“Ona va bola” davlat dasturi toʻgʻrisida (68-son)
05.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2001-yil Oʻzbekiston Respublikasida “Ona va bola yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 19-dekabrdagi F-1306-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Ona va bola” davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ilovada nazarda tutilgan “Ona va bola” davlat dasturi tadbirlari respublika va mahalliy budjetlarda tasdiqlangan aniq manbalar hamda bajaruvchilarning mablagʻlari bilan taʼminlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Davlat dasturining asosiy maqsadlari va vazifalari hisoblansin:
dasturda moʻljallangan chora-tadbirlarning oila manfaatlari amalga oshirilishini taʼminlash, ayollarning manfaatlarini taʼminlash va himoya qilish boʻyicha qabul qilingan Davlat dasturlariga, “Sogʻlom avlod” dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan barcha loyihalar va tadbirlarning bundan buyon amalga oshirilishi, toʻliq tugallanishiga erishilishi bilan mustahkam oʻzaro aloqasini taʼminlash;
ona sogʻligʻini mustahkamlash va sogʻlom bola tugʻilishi masalalariga eʼtiborni kuchaytirish, zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari, profilaktika tadbirlarini muntazam oʻtkazish yordamida amalda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ona va bolani parvarish qilish tizimini yaratish;
har tomonlama jismoniy, maʼnaviy va aql-zakovatli bolalar kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularda pedagogika va psixologiyaning zamonaviy usullarini qoʻllash asosida qatʼiy bilimlar, erkin fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, atrof muhitning boyligi va xilma-xilligi, jahon madaniyati bilan keng tanishtirish;
eng yaxshi anʼanalarimiz va urf-odatlarimiz asosida bolalarni Vatanga va xalqqa muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashda ota-onalar, taʼlim muassasalari va mahallalarning rolini kuchaytirish;
mustahkam va sogʻlom oilani shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratish, bolani tarbiyalash, jismoniy va maʼnaviy rivojlantirishda ona va oilaning rolini kuchaytirish.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan “Ona va bola” davlat dasturi qoidalari asosida hamda mintaqa va tarmoqlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bir oy muddatda tegishli hududiy dasturlarni ishlab chiqsinlar, ularda aniq chora-tadbirlarni va bajarilish muddatlarini nazarda tutsinlar hamda ularning amalga oshirilishini qattiq nazorat ostiga olsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari, Hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar va jamoat tashkilotlari:
tasdiqlangan “Ona va bola” davlat dasturida belgilangan tadbirlarning oʻz muddatlarida soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar;
yilning har choragida oʻz majlislarida “Sogʻlom avlod” va “Ona va bola” davlat dasturlarining bajarilishini koʻrib chiqsinlar;
yilning har choragi yakunlariga koʻra hisobot davridan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlangan dasturiy topshiriqlarning amalga oshirilishi yakunlari toʻgʻrisida tahliliy axborot taqdim etsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari “Ona va bola” davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning roli va ahamiyati keng tushuntirilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-fevral,
68-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-fevraldagi 68-son qaroriga ILOVA
“Ona va bola”
DAVLAT DASTURI
