Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani aholisining bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (509-son)
06.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani aholisining bandligini taʼminlash, aholi hayoti darajasi va sifatini yanada oshirish, fuqarolarni, ayniqsa ayollar va yoshlarni ishga joylashtirish, ularning turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha obyektlariga va ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurish orqali Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish kompleks oʻrganib chiqilgani;
Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni oʻrganish yakunlari boʻyicha mahalla, tuman va viloyat darajalarida hal etilishi talab etiladigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilgani va tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2018-yilda Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida kafolatli ish oʻrinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Andijon viloyati hokimligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli roʻyxat parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin va bu borada loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlariga erishish va yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda koʻrib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga Andijon viloyati hokimligi va xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan kelishgan holda loyihaning qiymatini va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga, zaruratga koʻra, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Qoʻrgʻontepa tumani sektorlari va mahallalari boʻyicha 2018-2019-yillarda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini, band boʻlmagan shaxslarni kasbga qayta tayyorlashni tashkil etish boʻyicha manzilli dasturni bir oy muddatda tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi aholini, ayniqsa yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini yuritish asoslariga oʻqitishga, ushbu sohada bilimlar va koʻnikmalar darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan “Tadbirkorlik darsi” telekoʻrsatuvlar turkumini tashkil etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish, bir vaqtning oʻzida ularni Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish axborot tizimida hisobga qoʻyish ishlarini tugallasin;
2018-yil 1-oktabrgacha tuman hokimining tegishli qarorlari chiqarilishini va belgilangan tartibda mulkiy huquqni belgilovchi hujjatlar berilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Qoʻrgʻontepa tumani hududida yashovchi aholini uzoq vaqt mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy ravishda yashaydigan shaxslarda fuqarolik va Oʻzbekiston Respublikasi pasportlari mavjudligi yuzasidan roʻyxatdan oʻtkazsin;
roʻyxatdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha fuqarolikni aniqlashga yoxud belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun hujjatlar rasmiylashtirilishiga koʻmaklashsin.
9. Andijon viloyati hokimligi, tegishli sektorlarning rahbarlari Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kompleks oʻrganish yakunlari boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning soʻzsiz bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-iyul,
509-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyuldagi 509-son qaroriga ILOVA
2018-yilda Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida kafolatli ish oʻrinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Loyiha tashabbuskori Loyihaning nomi Yillik ishlab chiqarish quvvati Loyihaning umumiy qiymati, mln soʻm shundan: Xizmat koʻrsatuvchi bank Ishga tushirish muddati Yangi ish oʻrinlari Oʻlchov birligi Natura qiymatida mln sum oʻz mablagʻi bank krediti xorijiy investitsiyalar (ming AQSh dollari) Jami — 72 ta loyiha 177 229 883 925 279 413 417 402 23 100 3 159 1. Sanoat loyihalari (jami — 29 ta loyiha ) 168 321 848 374 272 007 389 257 23 100 2 671 2. Xizmat koʻrsatish loyihalari (jami — 24 ta loyiha) 4 082 20 920 4 620 16 300 250 3. Qishloq xoʻjaligi loyihalari (jami — 19 ta loyiha) 4 826 14 631 2 786 11 845 238 I. Sanoat loyihalari Yengil sanoat — 12 ta loyiha 122 356 589 650 211 280 378 370 2 064 1. “Kapital bella” MChJ Eksportga yoʻnaltirilgan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish (ayollar kiyimi) ming dona 225 1260 910 110 800 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.09.2018-y. 55 2. “Mohlaroy fayz” MChJ Yosh bolalar va erkaklar uchun paypoq ishlab chiqarishni tashkil etish ming juft 1000 2500 1 200 600 600 “Hamkor bank” ATB 30.08.2018-y. 15 3. “Shifo Mahliyo diagnostika” MChJ Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish (ayollar kiyimi) ming dona 260 1456 300 300 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.12.2018-y. 20 4. “KNANTEX GROUP” MChJ Ipak, mato va tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming.tn. ming.tn. mln.dona 9,9 8 10 101563 577 000 207 000 370 000 “Oʻzmilliybank” 01.09.2019-y. 1 457 5. “M.M.Sh tekstil lyuks” MChJ Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish (futbolka) ming dona 850 4200 2 000 500 1 500 “Asaka bank” ATB 30.12.2018-y. 100 6. “And paxta teks” MChJ Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish (futbolka va mayka) ming dona 750 2400 2 600 600 2 000 “Asaka bank” ATB 30.12.2018-y. 160 7. “Tikuvchi chiroyi” MChJ Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish (futbolka) ming dona 160 720 400 100 300 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.08.2018-y. 20 8. “El jihoz serviz” MChJ Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish (futbolka va mayka) ming dona 380 1200 300 50 250 “Ipoteka bank” ATB 30.09.2018-y. 35 9. “Alqosimov Erkinjon Ergashevich” XK Yotoq matolari, maxsus kiyimlar va boshqa tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish ming dona 120 252 200 200 “Hamkor bank” ATB 30.09.2018-y. 100 10. “Alimova Muhayyo” XK Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish (futbolka va mayka) ming dona 130 585 220 50 170 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.08.2018-y. 12 11. “Tafakkur idrok kamoli” XK Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish (futbolka va mayka) ming dona 160 720 500 150 350 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.09.2018-y. 15 12. “Numo Antares” XK Rangli ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish tn. 720 5500 4 020 1 620 2 400 “Asaka bank” ATB 30.09.2018-y. 75 Oziq-ovqat sanoati — 6 ta loyiha 15 283 192 995 1 667 5 028 23 000 270 13. “Hamkorlikda yuksalish sari” MChJ Quruq oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish tn. 5000 11200 186 300 23 000 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.12.2018-y. 150 14. “Oq suv” fermer xoʻjaligi Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatishni tashkil etish tn. 2000 1460 4 858 1 100 3 758 “Hamkor bank” ATB 30.08.2018-y. 80 15. “Oq suv” fermer xoʻjaligi Sutni qayta ishlar va qadoqlashni kengaytirish (sir) tn. 140 2100 800 300 500 “Hamkor bank” ATB 30.12.2018-y. 10 16. “Qoʻrgʻontepa issiq non” MChJ Parhez non mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish tn. 75 85,7 400 100 300 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.09.2018-y. 10 17. “Tafakkur idrok kamoli” MChJ Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish tn. 110 352 377 102 275 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.08.2018-y. 10 18. “Munosib voris” MChJ Parhez non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish tn. 75 85,7 260 65 195 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.09.2018-y. 10 Qurilish materiallari sanoati — 8 ta loyiha 26 632 61 679 58 410 2 459 100 197 19. “Ilgʻor yigiruvchi” MChJ Sement ishlab chiqarishni tashkil etish ming.tn. 54 16200 55 000 55 000 “Ipoteka bank” ATB 30.08.2018-y. 105 20. “Max effect” MChJ Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish (plita) ming. kub m. 25,5 8160 4 144 2 200 1 944 “Oʻzsanoatkurilish bank” ATB 30.10.2018-y. 40 21. “Muqaddas diyor ko'rki” MChJ Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish (plita) ming. kub m. 8,2 1250 300 200 100 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.08.2018-y. 12 22. “Ismanova Minavvarxon” XK Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish (feysblok) ming dona 75 90 95 30 65 “Mikrokredit bank” ATB 30.08.2018-y. 5 23. “Kelajak umid barakasi” MChJ Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish (shlakablok) ming dona 80 250 200 100 100 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.08.2018-y. 8 24. “Sultonobod ravon qurilish” MChJ Gʻisht mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 800 170 150 50 100 “Oʻzsanoatkurilish bank” ATB 30.10.2018-y. 7 25. “Istiqlol qorasuv jilosi” MChJ Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish (shlakablok) ming dona 220 400 170 20 150 “Xalq banki” ATB 30.08.2018-y. 5 26. “Monterey sanoat servis” MChJ Turli xil tunuka mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming. kv.m. 10 112 1 620 810 100 “Asaka bank” ATB 30.12.2018-y. 15 Boshqa sanoat turlari — 3 ta loyiha 4 050 4 050 650 3 400 140 27. “Qoʻrgʻon musaffo osmoni” MChJ Tibbiy qoʻlqoplar ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 2000 3600 2 100 100 2 000 “Asaka bank” ATB 30.09.2018-y. 100 28. “El jihoz serviz” MChJ Avtomashina oʻrindiqlari qismlari ishlab chiqarishni kengaytirish ming dona 120 300 750 150 600 “Ipoteka bank” ATB 30.09.2018-y. 15 29. “Sarkor imkon kamoli” MChJ Metall boʻlmagan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish (sheben) ming.kub.m. 1,2 150 1 200 400 800 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.09.2018-y. 25 Jami sanoat yoʻnalishi — 29 ta loyiha 168 321 848 374 272 007 389 257 23 100 2 671 II. Xizmat koʻrsatish loyihalari Savdo-sotiq va umumiy ovqatlanish xizmatlari — 5 ta loyiha 115 1 055 355 700 22 1. “Jabborov Otabek” XK Qurilish materiallari sotishni tashkil etish 15 45 45 “Oʻzsanoatkurilish bank” ATB 30.08.2018-y. 3 2. “Sherzodbek” MChJ Alkogolli ichimliklar va meva-sabzavot mahsulotlari sotishni kengaytirish 15 150 50 100 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 4 3. “Qoʻrgʻontepalik chorvador” MChJ Qurilish materiallari sotishni kengaytirish 45 700 200 500 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.09.2018-y. 10 4. “Sulton omad aloqa” MChJ Meva-sabzavot ma?sulotlari sotishni kengaytirish 20 100 50 50 “Oʻzsanoatkurilish bank” ATB 30.09.2018-y. 2 5. “Turobidinova Dilnozaxon” XK Meva-sabzavot mahsulotlari sotishni kengaytirish 20 60 10 50 “Oʻzsanoatkurilish bank” ATB 30.09.2018-y. 3 Sport va sogʻliqni saqlash xizmatlari — 3 ta loyiha 1 297 4 310 760 3 550 53 6. “Xoji Akbarali med servis” MChJ Tibbiy diagnostika va davolash xizmatlarini kengaytirish 120 1 200 200 1 000 “Mikrokredit bank” ATB 30.09.2018-y. 20 7. “Sogʻlom avlod” XK Tibbiy diagnostika va davolash xizmatlarini kengaytirish 1141,3 2 930 530 2 400 “Asaka bank” ATB 30.08.2018-y. 30 8. “Ahmedov Muzaffar Yulchiboyevich” XK Mini futbol uchun stadion qurishni tashkil etish 36 180 30 150 “Hamkor bank” ATB 30.08.2018-y. 3 Taʼlim xizmatlari — 11 ta loyiha 2 123 9 500 3 050 6 450 123 9. “Iminmirzo” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (50 oʻrni) 250 750 250 500 “Hamkor bank” ATB 30.08.2018-y. 10 10. “Yuldashev Muhammadjon” XK Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (40 oʻrin) 130 200 50 150 “Hamkor bank” ATB 30.08.2018-y. 6 11. “Obodon gʻunchasi” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (100 oʻrin) 320 1 100 500 600 “Hamkor bank” ATB 30.09.2018-y. 15 12. “Shohsulton” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (75 oʻrin) 250 700 200 500 “Hamkor bank” ATB 30.08.2018-y. 12 13. “Asal bolajon” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (50 oʻrin) 720 750 250 500 “Hamkor bank” ATB 30.08.2018-y. 6 14. “Yosh nihollar” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (50 oʻrin) 75,6 550 150 400 “Hamkor bank” ATB 30.09.2018-y. 12 15. “Vunderkind 777” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (80 oʻrin) 105,84 1 550 550 1 000 “Hamkor bank” ATB 30.09.2018-y. 15 16. “Shodiyona va Durdona” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (50 oʻrin) 75,6 1 000 300 700 “Hamkor bank” ATB 30.08.2018-y. 12 17. “Bilimdon bolojonim” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (50 oʻrin) 70 1 300 400 900 “Hamkor bank” ATB 30.09.2018-y. 13 18. “Shamolbogʻ” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (50 oʻrin) 50 800 200 600 “Hamkor bank” ATB 30.09.2018-y. 12 19. “Gʻuncha nihol” NOʻM Maktabgacha taʼlim muassasini tashkil etish (50 oʻrin) 76 800 200 600 “Hamkor bank” ATB 30.12.2018-y. 10 Boshqa xizmat koʻrsatish loyihalari — 5 ta loyiha 547 6 055 455 5 600 52 20. “Ali Shamsat” MChJ Aholiga transport xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish 420 5 100 100 5 000 “Asaka bank” ATB 30.08.2018-y. 30 21. “Xudayarova Sohibaxon Kadirovna” XK Ayollar goʻzallik salonini tashkil etish 65 110 10 100 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.09.2018-y. 8 22. “Rumet parrandachilik” FX Milliy hammom tashkil etish 22 200 200 “Hamkor bank” ATB 30.08.2018-y. 4 23. “Shuhtransservis” MChJ Avtomobillarga texnik xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish 18 425 125 300 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.08.2018-y. 7 24. “Istiqlol qorasuv jilosi” oilaviy korxonasi Maishiy xizmatlar sektorini tashkil etish 22 220 20 200 “Xalq banki” ATB 30.08.2018-y. 3 Jami xizmat koʻrsatish — 24 ta loyiha 4 082 20 920 4 620 16 300 250 III. Qishloq xoʻjaligi loyihalari Muzlatgichli kamera tashkil etish — 2 ta loyiha 420 1 100 700 400 20 1. “Odillik javohiri” FX Muzlatgichli kamera tashkil etish tn. 200 210 600 200 400 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 7 2. “Rashidov Rahimjon” XK Muzlatgichli kamera tashkil etish tn. 200 210 500 500 “Agrobank” ATB 30.12.2018-y. 13 Chorvachilikni tashkil etish — 7 ta loyiha 1 891 3 215 595 2 620 “Agrobank” ATB 78 3. “Aziziddin Sardor chorvasi” MChJ Chorvachilikni kengaytirish bosh 45 250 1 000 200 800 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 3 4. “Barkamol chorva omadi” FX Chorvachilikni kengaytirish bosh 70 580,4 1 000 200 800 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 17 5. “Malikjon Borijon” FX Chorvachilikni tashkil etish bosh 70 580,4 520 40 480 “Agrobank” ATB 30.12.2018-y. 16 6. “Abdullayeva Maʼmuraxon” XK Chorvachilikni kengaytirish bosh 20 165 235 65 170 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 13 7. “Toshboyeva Xafiza” XK Chorvachilikni kengaytirish bosh 10 75 50 50 “Agrobank” ATB 30.09.2018-y. 13 8. “Hasanov Maqsud” XK Chorvachilikni kengaytirish bosh 10 75 200 30 170 “Agrobank” ATB 30.09.2018-y. 13 9. “Istiqlol qorasuv jilosi” MChJ Chorvachilikni tashkil etish bosh 50 165 210 10 200 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 3 Parrandachilikni tashkil etish — 2 ta loyiha 800 900 200 700 “Agrobank” ATB 23 10. OOO “Shuhratbek parrandasi” Parrandachilikni kengaytirish ming bosh 30 650 800 100 700 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 10 11. CHP “Xolmatov Shuhrat” Parrandachilikni kengaytirish ming bosh 4 150 100 100 “Agrobank” ATB 30.09.2018-y. 13 Intensiv bogʻ va uzumchilikni tashkil etish — 5 ta loyiha 1 333 8 261 616 7 645 “Agrobank” ATB 71 12. “Golden seed premium” agrofirmasi Intensiv bogʻni kengaytirish gektar 15 550 6 544 200 6 344 “Agrobank” ATB 30.09.2018-y. 15 13. “Bogʻi furqat plyus” FX Intensiv bogʻni kengaytirish gektar 9 220 1 600 400 1 200 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 40 14. “Maqsudjon yerlari” FX Uzumchilikni kengaytirish gektar 4,4 150 40 5 35 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 4 15. “Valijon saxovati” FX Uzumchilikni tashkil etish gektar 5 275 47 6 41 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 6 16. “Subaxon yerlari” FX Uzumchilikni tashkil etish gektar 2,5 137,5 30 5 25 “Agrobank” ATB 30.08.2018-y. 6 Boshqalar — 3 ta loyiha 383 1 155 675 480 46 17. “Muruvvat kamalagi chorvachilik” FX Issiqxona tashkil etish (gidroponika) gektar 0,3 87,5 425 25 400 “Xalq banki” ATB 30.08.2018-y. 4 18. “Zamon sari” FX Chorvachilik uchun ozuqa urugʻlarini kengaytirish gektar 12 75 130 50 80 “Mikrokredit bank” ATB 30.08.2018-y. 22 19. “Bogʻi furqat” FX Sabzavot urugʻlari yetishtirishni kengaytirish gektar 0,5 220 600 600 “Qishloqqurilish bank” ATB 30.10.2018-y. 20 Jami qishloq hoʻjaligi — 19 ta loyiha 4 826 14 631 2 786 11 845 238
