Tijorat banklarida qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida (1431-son)
17.12.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1431]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklarida qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi boʻyicha nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-noyabr,
25/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2004-yil 27-noyabrda, 25/5-son bilan “TASDIQLANGAN”
Tijorat banklarida qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (bundan buyon matnda — MHXS) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida (bundan buyon matnda — banklar) qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
II. Taʼriflar
2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
sotishning sof qiymati — sotishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, baholangan xarajatlar chegirib tashlangan holda hisoblangan sotish bahosi;
balans qiymati — koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi chegirib tashlangan haqiqiy qiymat;
FIFO usuli (birinchi kirim — birinchi chiqim) — hisob usuli boʻlib, unda birinchi navbatda sotib olingan tovar-moddiy qimmatliklar birinchi navbatda sotiladi va keyinroq xarid qilingan davr oxirida qoladigan tovar-moddiy qimmatliklar va qolgan qismlar mos ravishda keyinroq xarid qilingan qiymati boʻyicha hisobga olinadi;
oʻrtacha tortilgan qiymat usuli — har bir moddaning qiymati davr mobaynida sotib olingan xuddi shunday moddalarning oʻrtacha tortilgan qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. Oʻrtacha tortilgan qiymat bankdagi ish faoliyatidan kelib chiqib davriy ravishda yoki har bir qoʻshimcha yetkazib berilganda hisoblanishi mumkin.
III. Tan olish va baholash
1§. Tan olish
3. Banklar dastlab qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni, ularning haqiqiy qiymati boʻyicha tan olishlari lozim. Haqiqiy qiymat sotib olish xarajatlarini va qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni joriy holatiga keltirish va joylashtirish jarayonida amalga oshirilgan boshqa xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
4. Sotib olish xarajatlari sotib olish qiymati, bojxona toʻlovi, soliqlar va yigʻimlar (keyinchalik bankka qaytariladiganlaridan tashqari) va transport xarajatlari, yuklash xarajatlari va qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni sotib olish xarajatlarini aniqlashda savdo va boshqa chegirmalar, shuningdek boshqa shunga oʻxshash moddalar chegirib tashlanadi.
5. Banklar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning qiymatiga, qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni joriy holatiga keltirish va joylashtirish boʻyicha faqat haqiqiy sarflangan summani kiritishlari lozim.
6. Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning qiymatiga kiritilmaydigan va ular sarflangan davrning xarajatlari sifatida tan olinadigan xarajatlarga misollar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
a) qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni saqlash xarajatlari;
b) qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni joriy holatiga keltirish va joylashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan maʼmuriy ustama xarajatlar;
v) xavfsizlikni taʼminlash xarajatlari;
g) qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni sotish xarajatlari.
7. Bank qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni muddati uzaytirilgan toʻlov shartlarida sotib olishi mumkin. Agar bunday shartnomada moliyalashtirish elementi amal qilsa, masalan, agar odatdagi kreditlash shartlaridagi sotib olish narxi va toʻlangan summa oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, unda u xaridni moliyalashtirish davri mobaynida foizli xarajatlar sifatida tan olinadi.
8. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni bank ixtiyoriga oʻtishi natijasida yoki kreditning boshqacha qisman yoki toʻliq soʻndirilishi orqali olingan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning qiymati quyidagi qiymatlardan eng kamiga teng:
a) koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi chegirilgan holda kreditning balans qiymati yoki kreditning bir qismi, yoki
b) kreditning toʻliq yoki qisman soʻndirilishida bank tomonidan ularni olish sanasidagi qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning sof sotish qiymati.
2§. Qiymatni aniqlash
9. Odatda qimmati bir xil boʻlmagan alohida qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning qiymati ularning alohida qiymatlarini maxsus aniqlash yoʻli bilan belgilanadi. Ushbu holda alohida qimmatbaho metallar yoki alohida tosh yoxud tangalarning qiymatini baholash boʻyicha maxsus xarajatlar qimmatbaho metallar, tosh yoki tangalarning har bir alohida birliklarini aniqlash munosabati bilan paydo boʻladi. Baholash boʻyicha ushbu xarajatlar qimmatbaho metallar yoki har bir tosh yoki tangalarning qiymatini oshiradi.
10. Agar qimmatbaho metallar, toshlar yoki tangalarning mavjud barcha birliklari bir xil qimmatga ega boʻlsa, qiymatni maxsus aniqlash talab etilmaydi. Bunday hollarda qiymat FIFO (birinchi kirim — birinchi chiqim) usuli bilan yoki oʻrtacha tortilgan qiymat formulasi yordamida belgilanadi.
11. Bank qimmatbaho metallar, toshlar yoki tangalarning hisobi usulini FIFO yoki oʻrtacha tortilgan qiymat usuli boʻyicha ixtiyoriy tarzda tanlashga haqli. Banklar barcha qimmatbaho metallar, toshlar yoki tangalar zaxiralariga nisbatan baholashning aynan bitta formulasini ketma-ketlik bilan qoʻllashlari lozim.
12. FIFO usuli birinchi boʻlib sotib olingan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar birinchi boʻlib sotilishini va natijada davr oxirida zaxiralarda qolgan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar oxirgi sotib olinganlarning narxi boʻyicha hisobga olinishini ifodalaydi (1 va 2-ilovalar).
13. Oʻrtacha tortilgan qiymat formulasiga muvofiq har bir qimmatbaho metall, tosh va tanganing qiymati davr boshida xuddi shunday bir xil qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning qiymati va davr mobaynida xarid qilingan xuddi shunday bir xil qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning oʻrtacha tortilgan qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. Oʻrtacha qiymat bankning holatiga bogʻliq holda davriy ravishda yoki qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning har bir qoʻshimcha partiyasi kelib tushishiga koʻra hisoblanishi mumkin.
3§. Sotishning sof qiymati
14. Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar, ularning balans qiymati va sotishning sof qiymatidan eng kichigi boʻyicha baholanadi.
15. Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning haqiqiy qiymati, agar ular shikastlangan yoki ularning sotish narxlari tushgan boʻlsa, qoplanmasligi mumkin. Banklar qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni sotishning sof qiymatini baholash yoʻli bilan bunday zararlar summasini aniqlaydi.
16. Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni sotishning sof qiymati baholangan summalari ushbu baholashlarni amalga oshirish paytida mavjud boʻlgan hamda sotilishi kutilayotgan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning summasini tasdiqlovchi eng ishonchli faktlarga asoslanadi. Ushbu baholashlar hisobot sanasidan keyin sodir boʻlgan hodisalar bilan, bunday hodisalar hisobot sanasida mavjud boʻlgan shartlarni qay darajada tasdiqlashiga koʻra, bevosita narxlar oʻzgarishini hisobga oladi.
17. Banklar har qanday zarar yoki qimmatbaho metallar, toshlar yoki tangalarni sotishning sof qiymatiga qadar hisobdan chiqarish xarajatlarini ushbu zarar koʻrilgan yoki hisobdan chiqarish amalga oshirilgan davrda buxgalteriya hisobida aks ettiradilar. Banklar har bir qimmatbaho metall, tosh yoki tangalarni sotishning sof qiymatiga qadar hisobdan chiqarish boʻyicha tizimdan tashqari hisobini yuritishlari kerak. Tizimdan tashqari hisob yuritilganda sotishning sof qiymatiga qadar hisobdan chiqarish har bir qimmatbaho metall, tosh yoki tanga boʻyicha aks ettiriladi. Alohida hollarda, agar hisobga olinadigan qimmatbaho metallar, toshlar yoki tangalar ogʻirligi yoki boshqa shunga oʻxshash xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlsa, ularning hisobi ushbu xususiyatlar boʻyicha alohida kartochkalarda guruhlash yoʻli bilan yuritilishi mumkin.
18. Banklar qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni sotishning sof qiymatiga qadar hisobdan chiqarishni quyidagi tarzda aks ettiradilar:
Dt 56810 — Oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatbaho metallar, toshlar XX va tangalar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash;
Kt 10999 — Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning savdosidan XX koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
19. Har bir keyingi davrda sotishning sof qiymatini yangi baholash amalga oshiriladi va zarurat boʻlganda qoʻshimcha hisobdan chiqarishlar aks ettiriladi.
4 §. Tan olishni toʻxtatish
20. Banklar qimmatbaho metallar, toshlar yoki tangalarni sotish, hisobdan chiqarish yoki biror-bir boshqa yoʻl bilan chiqib ketish paytida ularning balans qiymatini hisobdan chiqaradilar.
IV. Axborotni ochib berish
21. Moliyaviy hisobotda quyidagilar ochib berilishi lozim:
a) qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni baholashda qabul qilingan hisob siyosati, shu jumladan qiymatni aniqlashda qoʻllanadigan formulasi;
b) qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning umumiy balans qiymati;
v) sotilgan, hisobdan chiqarilgan yoki boshqa yoʻl bilan chiqib ketgan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning summasi;
g) qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning shikastlanishi yoki yoʻqotilishi, kamomadi, oʻgʻirlanishi yoki tovar koʻrinishining yoʻqotishi natijasida ularning hisobot davri zararlariga kiritilgan har qanday hisobdan chiqarish summasi; va
d) majburiyatlar boʻyicha kafolat sifatida garovga qoʻyilgan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning balans qiymati.
Nizomga 1-ILOVA
2002-yil 1-oktabrda bank bir gramm uchun 15.000 soʻm narx boʻyicha 5 kg oltin sotib oldi.
Dt 10901 - Qimmatbaho metallar 75.000.000 Kt 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro 75.000.000
9-oktabrda bank yana 5 kg oltin sotib oldi, faqat bir gramm uchun 15.500 soʻm narx boʻyicha.
Dt 10901 - Qimmatbaho metallar 77.500.000 Kt 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro 77.500.000
19-oktabrda bank navbatdagi 4 kg oltin partiyasini bir gramm uchun 14.500 soʻm narx boʻyicha sotib oldi.
Dt 10901 - Qimmatbaho metallar 58.000.000 Kt 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro 58.000.000
21-oktabrda bank bir gramm uchun 16.000 soʻm narx boʻyicha 4 kg oltin sotdi. (Hisobdan chiqarish bir gramm uchun 15.000 soʻm narx boʻyicha amalga oshiriladi).
Dt 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro 64.000.000 Kt 10901 - Qimmatbaho metallar 60.000.000 Kt 45213 - Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari boʻyicha daromadlari 4.000.000
23-oktabrda bank bir gramm uchun 16.000 soʻm narx boʻyicha yana 2 kg oltin sotdi. (1 kg ni bir gramm uchun 15.000 soʻm narx boʻyicha va 1 kg ni bir gramm uchun 15.500 soʻm narx boʻyicha hisobdan chiqardi).
Dt 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro 32.000.000 Kt 10901 - Qimmatbaho metallar 30.500.000 Kt 45213 - Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari boʻyicha daromadlari 1.500.000
26-oktabrda bank bir gramm uchun 16.000 soʻm narx boʻyicha yana 2 kg oltin sotdi. (bir gramm uchun 15.500 soʻm narx boʻyicha hisobdan chiqardi)
Dt 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro 32.000.000 Kt 10901 - Qimmatbaho metallar 31.000.000 Kt 45213 - Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari boʻyicha daromadlari 1.000.000
Sana Xarid Sotuv Qoldiq 1 gramm uchun narxi gramm summa 1 gramm uchun narxi gramm hisobdan chiqarish summasi daromad 1 gramm uchun narxi gramm summa 01.10.02 15.000 5.000 75.000.000 09.10.02 15.500 5.000 77.500.000 19.10.02 14.500 4.000 58.000.000 21.10.02 16.000 4.000 60.000.000 4.000.000 23.10.02 16.000 2.000 15.000.000 + 15.500.000 1.500.000 26.10.02 16.000 2.000 31.000.000 1.000.000 15.500 2.000 31.000.000 14.500 4.000 58.000.000
Nizomga 2-ILOVA
2002-yil 1-fevralda bank bir gramm uchun 15.000 soʻm narx boʻyicha 3 kg oltin sotib oldi. Bank qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarni hisobga olishda FIFO usulidan foydalanadi.
Dt 10901 - Qimmatbaho metallar 45.000.000 Kt 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro 45.000.000
9-fevralda bank bir gramm uchun 15.500 soʻm narx boʻyicha yana 5 kg oltin sotib oldi.
Dt 10901 - Qimmatbaho metallar 77.500.000 Kt 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro 77.500.000
2002-yil 10-dekabrda bank 2 kg oltinni 14.500 soʻm narx boʻyicha sotdi.
Dt 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro 29.000.000 Dt 55606 - Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar boʻyicha tijorat operatsiyalaridan koʻrilgan zararlar 1.000.000 Kt 10901 - Qimmatbaho metallar 30.000.000
2002-yil 31-dekabrda bozordagi oltin narxi 14.000 soʻmni tashkil qildi va bank oltin qoldigʻini qayta baholashni amalga oshirdi.
Dt 56810 - Oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash 8.500.000 Kt 10999 - Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning savdosidan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) 8.500.000
Bundan soʻng 2002-yil 31-dekabrda bank balansidagi qoldiqlar quyidagilarni tashkil qiladi:
10901 - Qimmatbaho metallar 92.500.000 10999 - Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning savdosidan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) 8.500.000
