2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-3609-son)
16.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi xalqaro imidjini shakllantirishda ayrim hududlar, xususan, Samarqand viloyati va Samarqand shahrining turizm salohiyati beqiyos oʻrin egallaydi. Samarqand viloyatida jami 69 ta turizm operatorlari xamda 107 ta joylashtirish vositalari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
2001-yilda Samarqandning oʻrta asrlar meʼmorchiligining noyob arxitektura shakllariga ega boʻlgan yodgorliklari, madaniy meros obyektlari, oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan ilmiy, tarixiy va sanʼat asarlari haqli ravishda YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan.
Bugungi kunda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, undan foydalanish samaradorligini oshirish, turistlarni noyob madaniy meros obyektlari bilan keng tanishtirish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish, hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini taʼminlash hamda “Samarkand city” turizm zonasini barpo etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, Samarqand viloyatiga 2016-yilda 76,2 mingta xorijiy fuqaro tashrif buyurgan boʻlsa, 2017-yilda bu koʻrsatkich 179,6 mingtaga yetdi va respublika boʻyicha atigi 7,0 foizni tashkil etdi.
Samarqand viloyati va Samarqand shahrining mavjud turizm imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti, jumladan, hududdagi mavjud joylashtirish vositalarining sigʻimi, ularda koʻrsatilayotgan xizmatlar turi va sifati, turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllar holati, koʻngilochar obyektlarning soni va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar, ekskursovod va gidlarning kasb mahoratlari talab darajasida emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bu boradagi farmon va qarorlari ijrosini taʼminlash doirasida mazkur masalalarni kompleks yondashuv asosida hal etish xamda istiqbolda tashrif buyuradigan xorijiy turistlar uchun yanada qulay shart-sharoitlarga ega turizm infratuzilmasini barpo etish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha chora-tadbirlarga ehtiyoj sezilmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyatiga xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish, ularga koʻrsatiladigan xizmatlar xilma-xilligini oshirish va sifatini taʼminlash, yangi turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi 450-son qarori qabul qilingani va uning doirasida amaliy ishlar olib borilayotgani inobatga olinsin.
2. Quyidagilar:
2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish, yangi infratuzilma obyektlarini barpo etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
2018-2019-yillarda Samarqand viloyatiga xorijiy mamlakatlardan jalb qilinadigan turistlar sonini 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,9 karra xamda 2019-yilda 2,8 karra miqdorida oshirish boʻyicha prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2018-2019-yillarda Samarqand viloyatiga ichki turizmni rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridan jalb qilinadigan mahalliy turistlar soni 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,7 karra xamda 2019-yilda 2,3 karra miqdorida oshirish boʻyicha prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, 1-ilovadagi dasturga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar va ijrochilar mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi.
4. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) va Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev):
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilsin va muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi (Kamilov), Halq taʼlimi vazirligi (Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Yusupov), Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi (Narbayeva), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Rafikov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranboyev), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Javlonov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Jalilov) hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorning 2-3-ilovalaridagi prognoz parametrlarda belgilangan koʻrsatkichlarga erishish yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30 shondagi 450-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda Samarqand viloyati va Samarqand shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi amalga oshirilishining nazoratini taʼminlash boʻyicha Ishchi guruh (Xolmuradov) xar chorak yakuni boʻyicha ushbu qarorda hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi 450-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan masʼul davlat organlari rahbarlarining hisobotini joyiga chiqqan xolda eshitsin xamda yuklatilgan vazifalar ijrosining buzilishi holatlari va sabablarini aniqlab, ularni bartaraf egish choralarini koʻrsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov va Samarqand viloyati xokimi T.I. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-mart,
PQ-3609-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3609-son qaroriga 1-ILOVA
2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish, yangi infratuzilma obyektlarini barpo etishga doir qoʻshimcha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Chora-tadbirlar nomi Bajarish muddati Masʼul ijrochilar I. “Samarkand city” turizm zonasini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish 1. “Samarkand city” turizm zonasining batafsil rejalashtirish loyihasini shakllantirish, turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish rejalari va loyihaning texnik iqtisodiy asosini (loyiha-smeta hujjatlarini) ishlab chiqish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlanishini taʼminlash. 2018-yil may TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov) 2. “Samarkand city” turizm zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagini bildirgan xorijiy investorlar bilan belgilangan tartibda kelishuv ishlarini yakunlash. 2018-yil iyun Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Bekenov), TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) 3. “Samarkand city” turizm zonasida Xitoy, Indoneziya, Singapur, Malayziya, Turkiya, Osiyo va Yevropaning rivojlangan davlatlaridagi mavjud turistlar tashrif maskanlari qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi markazlarni barpo etish uchun alohida maydonlar ajratish. loyiha doirasida TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) 4. “Samarkand city” turizm zonasi atrofida piyodalar uchun moʻljallangan yoʻllar va maydonlarni yaratish. loyiha doirasida Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov) 5. Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, uning kotibiyati xamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti va “Ipak yoʻli ofisi” uchun maʼmuriy binoni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan “Samarkand city” turizm zonasida joylashtirish. loyiha doirasida Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) II. Samarqand viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish 6. Samarqand viloyatida turizmni jadal rivojlantirish va turistlar uchun qulay shart-sharoit yaratish ishlari natijadorligi, turistlar sonini jadal oshirish koʻrsatkichlariga erishish uchun viloyat hokimligi rahbarlarining masʼuliyatini oshirish. doimiy Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 7. Turistlarning kechki vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ular uchun doimiy namoyishni tashkil etish maqsadida Registon maydonidagi lazerli 3D shouni barcha uskunalari bilan birgalikda Samarqand shahar hokimligiga oʻtkazish masalasi boʻyicha asoslangan taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2018-yil mart Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) 8. Samarqand viloyatidagi barcha madaniy meros obyektlari va muzeylarda “yagona chipta” va tashrif buyuruvchilarni elektron roʻyxatga olish tizimini joriy etish, audio va radiogidlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻrnatish. 2018-yil dekabr Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Axmedxodjayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 9. Wi-Fi ga bepul ulanish nuqtalari oʻrnatilishi lozim boʻlgan jamoatchilik joylari, shu jumladan avtobekatlar, aeroport, vokzal va turizm obyektlari roʻyxatini Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda shakllantirish va tasdiqlash. Jamoatchilik joylarining tasdiqlangan roʻyxatiga muvofiq Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish ishlari bosqichma-bosqich ravishda tashkil etish. 2018-yil aprel 2018-2019-yillar Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Axmedxodjayev) 10. Kafolatlangan yutuqqa ega lahzali lotoreyalarni tashkil qilish orqali moliyalashtirish manbasini shakllantirib, maqsadli foydalanish yoʻnalishlarini belgilagan holda Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida asoslangan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2018-yil may Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Moliya vazirligi (Xaydarov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 11. Samarqand shahri boʻylab turistlar uchun kuzatish-ekskursiya sayrlarini taqdim etadigan ikki qavatli avtobuslar va xalqaro aeroportlarni temir yoʻl vokzallari va avtovokzallari, shuningdek yirik mehmonxonalar bilan bogʻlaydigan maxsus avtobus (shuttle-bus) qatnovini yoʻlga qoʻyish maqsadida Samarqand viloyati hokimi qarorini qabul qilish. bir hafta muddatda Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), tashabbuskorlar 12. Viloyatda turistlar harakatlanadigan obyektlar, shu jumladan turizm obyektlari, infratuzilmalari, jamoat joylari, bino, inshoot va boshqa obyektlarda foto va video suratga olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Viloyat ichki ishlar boshqarmasi oʻz shaxsiy tarkiblari orasida tegishli tushuntirish ishlarini olib borish va bunda turistlarga foto va video suratlarni olishda taqiqlovchi harakatlarni amalga oshirmaslik yuzasidan koʻrsatmalar berish. Roʻyxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan xamda barcha turdagi suratga olishlar taqiqlanganligi haqidagi tegishli koʻrsatkichlar oʻrnatilgan obyektlar bundan mustasno. 2018-yil mart oyidan boshlab doimiy Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 13. Viloyatda turizm faoliyati subyektlari sonini oshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyat va qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, Samarqand viloyatida xorijiy va mahalliy sayyohlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini turizm faoliyati subyektlari oʻrtasida raqobatni kuchaytirish evaziga erishish maqsadida yangi turoperatorlik tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha aholi orasida keng targʻibot ishlarini olib borish. Bunda ayniqsa Xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faollari, shuningdek boshqa vazirlik, idoralar va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan turoperatorlik tashkilotlariga har tomonlama koʻmaklashish nazarda tutiladi. 2018-yil mart oyidan boshlab doimiy Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Oʻzbekiston xotin- qizlar qoʻmitasi (Narbayeva), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 14. Viloyatning tibbiy turizm imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida barcha tibbiyot maskanlari va sanatoriya-kurort muassasalarining roʻyxatini xatlov oʻtkazish orqali shakllantirish. Tibbiyot turizmini rivojlantirish, shu jumladan, sihatgoh, tabiiy sogʻlomlashtirish hududlari, davolanish maskanlarini targʻib qilish, ularga xorijiy va mahalliy turistlarning, xususan qoʻshni davlatlardan turistlarning tashrifini tashkil etish. 2018-yil aprel Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov) 15. Korxona va texnologik jarayonlar tarixini aks ettiruvchi tegishli ekspozitsiyalarni yaratgan holda xorijiy va mahalliy turistlarni yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishtirishga yoʻnaltirilgan industrial turizm turlarini, shuningdek tashrif buyuruvchilarga esdalik sertifikatlarni taqdim etgan xolda alohida texnologik jarayonlarda ishtirok etishlarini tashkil qilish. Bunda, yirik sanoat korxonalarining roʻyxatini shakllantirish, korxonalar huzurida muzey, tomosha maydonlari va tegishli ekspozitsiyalarni tashkil etish hamda ular boʻylab harakatlanish rejasini (tur-marshrut) ishlab chiqish nazarda tutiladi. 2018-yil avgust Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 16. Quyidagi aholi qatlamlari uchun respublikadan Samarqand viloyati boʻylab turizm-ekskursiya turlari tashkil etilishini koʻzda tutuvchi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturini rejalashtirish va tasdiqlash: taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun — taʼtil davri va dam olish kunlarida; tashkilotlar xodimlari uchun — dam olish kunlarida, umummilliy bayramlar va taʼtil kunlarida, ayniqsa, turizm mavsumi sust davrda; aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, pensionerlar, urush va mehnat faxriylari uchun — saiatoriy-kurortlarda dam olishdan faol foydalangan holda yil davomida; keksalar, yosh oilalar, fuqarolar yigʻinlari faollari, xotin-qizlar va boshqa jamoat birlashmalari vakillari uchun — turizm mavsumi sust davrda. Bunda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa tashkilot va idoralar huzurida, shuningdek, xususiy turoperatorlik tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish nazarda tutiladi. 2018-yil aprel oyidan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi (Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (Rafikov), Oʻzbekiston xotin- qizlar qoʻmitasi (Narbayeva), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), vazirlik, idora va tashkilotlar III. Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish 17. Samarqand xalqaro aeroportida, vokzalida, turizm namoyishi obyektlarida, turizm infratuzilmalarida, umumiy foydalanishdagi turistlar jamlanadigan boshqa obyekt va hududlarda: tunu-kun faoliyat yuritadigan turizm axborot markazlari faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish, Samarqand viloyatining va Samarqand shahrining turizm xaritasi, madaniy-koʻngilochar tadbirlar (teatr, ochiq tomosha, koʻrgazma, galereya, yarmarka va boshqalar) uchun chiptalar olish xamda tadbirlar taqvimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning bepul tarqatilishini taʼminlash; mobil aloqa operatorlarini jalb etgan xolda turistlar uchun internet sim kartalar sotish xamda mobil telefon apparatlarini ijaraga berishni tashkil etish; esdalik sovgʻalari sotiladigan shoxobchalarni tashkil etish, bunda har bir esdalik sovgʻalarida Oʻzbekiston turizm brendi tasvirlangan boʻlishi lozim; velosipedlarni ijaraga berish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish. 2018-yil avgust Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Xakimov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), mobil aloqa operatorlari 18. Shahar va tumanlarning markaziy koʻchalarida, turistlar jamlanadigan joy va maydonlarda, Turizm namoyishi obyektlari va ularga yaqin joylarda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini namoyish va targʻib qiluvchi bannerlarni joylashtirish uchun alohida joylarni belgilash, bannerlarni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan dizayn asosida chop ettirish va belgilangan nuqtalarda joylashtirilishini taʼminlash. Bunda baniyerlarda tegishli turizm namoyish obyektlari va turistlar uchun moʻljallangan jamoat joylari haqida qoʻshimcha maʼlumotlar joylashtirilishi nazarda tutiladi. 2018-yil iyun Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), vazirlik va idoralar 19. Turli konsert dasturlari, teatrlashtirishlar tomoshalar va xorijiy va mahalliy turistlarning oʻzbek xalqining tarixi, madaniyati va anʼanalari bilan tanishtirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlar oʻtkazilishini koʻzda tutadigan “Turizm haftaligi” madaniy-maʼrifiy festivallar oʻtkazilishini taʼminlash. 2018-yil aprel oyidan boshlab doimiy Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 20. Xorijiy va mahalliy turistlarning Samarqand viloyatida qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida Samarqand viloyatidagi turistlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, klublar, koʻngilochar va boshqa shunga oʻxshash muassasalarning soat 00:00 ga kadar faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. Xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan tegishli choralarni koʻrib (kuzatuv kameralarini oʻrnatish, xavfsizlikni taʼminlovchi xodimlar yollash), ovqatlanish shoxobchalari, klublar, koʻngilochar va boshqa shunga oʻxshash muassasalarning “Tourist friendly” talablariga rioya etgan holda uzluksiz faoliyat yuritishini tashkil etish hamda ularning tasdiqlangan tartibi va roʻyxatini Samarqand viloyati hokimligining rasmiy interiyet sahifasi va boshqa manbalarda joylashtirish. 2018-yil mart Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 21. Samarqand viloyatining turizm salohiyatini namoyish etuvchi, viloyatda boʻladigan turistlarning sayohat qilishlari uchun barcha zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga qamrab olgan yagona veb-saytni yoʻlga qoʻyish va doimiy ravishda sahifani yangilab borish. 2018-yil aprel Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakpmov), Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (Poʻlatov) 22. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor tomonlar taqd�m etadigan, Samarqand viloyatining turizm salohiyatini targʻib etishga qaratilgan videoroliklarni respublika va mahalliy telekanallar orqali namoyish etish hamda turkum koʻrsatuv va eshittirishlar tayyorlash, maqolalar chop etish. 2018-2019 yillar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (Kuchimov) 23. “Samarqand — Sharq sivilizatsiyasi markazi” mavzusida oʻzbek, rus va ingliz tillarida tarixiy faktlarga asoslangan hujjatli videofilmlar yaratish hamda milliy va xorijiy telekanallarda namoyish etilishini taʼminlash. 2018-yil dekabr “Oʻzbekkino” milliy agentligi (Zokirov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) 24. Qadimiy sharq bozori anʼanalarini namoyish etish maqsadida Samarqand shahridagi I. Karimov koʻchasida “Silk Road Bazaar” haftalik festivalini tashkil etish. xar yili avgust oyida Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 25. Har yili anʼanaviy tarzda Qoʻshrabot tumanida yetishtirilgan uzum mahsulotlarini terish, ulardan mayiz mahsulotini tayyorlash jarayonlarini oʻz ichiga qamrab olgan “Kishmish” festivalini oʻtkazish. Bunda madaniy-koʻngilochar tadbirlar, uzumchilik anʼanalariga bagʻishlangan koʻrgazmalar, turli navdagi uzum, mayiz xamda milliy taomlar degustatsiyalari tashkil etishni nazarda tutish. har yili sentabr oyining birinchi oʻn kunligida Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullasv), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 26. Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalini yopilish marosimidan soʻng kamida 3 — 5 kun davomida mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun konsert dasturlarini tashkil etish. Bunda har bir konsert dasturidan keyin lazerli 3D shou namoyish etilishini taʼminlash. 2019-yildan boshlab Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), “Sharq taronalari” XMF direksiyasi (Djurayev), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 27. Rossiya Federatsiyasidan turistlarni koʻpaytirish maqsadida, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari temir yoʻl muxtor vakillari kengashi yigʻilishlarida Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasi temir yoʻl tizimlari bilan kelishilgan qolda yangi qatnovlarni joriy etish. Mahalliy turistlarni Samarqand viloyatiga olib kelish boʻyicha muntazam harakatlanuvchi yoʻlovchi poyezdlarga qoʻshimcha yoʻlovchi vagonlarni ulashni tashkil etish amaliyotini keng qoʻllash. 2018-yil doimiy ravishda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) 28. Samarqand shahrining “Gala Osiyo” mahallasi hududida Samarqand viloyati va respublikaning boshqa hududlarida tayyorlanadigan non mahsulotlarining tayyorlash jarayonlarini namoyish qilish xamda sotishga moʻljallangan “Non markazi”ni tashkil etish. 2019-yil may Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), tadbirkorlik subyektlari 29. Tayloq tumanida joylashgan vino zavodi va vinochilikka ixtisoslashgan uzumzorlarda sayyohlar tashriflarini uyushtirish, bunda turistlarga uzumzorlardagi ish jarayonlari, uzum yetishtirish hamda vino tayyorlash jarayonlarini namoyish etish, shuningdek vino mahsulotlari uchun degustatsiya zallarini tashkil etish. xar yili avgust oyida Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), tadbirkorlik subyektlari 30. “Xalol”, “Kosher” va “Vegan” standarti talablariga muvofiq boʻlgan umumovqatlanish shoxobchalari, xususan, kafeteriy, restoran, choyxona va boshqa obyektlarning faoliyatini tashkil etish va targʻibot ishlarini amalga oshirish, shu jumladan, tadbirkorlarga xorijiy turistlarni jalb qilishda koʻmaklashish. 2018-yil sentabr Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Oʻzstandart” agentligi (Karimov), Turizmni rivojl�tirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 31. Xorijdagi doʻstlik jamiyatlari va Samarqanddagi xorij mamlakatlari diasporalari orqali targʻibot ishlarini, shu jumladan rejalashtirilayotgan tadbirlarning aniq muddatlarini koʻrsatgan qolda tarix, madaniyat, milliy anʼana va urf-odatlarni tartib qilishni faollashtirish boʻyicha 2018-2019-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha doimiy nazoratni oʻrnatish. 2018-yil may Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (Ishanxodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (Kamplov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 32. Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan turizm mavsumi davomida oyda bir marta va qolgan davrda haftada bir marta mahalliy ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot tarqatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida matbuot anjumanlari va brefinglar tashkil etish. Bunda Samarqand viloyatiga tegishli barcha statistika maʼlumotlari, xususan, tashrif buyurgan turistlar soni, turistlarning tunab qolgan kunlari soni, mavjud mehmonxona, turizm faoliyati subyektlari, umumovqatlanish shoxobchalari, savdo va oʻyin-kulgi majmualari soni, turizm infratuzilmasini barpo etish uchun ajratilgan yer maydonlari, olib borilayotgan turizm obyektlari boʻyicha qurilish ishlari va yaqin kunlarda tashkil etilishi kutilayotgan yoki tashkil etilgan turizm namoyishi obyektlari hamda boshqa maʼlumotlar yuzasidan axborot berish nazarda tutiladi. 2018-yil aprel oyidan boshlab doimiy Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy agentligi (Abduxaliqov) IV. Yangi infratuzilma obyektlarini barpo etish 33. Viloyatda turistlarga shart-sharoit va qulayliklar yaratish maqsadida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va doimiy sanitariya talablariga javob berishini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan talablarni inobatga olingan holda viloyat hokimligi qarorini qabul qilish. 2018-yil aprel Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 34. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega tuman va shaharlarda joylashgan xamda muhandislik kommunikatsiyalar bilan taʼminlangan foydalanilmayotgan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish va ajratish hamda turizm sohasidagi loyihalarni (mehmonxonalar, mehmonxona uylari, kempinglar, motellar va boshqa joylashtirish vositalari, xiyobonlar, muzeylar, galereyalar va boshqa inshootlar qurish) amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari hamda salohiyatli investorlar uchun tegishli maʼlumotlarni, shu jumladan investitsiya kiritish majburiyatlari toʻgʻrisida Samarqand viloyati hokimligi xamda masʼul vazirlik va idoralarning rasmiy veb-sahifalariga joylashtirish. Bunda tegishli obyektlar qurilishi uchun turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega tuman va shaharlarda ajratiladigan yer maydonlari soni va hajmi quyidagicha taqsimotda belgilanishi nazarda tutiladi: tematik parklar uchun 3 ta 5 — 20 ga yer maydonlari; joylashtirish vositalari uchun kamida 20 ta 1 — 5 ga yer maydonlari, restoranlar uchun kamida 30 ta 0,1 — 0,3 ga yer maydonlari; kafeteriy, choyxona va tez tayyorlanadigan taomlar oshxonasi uchun 30 ta 0,01 — 0,05 ga yer maydonlari. Turizm namoyishi obyektlari, xususan, muzeylar, galereyalar, koʻrgazma zallari va boshqa obyektlar uchun 10 ta 0,1 — 0,3 ga yer maydonlari. 2018-yil iyun Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Bekenov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 35. Viloyatda mehmon-uylarini tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli qurilish ishlari uchun zarur kredit mablagʻlarini ajratilishini taʼminlash. 2018-yil mart oyidan boshlab doimiy Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Mikrokreditbank (Mamatkulov), tadbirkorlik subyektlari 36. Samarqand xalqaro aeroporti quvvatini oshirish maqsadida: bir paytning oʻzida 4-5 aviaqatnovni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlgan uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish. Bunda, bagajlarni avtomatik tarzda tashish va tekshirish mumkin boʻlgan mexanizmlarni tashkil etishni inobatga olish; xorijiy investorlarni jalb etgan holda zarur texnik va texnologik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni taʼminlash; mahalliy va xorijiy turoperatorlarning talabnomasiga muvofiq Djakarta — Samarqand — Djakarta yoʻnalishida charter aviaqatnovlarini belgilangan tartibda tashkil etish va yil yakunida amalga oshirilgan charter reyslar natijasiga koʻra Djakarta — Samarqand — Djakarta yoʻnalishida doimiy aviaqatnovlarini joriy etish masalasini koʻrib chiqish. 2018-2019-yillar 2019-yil yanvar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Xakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) 37. Samarqand shahrida, Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasiga tutash hududlarda mehmonxonalarni (20 tadan ortiq) barpo etish uchun zarur miqdorda yer maydonlarini belgilab, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda zamonaviy mehmonxonalar qurish boʻyicha investitsiya takliflarini shakllantirish 2018-yil mart Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev) 38. Samarqand viloyatiga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy turistlarning sayohatlarini yanada qiziqarli boʻlishini tashkil etish, sayyohlarning hududda qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida Samarqand shahridagi: Alisher Navoiy koʻsasi va Universitet xiyobonida tarixiy binolar joylashganligi, koʻchalarning kengligi va shaharning asosiy koʻchalariga olib chiqishini inobatga olib, ushbu koʻcha va xiyobonni turistlar sayr qiluvchi koʻchaga; Pushkin koʻchasini Yevropa, va Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyuruvchi turistlar dam olishi uchun moʻljallangan maskanga aylantirish boʻyicha alohida chora-tadbirlar va koʻchalar loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2018-yil avgust Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Samarqand shahar hokimligi (Raximov) 39. Samarqand shahri yangi maʼmuriy markazining batafsil loyihalashtirish rejasini ishlab chiqishda xalqaro koʻrgazmalar, shu jumladan xalqaro turistik koʻrgazmalarni oʻtkazish imkoniyatiga ega zamonaviy “Ekspo markazi”ni tashkil etishni nazarda tutish. 2018-yil dekabr Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev) 40. Samarqand shahri yangi maʼmuriy markazida xalqaro turistik koʻrgazmalarni oʻtkazish imkoniyatiga ega zamonaviy “Ekspo markazi”ni barpo etish maqsadida investorlarni jalb etish choralarini koʻrish. 2019-yil yanvar Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Bekenov) 41. Samarqand shahrida usti yopiq, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik, kiyim-trikotaj, suvenir va boshqa mahsulotlar sotuvi uchun moʻljallangan, yangi mahsulotlar turini namoyish etish uchun “shou rum” (show room) zallarini ichida mujassam etgan, anʼanaviy sharqona meʼmorchilik uslubidagi savdo majmuasini barpo etish va ishga tushirilishini taʼminlash. 2019-yil dekabr Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Xakimov) 42. Xorijiy va mahalliy sayyohlarning tashrif kunlarini uzaytirish maqsadida Samarqand shahridagi qadimiy Amir Temur bogʻlaridan birining hududida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan xolda, mavzuga mos ravishda teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkil etishni nazarda tutuvchi tematik park barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini va ularning tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2018-yil aprel Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), tijorat banklari 43. Turkiyalik investor tomonidan qurilishi rejalashtirilgan 130 oʻringa moʻljallangan 4 yulduzli mehmonxona uchun yer maydoni ajratish ishlarini tezlashtirish. Smeta-loyiha hujjatlarini tezkor ishlab chiqish va aniqlangan yer maydonida qurilish ishlarini zudlik bilan boshlash 2018-yil mart 2018-yil may Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), xorijiy investor — tashabbuskor 44. Samarqand shahar Boʻstonsaroy koʻchasida 100 oʻringa moʻljallangan toʻrt yulduzli mehmonxona tashkil etish. 2019-yil noyabr Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), loyiha tashabbuskori 45. Samarqand shahar eski shahar qismida 50 oʻringa moʻljallangan uch yulduzli milliy uslubdagi mehmonxona tashkil etish. 2019-yil sentabr Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), loyiha tashabbuskori 46. Samarqand viloyatining Urgut tumanida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida xar bir tumanda kamida 5 ta mehmon uylari tashkil etish. 2018-yil dekabr Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), “Asaka bank” ATB (Mullajonov), loyiha tashabbuskorlari 47. Samarqand shahridagi Sattepo turizm kolleji hududida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari hisobidan 100 oʻrinli xostel tashkil etish. 2019-yil aprel Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) 48. Buyuk allomalar Burxonpddin Margʻinoniy va Abu Lays Samarqandiylarning dafn qilingan maskanlari hududida ziyoratchilar uchun barcha shart-sharoitlarni nazarda tutuvchi kompleks loyihalarni ishlab chiqish, bunda tasdiqlangan loyihalar asosida olib boriladigan ishlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash. 2018-yil aprel Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Yusupov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (Alimov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov), Moliya vazirligi (Xaydarov) 49. Nurobod tumanidagi “Xazrati Dovud” ziyoratgohida majmua joylashgan tepalikka chiqishni yengillashtirish (1,2 kmdan ortiq) hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida funikuler (osma va relsli transport vositasi) qurish masalasini texnik jihatdan oʻrganib chiqish va uni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish 2018-yil aprel Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” (Shukurov) 50. Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi zinda majmuasi, Samarqand xalqaro aeroporti, temir yoʻl vokzali, yirik mehmonxonalar, restoranlar, istirohat bogʻlari kabi xorijiy turistlar koʻp tashrif buyuradigan va jamlanadigan obyektlarda xorijiy valyuta qabul qilish terminallari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va bankomatlarini (Visa Card, Master card, American Express va boshqalar) oʻrnatish va muntazam faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. 2018-yil iyun Markaziy bank (Nurmuratov), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), tijorat banklari 51. Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Uzbek Nouse” etnik-animatsion markazini tashkil etish. Bunda markazni Samarqand viloyatining Urgut tumani togʻli hududida 6 gektar yer maydonida (togʻli hududga tugash joylashgan joyda) qurishni nazarda tutish. Loyiha doirasida milliy koʻrinishdagi ovqatlanish kompleksi, XVI-XVIII asrlarni oʻzida mujassam etgan koʻrgazmali sahna, ustaxonalar, sahna atrofida joylashgan oʻtirish uchun oʻrindiqlar, maxsus animatsion dasturlar taqdimoti uchun qurilgan maydon, tomorqa, oshxona, sanitar xonalari, tajriba maydonchalari xamda tutash hududga mahsulotlarni yetishtirishga moʻljallangan kichik koʻrinishdagi issiqxona qurilishini nazarda tutish. 2018-yil noyabr Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), loyiha tashabbuskori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3609-son qaroriga 2-ILOVA
2018-2019-yillarda Samarqand viloyatiga xorijiy mamlakatlardan jalb qilinadigan turistlar sonini 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,9 karra xamda 2019-yilda 2,8 karra miqdorida oshirish boʻyicha
prognoz parametrlari
(ming birlikda) Davlatlar Davr (yil) Umumiy tashrif buyuruvchilar soni Shundan: Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentabr Oktabr Nonbr Dekabr 2018 342 375 28 290 43 560 44 040 31 510 26 060 31 875 43 560 42 360 28 835 22 285 2019 502 200 23 950 24 060 40 205 56 815 57 315 42 355 37 760 41 775 56 290 55 590 35 130 30 955 Rossiya 2018 102 500 8500 13000 13000 10500 8000 10500 13000 13000 8500 4500 2019 153 000 8000 8000 13500 17000 17000 13500 12000 13500 17000 17000 8500 8000 Turkiya 2018 36 000 3500 4500 4500 3400 2500 3400 4500 4500 3200 2000 2019 46 800 2100 2200 3600 5500 5500 4500 3600 3800 5500 5000 3300 2200 Koreya 2018 28 000 2500 3500 4000 2500 2000 2500 3500 2500 2500 2500 2019 46 700 2300 2300 3500 5500 6000 3500 3100 3500 5000 5000 3500 3500 Malayziya 2018 18 500 1400 2500 2500 1400 1400 1400 2500 2500 1500 1400 2019 27 500 1300 1300 1900 3400 3400 1900 1900 1900 3400 3400 1900 1800 Yaponiya 2018 17 800 1400 2400 2400 1400 1400 1400 2400 2400 1400 1200 2019 28 500 1300 1300 2000 3500 3500 2000 2000 2000 3500 3500 2000 1900 Hindiston 2018 18 400 1600 2200 2200 1600 1600 1600 2200 2200 1600 1600 2019 24 600 1300 1300 2000 2500 2500 2000 2000 2000 2500 2500 2000 2000 Isroil 2018 6 800 600 800 800 600 600 600 800 800 600 600 2019 11 200 500 500 900 1200 1200 900 900 900 1200 1200 900 900 Germaniya 2018 8 100 700 1000 1000 800 700 700 1000 1000 600 600 2019 9 700 500 500 900 1000 1000 900 800 900 1000 1000 700 500 Xitoy 2018 7 500 600 900 900 600 600 900 900 900 600 600 2019 9 200 400 400 700 1000 1000 700 700 1000 1000 1000 700 600 Fransiya 2018 7 500 600 1000 1000 600 500 600 1000 1000 600 600 2019 9 400 400 400 900 1100 1100 900 600 600 1100 1100 600 600 Italiya 2018 6 400 500 800 800 600 500 800 800 600 500 500 2019 8 000 300 300 600 900 900 700 600 900 900 700 600 600 Indoneziya 2018 3 500 300 500 500 300 200 300 500 500 200 200 2019 5 200 200 200 500 600 600 500 400 500 600 600 250 250 Angliya 2018 2 900 200 400 400 250 200 250 400 400 200 200 2019 3 600 100 100 250 450 450 300 250 300 450 450 250 250 AQSH 2018 1 800 200 200 200 200 150 200 200 200 150 100 2019 2 400 100 100 220 250 250 250 180 220 240 240 200 150 Ispaniya 2018 1 400 100 200 200 100 100 100 200 200 100 100 2019 1 700 90 100 120 210 210 110 110 110 210 210 110 110 Singapur 2018 420 30 50 30 50 50 50 50 50 30 30 2019 630 30 30 40 70 70 60 60 60 60 60 50 40 Shveysariya 2018 400 30 50 50 50 30 30 50 50 30 30 2019 500 15 15 40 60 60 60 30 30 60 60 40 30 Belgiya 2018 170 15 20 20 20 15 20 20 20 10 10 2019 210 5 5 15 25 25 25 15 25 25 25 10 10 Avstriya 2018 160 10 20 20 20 10 20 20 20 10 10 2019 200 5 5 10 25 25 25 10 25 25 25 10 10 Polsha 2018 125 5 20 20 20 5 5 20 20 5 5 2019 160 5 5 10 25 25 25 5 5 20 20 10 5 Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston 2018 55 000 4000 7000 7000 5000 4000 5000 7000 7000 5000 4000 2019 80 000 3000 3000 6000 9000 9000 7000 6000 7000 9000 9000 7000 5000 Boshqalar 2018 19 000 1500 2500 2500 1500 1500 1500 2500 2500 1500 1500 2019 33 000 2000 2000 2500 3500 3500 2500 2500 2500 3500 3500 2500 2500
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3609-son qaroriga 3-ILOVA
2018-2019 nillarda Samarqand viloyatiga ichki turizmin rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridan jalb qilinadigan mahalliy turistlar soni 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,7 karra xamda 2019-yilda 2,3 karra miqdorida oshirish boʻyicha
prognoz parametrlari
(ming birlikda) Respublika hududlaridan Samarqand viloyatiga tashrif buyuradigan turistlar Davr (yil) Jami Qoraqalpogʻiston Respublikasi Andijon viloyati Buxoro viloyati Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Navoiy viloyati Namangan viloyati Surxondaryo viloyati Sirdaryo viloyati Toshkent viloyati Fargʻona viloyati Xorazm viloyati Toshkent shahri Mahalliy sayyohlar soni (prognoz) 2018 1 520,0 17,6 151,7 80,2 129,2 101,2 220,1 133,0 66,0 67,9 73,7 161,9 45,8 271,6 2019 2 000,0 23,2 199,6 105,5 170,0 133,2 289,6 175,0 86,9 89,3 96,9 213,1 60,3 357,3 Qoʻshimcha uyushtiriladigan tashriflardagi sayyohlar soni, shundan: 2018 440,0 5,3 45,9 24,3 39,1 30,6 66,6 40,3 20,0 20,5 22,3 49,0 13,9 82,2 2019 586,5 7,0 60,6 32,0 51,6 40,4 87,9 53,1 26,4 27,1 29,4 64,7 18,3 108,5 Kasaba uyushmalari va yirik ish beruvchilar orqali vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar ishchi xodimlari tashrifi 2018 160,0 1,9 16,0 8,4 13,6 10,7 23,2 14,0 7,0 7,1 7,8 17,0 4,8 28,6 2019 211,2 2,4 21,1 11,1 18,0 14,1 30,6 18,5 9,2 9,4 10,2 22,5 6,4 37,7 Oʻzbekiston Yeshlar ittifoqi orqali maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari tashrifi 2018 98,0 1,1 9,8 5,2 8,3 6,5 14,2 8,6 4,3 4,4 4,8 10,4 3,0 17,5 2019 129,4 1,5 12,9 6,8 11,0 8,6 18,7 p,z 5,6 5,8 6,3 13,8 3,9 23,1 Oʻzbekiston Yeshlar ittifoqi orqali oliy taʼlim muassasalari talabalari tashrifi 2018 45,0 0,5 4,5 1,4 3,5 2,3 7,2 3,7 1,8 1 1,2 4,9 1 12 2019 65,1 1 6,6 2,5 5,3 3,7 9,4 5,5 2,7 2 2,2 6,9 2 15,3 “Mahalla” jamgʻarmasi va Xotin-qizlar qoʻmitasi orqali yosh va namunali oilalar tashrifi 2018 57,0 0,7 5,7 3,0 4,8 3,8 8,3 5,0 2,5 2,5 2,8 6,1 1,7 10,2 2019 75,2 0,9 7,5 4,0 6,4 5,0 10,9 6,6 3,3 3,4 3,6 8,0 2,3 13,4 Din ishlari boʻyicha qoʻmita orqali Haj va Umra ziyoratiga borishdan oldin Samarqand viloyatiga uyushtiriladigan tashriflar 2018 10,0 0,1 1,0 0,5 0,9 0,7 1,4 0,9 0,4 0,4 0,5 1,1 o,z 1,8 2019 13,2 0,2 1,3 0,7 1,1 0,9 1,9 1,2 0,6 0,6 0,6 1,4 0,4 2,4 “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita orqali keksalar va nuroniylar tashriflari 2018 45,0 0,5 4,5 2,4 3,8 z,o 6,5 3,9 2,0 2,0 2,2 4,8 1,4 8,0 2019 59,4 0,7 5,9 3,1 5,1 4,0 8,6 5,2 2,6 2,7 2,9 6,3 1,8 10,6 Hududlardagi tadbirkorlik subyektlari va boshqalar tashriflari 2018 25,0 0,3 2,5 1,3 2,1 1,7 3,6 2,2 1,1 1,1 1,2 2,7 0,8 4,5 2019 33,0 0,4 3,3 1,7 2,8 2,2 4,8 2,9 1,4 1,5 1,6 3,5 1,0 5,9
