Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-3870-son)
19.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5484-son Farmonini ijro etish maqsadida:
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzatom” agentligi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
“Oʻzatom” agentligi direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
“Oʻzatom” agentligi direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha vazirga, direktor oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
3. “Oʻzatom” agentligi direktoriga:
zarur hollarda, “Oʻzatom” agentligining tashkiliy tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
“Oʻzatom” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga va konsultantlar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda “Oʻzatom” agentligini unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlarga va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Oʻzatom” agentligining ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻlar ajratsin hamda 2019-yildan boshlab har yilda zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti xarajatlari smetasiga ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
“Oʻzatom” agentligiga zarur xizmat avtotransport vositalari xarid qilish uchun pul mablagʻlari ajratilishini hamda 6 ta yengil xizmat avtomobillarini saqlash uchun limit belgilanishini taʼminlasin;
“Oʻzatom” agentligiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish hamda maʼmuriy binolarni taʼmirlash uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining budjetdan tashqari Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
xalqaro moliyaviy va boshqa institutlarning, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari:
atom energetikasi obyektlarini, shu jumladan tashqi infratuzilma va turar joylarni qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash bilan bogʻliq “Oʻzatom” agentligining vazifalarini samarali amalga oshirish;
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, shuningdek, xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini qoplash;
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiyalash, “Oʻzatom” agentligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
“Oʻzatom” agentligining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyati bilan bogʻliq boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining budjetdan tashqari Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
9. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzatom” agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligini joylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi “Oʻzatom” agentligini har choraklik va yillik statistika byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzatom” agentligini zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzatom” agentligi, Fanlar akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda “Oʻzatom” agentligi direktori zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyul,
PQ-3870-son
