Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani aholisining bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (548-son)
18.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini oʻrganishda Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholining hayot darajasini yanada oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil qilish va aholini ishga joylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida 2018-2019-yillarda kafolatli ish oʻrinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Fargʻona viloyati hokimligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli roʻyxat parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin va bu borada investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlari oʻzlashtirilishini va yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda koʻrib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga Fargʻona viloyati hokimligi va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga zaruratga koʻra, oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda Oʻzbekiston tumani sektorlari va mahallalari boʻyicha 2018-2019-yillarda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini, band boʻlmagan aholini kasbga qayta tayyorlashni tashkil etish boʻyicha manzilli dasturni bir oy muddatda ishlab chiqib, tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida tajriba tarzida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish toʻgʻrisida uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki va Fargʻona viloyati hokimligining “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki tasarrufidagi Oʻzbekiston tumani Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan sobiq parrandachilik fabrikasining mulkiy majmuasini uning negizida parrandachilik kompleksi va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish sharti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali sotish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Mazkur loyihani 2018-2019-yillarda amalga oshirishda Fargʻona viloyati hokimligi masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston tumanidagi muhandislik-kommunikatsiyalari mavjud boʻlgan, foydalanilmasdan boʻsh turgan bino va inshootlarni, shuningdek, yer uchastkalarini bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazsinlar va keyinchalik zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil etish hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga va salohiyatli investorlarga belgilangan tartibda berish hamda mulkdorlar tomonidan ishlab chiqarishni (xizmat koʻrsatishni) yoʻlga qoʻyish orqali ulardan samarali foydalanishni taʼminlasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-iyul,
548-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 548-son qaroriga ILOVA
Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida 2018-2019-yillarda kafolatli ish oʻrinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Loyiha tashabbuskori Loyihaning nomi Yillik ishlab chiqarish quvvati Loyihaning umumiy qiymati, mln. soʻm Shu jumladan, Kredit ajratuvchi tijorat banki Ishga tushirish muddati Yangi ish oʻrinlari oʻlchov birligi natura qiymatida mln. soʻm oʻz mablagʻi bank krediti Jami — 49 ta loyiha 750 160 276 857 99 102 177 755 1 667 1. Sanoat loyihalari (jami — 19 ta loyiha) 727 230 237 975 80 915 157 060 1 434 2. Xizmat koʻrsatish loyihalari (jami — 19 ta loyiha) 8 670 19 957 4 547 15 410 88 3. Qishloq xoʻjaligi loyihalari (jami — 11 ta loyiha) 14 260 18 925 13 640 5 285 145 I. SANOAT LOYIHALARI 1. “Gloriya Textiles Yaypan” MChJ” Zamonaviy texnologiyalar asosida bolalar uchun paypoq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 300 6 500 9 090 5 050 4 040 “Agro bank” ATB 01.05.2019 30 2. “Latifa tekstil” xususiy korxonasi Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda trikotaj (futbolka va ayollar yozgi kiyimlari) mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish ming dona 180 540 300 150 150 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 01.12.2018 30 3. “Oxunjon Valiyorjon Doniyorjon” QK Mahalliy xomashyodan foydalanib xoʻjalik sovuni ishlab chiqarishni kengaytirish tonna 150 110 175 75 100 “Agro bank” ATB 01.09.2018 2 4. YTT “Aʼzamova Zilolaxon Anvarjon qizi” Milliy pishiriqlarni ishlab chiqarishni tashkil etish tonna 5 700 170 70 100 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 01.04.2019 5 5. “Turon eco cement group” MChJ Energiya tejamkor texnologiyalar asosida sement mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish ming tonna 600 300 000 76 900 2 900 74 000 “Aloqa bank” ATB 01.12.2019 750 6. “Albus build mix” xususiy korxonasi Mineral xomashyolarni qayta ishlash orqali gips mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish tonna 200 400 500 330 170 “Ipoteka bank” ATIB 01.12.2018 5 7. “Brus qurilish trans montaj” MChJ Mineral xomashyolarni qayta ishlash orqali gips mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish tonna 100 2 000 5 000 1 000 4 000 “Madad In�est Bank” XATB 01.12.2018 10 8. “Yaypan Invest Yunion” MChJ Zamonaviy texnologiyalar asosida sement mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil qilish ming tonna 90 45 000 32 300 8 000 24 300 TIF “Milliybank” 01.10.2019 150 9. “Konizar Qurilish savdo” xususiy korxonasi Zamonaviy texnologiyalar asosida yangi koʻrinishdagi shifer mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish mln. dona 1 42 000 3 040 2 045 995 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 35 10. “Yaypan qurilish bunyodkor” MChJ Ohak va gips mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish ming tonna 3,3 1 000 1 000 500 500 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 01.12.2018 3 11. “Great silk road servis” MChJ Energiya tejamkor texnologiyalar asosida sement mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish ming tonna 300 150 000 42 130 22 395 19 735 “Asaka” ATB 01.05.2019 100 12. “Qurilish ashyo sifat servis” MChJ Energiya tejamkor texnologiyalar asosida sement mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish ming tonna 72 38 000 20 000 17 000 3 000 “Hamkorbank” ATB 01.06.2019 100 13. “Yaypan Gips” MChJ Zamonaviy texnologiyalar asosida koʻmirdan foydalangan holda 30 kgli qogʻoz paketlarda qadoqlangan sement ishlab chiqarishni tashkil etish ming tonna 100 60 000 18 000 13 000 5 000 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 01.07.2019 60 14. “Fayz Temir Beton Servis” MChJ Energiya tejamkor texnologiyalar asosida gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish mln. kv.m. 1,9 12 100 5 500 1 500 4 000 “Madad Invest Bank” XATB 01.12.2018 20 15. “Yaypan Agroinvest” MChJ Energiya tejamkor texnologiyalar asosida gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish mln. kv.m. 10 64 800 19 470 5 700 13 770 “Ipoteka bank” ATIB 01.06.2019 100 16. “Qoʻqon yoʻl taʼmir” MChJ Ohak va gips mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming tonna 16 2 600 1 350 350 1 000 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 01.03.2019 6 17. “Geo-Bent” MChJ Ohak va gips mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming tonna 9 680 450 450 “Xalq banki” ATB 30.08.2018 14 18. “Al imron fayz” MChJ Tikuvchilik maxsulotlari ishlab chiqarish 400 200 200 “Mikrokreditbank” ATB 01.10.2018 10 19. “Universal savdo saxovati” MChJ Eksportbop polepropilen qoplar ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 4 800 2 200 200 2 000 TIF “Milliybank” 01.12.2018 4 Sanoat sohasi — 19 ta loyiha 727 230 237 975 80 915 157 060 0 1 434 II. XIZMAT KOʻRSATISh LOYIHALARI 20. “Umid” fermer xoʻjaligi Muzlatgich va supermarket tashkil etish mln. soʻm 2 800 4 000 2 000 2 000 “Agro bank” ATB 01.06.2019 30 21. YTT “Mirzaakbarova Dilshodaxon Odilovna” Maishiy va xoʻjalik mollari bilan savdo qilish shoxobchasini tashkil etish mln. soʻm 200 300 100 200 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 22. “Dilyora Davr Shaxzodasi” xususiy korxonasi Elektron toʻlov xizmatini tashkil etish mln. soʻm 100 130 50 80 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 23. “Farm-Shifo” xususiy korxonasi Dori-darmon vositalari savdo shoxobchasini kengaytirish mln. soʻm 100 190 100 90 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 24. “Muhibillo” xususiy korxonasi Dori-darmon vositalari savdo shoxobchasini kengaytirish mln. soʻm 630 192 92 100 “Xalq banki” ATB 01.09.2018 3 25. “Avaz Ayubhon” x�susiy korxonasi Aralash mollar (nooziq-ovqat) savdo shoxobchasi tashkil etish mln. soʻm 150 230 100 130 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 26. “Powerful” xususiy korxonasi Aralash mollar (nooziq-ovqat) savdo shoxobchasi tashkil etish mln. soʻm 300 600 150 450 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 2 27. “Toʻraqosimboy Yaypan” xususiy korxonasi Avtomobillarga gaz (metan) quyish shoxobchasini kengaytirish mln. soʻm 200 400 100 300 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 28. “Bozorov Oybek Raximovich” xususiy korxonasi Qurilish va xoʻjalik mollari savdo shoxobchasini tashkil etish mln. soʻm 300 600 200 400 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 29. “Tojimatov Yorqinjon Xaminovich” xususiy korxonasi Qurilish va xoʻjalik mollari savdo shoxobchasini tashkil etish mln. soʻm 400 250 100 150 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 30. YTT Jalilov Gʻayrat Qurilish va xoʻjalik mollari savdo shoxobchasini tashkil etish mln. soʻm 100 250 100 150 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 31. “Marjona mebel” QK Maishiy va xoʻjalik uy-jixozlari bilan savdo qilish xizmatini tashkil etish mln. soʻm 100 220 100 120 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 2 32. “Yaypan Tomorqa xizmati” MChJ Aholiga qishloq xoʻjaligi sohasida tomorqa xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish mln. soʻm 500 990 200 790 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 5 33. “Geolog” xususiy firmasi Qishloq xoʻjaligi yerlarini ekinga tayyorlash xizmatini tashkil etish (agrotexnika sotib olish) mln. soʻm 100 220 100 120 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 2 34. YTT “Ergasheva Ziyodaxon Ismoiljon qizi” Aralash mollar (nooziq-ovqat) savdo shoxobchasi tashkil etish mln. soʻm 50 110 40 70 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 35. “Sogʻlom Yurt Shifoxonasi” xususiy korxonasi Zamonaviy uskunalar asosida tibbiy diagnostika va davolash xizmatini tashkil etish mln. sum 850 1 200 400 800 “Asaka” ATB 01.12.2018 20 36. “Kumush rangli toshlar” MChJ Qurilish ishlarida foydalaniladigan texnika (ekskavator) xizmatini tashkil etish dona 1 350 915 400 515 “Agro bank” ATB 01.09.2018 2 37. “Moʻtabarxon Qodirova ZIYO” xususiy korxonasi Bolalarning hordiq chiqarishlari uchun atraksion va koʻngil ochar maskan tashkil qilish mln. soʻm 150 320 150 170 “Agro bank” ATB 01.10.2018 3 38. “Yangiobod Mash Tex Servis” MChJ Qishloq xoʻjaligi yerlarini ekinga tayyorlash xizmatini tashkil etish (agrotexnika sotib olish) dona 10 1 290 8 840 65 8 775 “Agro bank” ATB 01.11.2018 10 Xizmatlar sohasi jami — 19 ta loyiha 8 670 19 957 4 547 15 410 0 88 III. QIShLOQ XOʻJALIGI LOYIHALARI 39. “Kamoliddin ota kaf” fermer xoʻjaligi Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni kengaytirish bosh 10 95 170 80 90 “Agro bank” ATB 01.10.2018 3 40. “Joʻraxon Buzurukova Kaykuobod” fermer xoʻjaligi Mayda shoxli mollar (qoʻy) sotib olish orqali chorvachilikni kengaytirish bosh 100 250 700 400 300 “Agro bank” ATB 30.11.2018 7 41. “Xadichabegim Madinabonu” fermer xoʻjaligi Mayda shoxli mollar (qoʻy) sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish bosh 80 200 535 135 400 “Agro bank” ATB 30.11.2018 8 42. “Muxiddin Xasanboy Shams” fermer xoʻjaligi Mayda shoxli mollar (qoʻy) sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish bosh 60 150 390 65 325 “Agro bank” ATB 30,11,2018 4 43. “Odiljon Muxammadqodir” fermer xoʻjaligi Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish bosh 10 150 200 60 140 “Agro bank” ATB 01.12.2018 5 44. “Isakov Baxtiyorjon chorvasi” dexqon xoʻjaligi Mayda shoxli mollar (qoʻy) sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish bosh 90 225 600 350 250 “Xalq banki” ATB 30.11.2018 2 45. “Latifjon sara sigirlari” dexqon xoʻjaligi Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish bosh 20 300 250 130 120 “Hamkorbank” ATB 01.12.2018 3 46. “Oʻqchi naslli chorvasi” dexqon xoʻjaligi Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish bosh 22 330 250 150 100 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 01.06.2019 3 47. “Farruxbek Nodirai Firdavs” fermer xoʻjaligi Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish bosh 10 180 130 70 60 “Hamkorbank” ATB 01.12.2019 2 48. Salohiyatli tadbirkor (“Asaka” ATB) Boʻston QFY hududida joylashgan sobiq parrandachilik fabrikasi negizida parrandachilik kompleksi faoliyatini qayta tashkil etish tonna 750 12 000 15 000 12 000 3 000 “Asaka” ATB 01.12.2019 100 49. “Mulla Abduqodir” FX Mahalliy uslubdagi issiqxona tashkil etish ga 0,75 380 700 200 500 “Agro bank” ATB 01.03.2019 8 Qishloq xoʻjaligi sohasi — 11 ta loyiha 14 260 18 925 13 640 5 285 145
