Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sudlarga arizalar berganda davlat boji miqdorlarini oshirish, shuningdek, sudlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (544-son)
17.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmoni hamda “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-iyul,
544-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-iyuldagi 544-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida:
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq MIQDORLARI
Lavozimlarning nomi Lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdori (foizlarda) 5-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya 24 4-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya 28 3-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya 32 2-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya 36 1-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya 40 Oliy malaka darajasiga ega boʻlgan sudya 50 ”;
b) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)
Sud va adliya organlaridagi umumiy ish staji: 2 yildan 5 yilgacha boʻlganda — 5 % 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda — 10 % 10 yildan 15 yilgacha boʻlganda — 15 % 15 yildan 20 yilgacha boʻlganda — 20 % 20 yildan 25 yilgacha boʻlganda — 25 % 25 yildan 30 yilgacha boʻlganda — 30 % 30 yildan ortiq boʻlganda — 40 %
Izoh.
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislari sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustama toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”;
v) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qoʻshiladigan qoʻshimcha haq MIQDORLARI
Nomi Lavozim maoshlariga nisbatan foizlarda qoʻshimcha haq miqdori 3-darajali yurist 20 2-darajali yurist 24 1-darajali yurist 28 3-darajali adliya maslahatchisi 32 2-darajali adliya maslahatchisi 36 1-darajali adliya maslahatchisi 40 3-darajali davlat adliya maslahatchisi 44 2-darajali davlat adliya maslahatchisi 47 1-darajali davlat adliya maslahatchisi 50 Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi 50
Izoh.
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislari sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida:
a) 16-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha RAZRYADLARI
Lavozim nomi Razryadi Rais 21 Raisning birinchi oʻrinbosari 20 Rais oʻrinbosari 19 Sudya 18 Boshqarma boshligʻi, bosh buxgalter 17 Boʻlim boshligʻi, Oliy sud Plenumi va Rayosati kotibiyati boshligʻi, Malaka hayʼati kotibiyati boshligʻi, rais yordamchisi 16 bosh konsultant, bosh mutaxassis 14 Katta konsultant, katta mutaxassis, arxiv mudiri 13 ”;
b) 17-ilovaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va maʼmuriy sudlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha RAZRYADLAR
Lavozim nomi Viloyatlar guruhlari boʻyicha razryadlar guruhdan tashqari 1-guruh 2-guruh 3-guruh razryad razryad razryad razryad Rais 20 19 18 18 Rais oʻrinbosari 18 18 17 17 Sudya 17 17 16 16 Boʻlim boshligʻi 14 14 13 13 Devonxona mudiri, bosh mutaxassis 12 12 11 11 Katta mutaxassis, sudya katta yordamchisi, malaka hayʼati kotibi 11 11 10 10 Arxiv mudiri 10 10 9 9 ”;
v) 17a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hududiy harbiy sudlar, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha shahar sudlari, viloyatlar markazi boʻlgan shaharlar (shahar, tumanlararo) iqtisodiy va maʼmuriy sudlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha RAZRYADLAR
Lavozim nomi Shaharlar guruhlari boʻyicha razryadlar 1-guruh 2-guruh Razryad Razryad Rais 17 16 Sudya 15 14 Sudya yordamchisi 10 10 Devonxona mudiri, arxiv mudiri 9 9 ”;
g) 18-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari va tuman (shahar) maʼmuriy sudlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha RAZRYADLAR
Lavozim nomi Razryad Rais 16 Sudya 14 Sudya yordamchisi 10 Devonxona mudiri, arxiv mudiri 9 ”.
