Oʻzbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-3906-son)
09.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yuqori malakali murabbiy kadrlarni jalb qilgan holda iqtidorli yosh shaxmatchilarni tayyorlash, shaxmat boʻyicha milliy terma jamoaning amaldagi aʼzolari bilan doimiy aloqani taʼminlash, shuningdek, shaxmatni insonning aql va tafakkur jarayonini rivojlantiruvchi sport turi sifatida yanada ommalashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining:
majburiy maktab dasturlari doirasida ilovaga muvofiq 150 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchilarini tajriba tariqasida shaxmatga oʻqitishni tashkil qilish;
Shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabini Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tasarrufiga berish;
2018-yil 1-sentabrdan boshlab mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga oʻqitish va shaxmatchilar tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari (keyingi oʻrinlarda shaxmat klublari deb yuritiladi) Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda majburiy akkreditatsiyadan oʻtkazilishi tartibini belgilash;
shaxmat klublari tomonidan oʻzlarining faoliyatlari haqida har chorakda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga hisobotlar taqdim qilish mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda:
shaxmat klublarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
respublikadagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida shaxmatga oʻqitishni bosqichma-bosqich qamrab olish, yuqori malakali murabbiy kadrlarni tayyorlash, shaxmat klublari va umumiy oʻrta taʼlim maktablari shaxmat sinflarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini;
shaxmat klublari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar shaklini tasdiqlash tavsiya etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi bilan birgalikda 2018-yil 20-avgustga qadar umumiy oʻrta taʼlim maktablarida shaxmatga oʻqitish boʻyicha taʼlim dasturlarini tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
barcha shaxmat klublarining pasportlashtirishdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-avgust,
PQ-3906-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-avgustdagi PQ-3906-sonli qaroriga ILOVA
Tajriba tariqasida shaxmatga oʻqitish tashkil etilayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Kegeyli tumani, 25-umumtaʼlim maktabi 2. Qoʻngʻirot tumani, 36-umumtaʼlim maktabi 3. Taxiatosh tumani, 3-umumtaʼlim maktabi 4. Toʻrtkoʻl tumani, 5-umumtaʼlim maktabi 5. Xoʻjayli tumani, 71-umumtaʼlim maktabi 6. Shumanay tumani, 7-umumtaʼlim maktabi 7. Ellikqalʼa tumani, 61-umumtaʼlim maktabi Andijon viloyati 8. Andijon shahar, 23-umumtaʼlim maktabi 9. Xonobod shahar, 2-umumtaʼlim maktabi 10. Oltinkoʻl tumani, 5-umumtaʼlim maktabi 11. Baliqchi tumani, 36-umumtaʼlim maktabi 12. Buloqboshi tumani, 9-umumtaʼlim maktabi 13. Boʻz tumani, 8-umumtaʼlim maktabi 14. Jalaquduq tumani, 19-umumtaʼlim maktabi 15. Izboskan tumani, 14-umumtaʼlim maktabi 16. Shahrixon tumani, 26-umumtaʼlim maktabi Buxoro viloyati 17. Buxoro shahar, 35-umumtaʼlim maktabi 18. Kogon shahar, 4-umumtaʼlim maktabi 19. Olot tumani, 28-umumtaʼlim maktabi 20. Buxoro tumani, 51-umumtaʼlim maktabi 21. Vobkent tumani, 17-umumtaʼlim maktabi 22. Gʻijduvon tumani, 8-umumtaʼlim maktabi 23. Jondor tumani, 18-umumtaʼlim maktabi 24. Kogon tumani, 2-umumtaʼlim maktabi 25. Qorakoʻl tumani, 9-umumtaʼlim maktabi 26. Peshku tumani, 1-umumtaʼlim maktabi 27. Shofirkon tumani, 10-umumtaʼlim maktabi Jizzax viloyati 28. Jizzax shahar, 1-umumtaʼlim maktabi 29. Baxmal tumani, 22-umumtaʼlim maktabi 30. Gʻallaorol tumani, 78-umumtaʼlim maktabi 31. Doʻstlik tumani, 11-umumtaʼlim maktabi 32. Zarbdor tumani, 4-umumtaʼlim maktabi 33. Zafarobod tumani, 10-umumtaʼlim maktabi 34. Paxtakor tumani, 4-umumtaʼlim maktabi 35. Sh. Rashidov tumani, 3-umumtaʼlim maktabi Qashqadaryo viloyati 36. Qarshi shahar, 9-umumtaʼlim maktabi 37. Shahrisabz shahar, 5-umumtaʼlim maktabi 38. Gʻuzor tumani,5-umumtaʼlim maktabi 39. Qamashi tumani, 36-umumtaʼlim maktabi 40. Qarshi tumani, 52-umumtaʼlim maktabi 41. Kitob tumani,39-umumtaʼlim maktabi 42. Nishon tumani, 3-umumtaʼlim maktabi 43. Chiroqchi tumani, 27-umumtaʼlim maktabi 44. Shahrisabz tumani, 19-umumtaʼlim maktabi Navoiy viloyati 45. Navoiy shahar, 8-umumtaʼlim maktabi 46. Zarafshon shahar, 3-umumtaʼlim maktabi 47. Konimex tumani, 2-umumtaʼlim maktabi 48. Karmana tumani, 3-umumtaʼlim maktabi 49. Qiziltepa tumani, 7-umumtaʼlim maktabi 50. Navbahor tumani, 27-umumtaʼlim maktabi 51. Nurota tumani, 44-umumtaʼlim maktabi 52. Tomdi tumani, 21-umumtaʼlim maktabi 53. Uchquduq tumani, 3-umumtaʼlim maktabi 54. Xatirchi tumani, 44-umumtaʼlim maktabi Namangan viloyati 55. Namangan shahar, 48-umumtaʼlim maktabi 56. Namangan tumani, 19-umumtaʼlim maktabi 57. Pop tumani, 32-umumtaʼlim maktabi 58. Toʻraqoʻrgʻon tumani, 39-umumtaʼlim maktabi 59. Uychi tumani, 6-umumtaʼlim maktabi 60. Uchqoʻrgʻon tumani, 12-umumtaʼlim maktabi 61. Chortoq tumani, 40-umumtaʼlim maktabi 62. Chust tumani, 49-umumtaʼlim maktabi 63. Yangiqoʻrgʻon tumani, 57-umumtaʼlim maktabi Samarqand viloyati 64. Samarqand shahar, 59-umumtaʼlim maktabi 65. Bulungʻur tumani, 40-umumtaʼlim maktabi 66. Ishtixontumani, 66-umumtaʼlim maktabi 67. Kattaqoʻrgʻon tumani, 6-umumtaʼlim maktabi 68. Kattaqoʻrgʻon tumani, 18-umumtaʼlim maktabi 69. Qoʻshrabot tumani, 35-umumtaʼlim maktabi 70. Nurobod tumani, 4-umumtaʼlim maktabi 71. Samarqand tumani, 22-umumtaʼlim maktabi 72. Toyloq tumani, 41-umumtaʼlim maktabi 73. Urgut tumani, 34-umumtaʼlim maktabi Surxondaryo viloyati 74. Termiz shahar, 14-umumtaʼlim maktabi 75. Boysun tumani, 3-umumtaʼlim maktabi 76. Denov tumani, 45-umumtaʼlim maktabi 77. Qumqoʻrgʻon tumani, 14-umumtaʼlim maktabi 78. Qiziriq tumani, 3-umumtaʼlim maktabi 79. Sariosiyo tumani, 24-umumtaʼlim maktabi 80. Termiz tumani, 3-umumtaʼlim maktabi 81. Sherobod tumani, 19-umumtaʼlim maktabi Sirdaryo viloyati 82. Guliston shahar, 5-umumtaʼlim maktabi 83. Shirin shahar, 3-umumtaʼlim maktabi 84. Yangiyer shahar, 3-umumtaʼlim maktabi 85. Oqoltin tumani, 1-umumtaʼlim maktabi 86. Boyovut tumani, 9-umumtaʼlim maktabi 87. Guliston tumani, 6-umumtaʼlim maktabi 88. Mirzaobod tumani, 11-umumtaʼlim maktabi 89. Sayhunobod tumani, 2-umumtaʼlim maktabi 90. Sardoba tumani, 1-umumtaʼlim maktabi 91. Sirdaryo tumani, 41-umumtaʼlim maktabi Toshkent viloyati 92. Oxangaron shahar, 7-umumtaʼlim maktabi 93. Bekobod shahar, 11-umumtaʼlim maktabi 94. Chirchiq shahar, 13-umumtaʼlim maktabi 95. Yangiyoʻl shahar, 2-umumtaʼlim maktabi 96. Oqqoʻrgʻon tumani, 12-umumtaʼlim maktabi 97. Oxangaron tumani, 42-umumtaʼlim maktabi 98. Bekobod tumani, 47-umumtaʼlim maktabi 99. Boʻka tumani, 32-umumtaʼlim maktabi 100. Zangiota tumani, 14-umumtaʼlim maktabi 101. Qibray tumani, 24-umumtaʼlim maktabi 102. Parkent tumani, 3-umumtaʼlim maktabi 103. Pskent tumani, 1-umumtaʼlim maktabi 104. Toshkent tumani, 4-umumtaʼlim maktabi 105. Oʻrtachirchiq tumani, 54-umumtaʼlim maktab 106. Chinoz tumani, 28-umumtaʼlim maktabi 107. Yukorichirchiq tumani, 25-umumtaʼlim maktabi 108. Yangiyoʻl tumani, 21-umumtaʼlim maktabi Fargʻona viloyati 109. Fargʻona shahar, 9-umumtaʼlim maktabi 110. Margʻilon shahar, 11-umumtaʼlim maktabi 111. Oltiariq tumani, 3-umumtaʼlim maktabi 112. Bogʻdod tumani, 45-umumtaʼlim maktabi 113. Qoʻqon tumani, 1-umumtaʼlim maktabi 114. Quvasoy tumani, 1-umumtaʼlim maktabi 115. Rishton tumani, 30-umumtaʼlim maktabi 116. Soʻx tumani, 1-umumtaʼlim maktabi 117. Toshloq tumani, 43-umumtaʼlim maktabi 118. Oʻzbekiston tumani, 65-umumtaʼlim maktabi 119. Uchkoʻprik tumani, 28-umumtaʼlim maktab 120. Fargʻona tumani, 1-umumtaʼlim maktabi 121. Yozyovon tumani, 5-umumtaʼlim maktabi Xorazm viloyati 122. Urgench shahar, 11-umumtaʼlim maktabi 123. Xiva shahar, 9-umumtaʼlim maktabi 124. Urgench tumani, 6-umumtaʼlim maktabi 125. Xazorasp tumani, 5-umumtaʼlim maktabi 126. Xiva tumani, 37-umumtaʼlim maktab 127. Shovot tumani, 37-umumtaʼlim maktabi 128. Yangiariq tumani, 25-umumtaʼlim maktab 129. Yangibozor tumani, 2-umumtaʼlim maktabi Toshkent shahri 130. Olmazor tumani, 1-umumtaʼlim maktabi 131. Olmazor tumani, 159-umumtaʼlim maktabi 132. Bektemir tumani, 289-umumtaʼlim maktabi 133. Mirobod tumani, 125-umumtaʼlim maktabi 134. Mirobod tumani, 328-umumtaʼlim maktabi 135. Mirzo Ulugʻbek tumani, 209-umumtaʼlim maktabi 136. Mirzo Ulugʻbek tumani, 27-umumtaʼlim maktabi 137. Sirgʻali tumani, 266-umumtaʼlim maktabi 138. Sirgʻali tumani, 2-umumtaʼlim maktabi 139. Uchtepa tumani, 81-umumtaʼlim maktabi 140. Chilonzor tumani, 178-umumtaʼlim maktabi 141. Chilonzor tumani, 195-umumtaʼlim maktabi 142. Shayhontohur tumani, 157-umumtaʼlim maktabi 143. Yunusobod tumani, 17-umumtaʼlim maktabi 144. Yunusobod tumani, 63-umumtaʼlim maktabi 145. Yunusobod tumani, 257-umumtaʼlim maktabi 146. Yakkasaroytumani, 73-umumtaʼlim maktabi 147. Yakkasaroy tumani, 91-umumtaʼlim maktabi 148. Yakkasaroy tumani, 48-umumtaʼlim maktabi 149. Yashnobod tumani, 152-umumtaʼlim maktabi 150. Yashnobod tumani, 307-umumtaʼlim maktabi
