Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (527-son)
11.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-iyul,
527-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyuldagi 527-son qaroriga ILOVA
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
29-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ 29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi Quyidagilardan: 80 urugʻliklar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlari importiga karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirishdan urugʻlik, oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlari boʻlgan yuklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirishdan urugʻliklar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlari importiga fitosanitariya sertifikatlarini va (yoki) karantin ostidagi oʻsimlik mahsulotlariga reeksport fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirishdan respublika hududi ichida karantin yuklariga fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish va berishdan har bir transport birligiga koʻzdan kechirish dalolatnomasi, ochib koʻrish va hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi dalolatnomani berishdan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻsimliklar karantini boʻyicha chegara punktlarida tranzit oʻtayotgan karantin ostidagi yuklarni ochmasdan transport birligiga hujjatlarni rasmiylashtirishdan oʻsimliklar karantini sohasida maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlariga muvofiq undiriladigan jarimalardan karantin ostidagi eksport va import qilinadigan mahsulotni zararsizlantirish boʻyicha fumigatsiya ishlarini bajarishdan tushgan daromadlar 100 ”.
