25-modda. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-484-son) · Sana: 09.07.2018 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash va ularning tarqalishini prognoz qilish tizimidan iboratdir.
Oʻsimliklar karantini sohasidagi monitoring:
oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishiga, tarqalishiga hamda bioekologik xususiyatlarga taʼsir koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi omillarni aniqlash va baholash;
oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish yoʻllarini va tarqalgan hududlarni aniqlash;
oʻsimliklar karantini obyektlari oʻchoqlarini aniqlash;
oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
fitosanitar xavfni aniqlash va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Oʻsimliklar karantini sohasidagi monitoring Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
