“395-modda. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash yoxud boshqacha qaror qabul qilish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (357-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Sudya jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qilish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqaradi:
1) ishni sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisida;
2) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida;
3) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Ishni sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi yoxud boshqacha qaror qabul qilish haqidagi masala sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan kundan boshlab, yetti sutkadan kechiktirmay hal qilinishi lozim. Ushbu muddat shu sudning raisi tomonidan koʻpi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin”;
9) 397-moddasining:
sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi qaror”;
birinchi xatboshisidagi “ajrimda” degan soʻz “qarorda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “ayblanuvchining” degan soʻzlar “sudlanuvchining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 403-moddasining matnidagi “ajrimida” degan soʻz “qarorida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 405-moddasining matnidagi “ajrimi” degan soʻz “qarori” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 494-moddasining ikkinchi qismidagi “hukm bekor qilinishi” degan soʻzlar “kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
13) 502-moddasining:
ikkinchi qismidagi “uch kundan kechiktirmay” degan soʻzlar “oʻn kundan kechiktirmay” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “oʻn” degan soʻz “yigirma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
14) 511-moddasining ikkinchi qismi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) Qurolli Kuchlar Harbiy sudining raisi, Qurolli Kuchlar Harbiy prokurori — garnizonlar harbiy sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqqan Qurolli Kuchlar Harbiy sudining ajrimlari ustidan”;
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda):
