“9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari xodimlarining huquqlari
Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-486-son) · Sana: 23.07.2018 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlarining xodimlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, naslchilik tashkilotlariga moneliksiz kirish va ulardan zarur axborotni olish;
naslchilik tashkilotlariga qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, naslli mahsulotni (materialni) realizatsiya qilishni toʻxtatib turish;
hayvonlar seleksiyasi, naslli mahsulotni (materialni) takror koʻpaytirish sohasida yangi texnologiyalarning va biotexnologiya usullarining qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
naslli mahsulotning (materialning) sertifikatsiz realizatsiya qilinishiga va undan boshqacha tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
naslchilik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha xulosalar berish.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlarining xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
5) 11-moddaning beshinchi xatboshisidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 16-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
