32-modda. Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati tizimini moliyalashtirish
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-484-son) · Sana: 09.07.2018 · Amalda
Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati tizimi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish va fitosanitar xavfsizlikni taʼminlash uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan mablagʻlar ajratiladi.
Oʻsimliklar karantini sohasida koʻrsatiladigan pulli xizmatlardan olingan daromadlar oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati tizimi xodimlarini ragʻbatlantirishga, uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga hamda oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplashga sarflanadi.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmatining olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib oʻtilayotgan karantin ostidagi mahsulotni tekshirish hamda koʻzdan kechirish, shuningdek zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlarining oʻrni tegishli yuridik va jismoniy shaxslar mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
