakov, Dj. Atodjonov, A. Xamrayev, Sh. Tuxtashev va D. Aripov tomonidan 2018-yil 30-mayda kiritilgan “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-373-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-iyun,
1724-III-son
