14-modda. Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish
Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida (O‘RQ-489-son) · Sana: 30.07.2018 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi.
Tashkilot, agar uning tarkibiy tuzilmalaridan hech boʻlmasa bittasi (boʻlinmasi, filiali va vakolatxonasi) ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan boʻlsa, ekstremistik tashkilot deb topiladi.
Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlsa, oʻsha tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi lozim.
