Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3655-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va oliy taʼlim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3876-son qarori) (662-son)
15.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3655-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va oliy taʼlim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3876-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3.Ushbu qaror 2018-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-avgust,
662-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 40-modda):
a) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari M I Q D O R L A R I
(soʻm) Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2018-yil 1-sentabrdan boshlab 2019-yil 1-yanvardan boshlab 2019-yil 1-iyuldan boshlab 1. Kafedra mudiri: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3880000 4656000 5820 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3640000 4368000 5460 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan 3210000 3852 000 4815 000 2. Professor: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3700000 4440 000 5550 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3480 000 4176 000 5220 000 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3320 000 3984 000 4980 000 3. Dotsent: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3130 000 3756 000 4695 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 2930 000 3516 000 4395 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan 2620 000 3144 000 3930 000 4. Katta oʻqituvchi: ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega boʻlgan 2730 000 3276 000 4095 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan 2570 000 3084 000 3855 000 ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan 2350 000 2820 000 3525 000 5. Assistent, oʻqituvchi: ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega boʻlgan 2410 000 2892 000 3615 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan 2250 000 2700 000 3375 000 ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan 2090 000 2508 000 3135 000 6. Oʻqituvchi-stajer 1850 000 2220 000 2775 000
Izohlar:
1. Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (markazlar, institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
2. Professor unvoniga ega boʻlmagan, biroq fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan, professor lavozimiga bir muddatga qabul qilingan shaxslarga bazaviy lavozim maoshi quyidagi miqdorda belgilanadi:
2018-yil 1-sentabrdan boshlab — 3 130 000 soʻm;
2019-yil 1-yanvardan boshlab — 3 756 000 soʻm;
2019-yil 1-iyuldan boshlab — 4 695 000 soʻm”;
b) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari M I Q D O R L A R I
(soʻm) Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2018-yil 1-sentabrdan boshlab 2019-yil 1-yanvardan boshlab 2019-yil 1-iyuldan boshlab 1. Rektor: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 4120 000 4944 000 6180 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3960 000 4752 000 5940 000 2. Proryektor: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3900 000 4680 000 5850 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3700 000 4440 000 5550 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan 3400 000 4080 000 5100 000 3. Filial direktori: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3900 000 4680 000 5850 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3700 000 4440 000 5550 000 4. Filial direktorining oʻrinbosari: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3700 000 4440 000 5550 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3530 000 4236 000 5295 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan 3270 000 3924 000 4905 000 5. Dekan: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3700 000 4440 000 5550 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3480 000 4176 000 5220 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan 3130 000 3756 000 4695 000 6. Dekan oʻrinbosari: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3480 000 4176 000 5220 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3320 000 3984 000 4980 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan 2730 000 3276 000 4095 000
Izoh:
Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”;
v) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oliy taʼlim muassasalarining boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari M I Q D O R L A R I
(soʻm) Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1. Axborot texnologiyalari markazlari muhandislari: 1-toifali 834 123 2-toifali 773 412 toifasiz 715 141 2. Madaniyat va sanʼat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar (pedagoglar) tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari konsertmeysterlari: yetakchi konsertmeyster 2046 263 konsertmeyster 1821 311 3. Ilmiy kengashning ilmiy kotibi, oliy taʼlim muassasasi kengashining kotibi ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan 2570 000 ilmiy darajaga ega boʻlmagan 2140000 4. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi 773 412 ”;
g) 4-ilovada:
6 va 9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari bilan bogʻliq tarzda bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlarini oshirish haqidagi qoʻshma qarori qabul qilinadi”;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
15. Oliy taʼlim muassasalarida mehnatga soatbay haq toʻlash oʻquv yilida 200 soatdan ortiq boʻlmagan hajmda:
oliy taʼlim muassasasining shtatdagi professor-oʻqituvchilar tarkibiga hamda rahbar xodimlariga, shuningdek, uning ilmiy tarkibiy boʻlinmalari ilmiy xodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bajarilgan oʻquv ishlari uchun;
boshqa tashkilotlardan jalb etiladigan oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa mutaxassislarning oʻquv ishlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
16. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Oʻquv yili mobaynida mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida 200 soatgacha pedagogik ishlarni bajarish oʻrindoshlik hisoblanmaydi”;
quyidagi mazmundagi 161-band qoʻshilsin:
“161. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash mablagʻlari oliy taʼlim muassasasining mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻtkaziladigan oʻquv ishlarining kutilayotgan hajmiga koʻra, shtatdagi professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash fondining 4 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda, budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha xarajatlar (daromadlar va xarajatlar) smetalarda nazarda tutiladi.
Oʻquv yuklamasini bajarish uchun shtatdagi professor-oʻqituvchilar tarkibiga shaxslarni jalb etish imkoniyati boʻlmagan ayrim holatlarda, oliy taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda xarajatlar (daromadlar va xarajatlar) smetalarida professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida oʻquv ishlarini mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻtkazish uchun shaxslarni jalb etish huquqi beriladi”;
5-ilovada:
1-pozitsiyaning “Lavozimlar nomi” ustuniga “ishlar boshqaruvchisi” soʻzlari qoʻshilsin;
4-pozitsiyaning “Lavozimlar nomi” ustuniga “Marketing boʻlimi” soʻzlaridan keyin “buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi” soʻzlari qoʻshilsin;
5-pozitsiyaning “Lavozimlar nomi” ustunidagi “akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻlimi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-pozitsiyaning “Lavozimlar nomi” ustuniga “matbuot kotibi” soʻzlari qoʻshilsin;
19-pozitsiyaning “Lavozimlar nomi” ustuniga “Axborot resurs markazi direktori (mudir)” soʻzlaridan keyin “axborot texnologiyalari markazi direktori” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 34-son, 370-modda):
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “2 tadan 5 tagacha” soʻzlari “5 tagacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari MIQDORLARI
soʻm Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2018-yil 1-sentabrdan boshlab 2019-yil 1-yanvardan boshlab 2019-yil 1-iyuldan boshlab Institut direktori fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3879 000 4654 800 5818 500 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3708 000 4449 600 5562 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3564 000 4276 800 5346 000 Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3510 000 4212 000 5265 000 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3330 000 3996 000 4995 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan 3060 000 3672 000 4590 000 Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilga� boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3492 000 4190 400 5238 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3276 000 3931 200 4914 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3177 000 3812 400 4765 500 Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3330 000 3996 000 4995 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3177 000 3812 400 4765 500 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 2943 000 3531 600 4414 500 Bosh ilmiy xodim fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3330 000 3996 000 4995 000 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 3132 000 3758 400 4698 000 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan 2988000 3585 600 4482 000 Yetakchi ilmiy xodim fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan 2817 000 3380 400 4225 500 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan 2637 000 3164 400 3955 500 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan 2403 000 2883 600 3604 500 Katta ilmiy xodim fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan 2457 000 2948 400 3685 500 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan 2313 000 2775 600 3469 500 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 2115 000 2538 000 3172 500 Kichik ilmiy xodim fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan 2169 000 2602 800 3253 500 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan 2025 000 2430 000 3037 500 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 1881 000 2257 200 2821 500 Stajer-tadqiqotchi 1665 000 1998 000 2497 500
Izohlar:
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimlarning maoshi fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalar va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga oʻxshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda, ushbu lavozimlarga ilmiy-tadqiqot boʻlimlari mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining eng kam oylik ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qoʻshma qarori chiqariladi”.
