“Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimni (Bishkek, 2007-yil 27-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (1732-III-son)
12.06.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimni (Bishkek, 2007-yil 27-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyun,
1732-III-son
