Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2016-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi Rayosati) jadvali toʻgʻrisida (339-III-son)
05.01.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 62-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2016-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi Rayosati) jadvali tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2015-yil 4-fevraldagi 25-III-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 2, 90-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-yanvar,
339-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2016-yil 5-yanvardagi 339-III-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2016-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi Rayosati)
JADVALI
T/r Oy Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari 1. Yanvar Fevral Otamuratov S.S. Umarov N.M. 2. Mart Aprel Alixanov B.B. Turdiyev S. 3. May Iyun Ketmonov X.A. Otamuratov S.S. 4. Iyul Avgust Umarov N.M. Alixanov B.B. 5. Sentabr Oktabr Turdiyev S. Ketmonov X.A. 6. Noyabr Dekabr Otamuratov S.S. Umarov N.M.
Izoh:
Jadvalda koʻrsatilgan Spiker oʻrinbosarlaridan biri hozir boʻlmaganda (xizmat safari, betoblik, mehnat taʼtili va boshqa shu kabilar), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri ishchi Rayosatining ish jadvaliga oʻzgarishlar kiritishi mumkin.
