2457-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari
Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-486-son) · Sana: 23.07.2018 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 66, 67, 68, 69-moddalarida (qishloq xoʻjaligi yerlari bilan bogʻliq qismi), 72-moddasida, 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sunʼiy suv inshootlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 891-moddalarida (qishloq va suv xoʻjaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga oid qismi), 92-moddasida (naslchilikka oid qismi), 95-moddasida (qishloq xoʻjaligiga oid qismi), 1041, 1042-moddalarida, 107-moddasida (qishloq xoʻjaligiga oid qismi), 112-moddasida, 136, 139, 140, 141-moddalarida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilishi texnikasiga oid qismi), 172, 173, 1761-moddalarida (qishloq va suv xoʻjaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga oid qismi), 1973-moddasida, 200, 212, 213, 214, 22714-moddalarida (qishloq va suv xoʻjaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolarni qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari haqlidir”;
8) 266-modda chiqarib tashlansin;
9) 2662 va 2663-moddalar chiqarib tashlansin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik toʻgʻrisida”gi 165-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
