“Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2419-3-son)
05.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2419-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoniga hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish Qoidalari (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral)ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-iyun,
01-02/12-47-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 14-iyundagi 01-02/12-47-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-10-son “Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2419, 2013-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 64-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 14-noyabrdagi 01-02/12-25-son “Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2419-1, 2014-yil 24-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 48-son, 574-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-son “Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 2016-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 138-modda).
