23-modda. Oʻsimliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-484-son) · Sana: 09.07.2018 · Amalda
Oʻsimliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari karantin ostidagi mahsulotning qismlarini va (yoki) namunalarini ular zararlanganligini yoki zararlanmaganligini, ularda oʻsimliklar karantini obyektlari mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadqiqotlardan iborat va bu tadqiqotlar qonunchilikka muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda oʻtkaziladi.
Oʻsimliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari:
karantin ostidagi mahsulotning oʻsimliklar karantini qoidalariga hamda fitosanitariya talablariga muvofiqligini aniqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimliklar karantini sohasida monitoring olib borish;
fitosanitar xavfni tahlil qilish;
fitosanitariya sertifikatini berish;
karantin ruxsatnomasini berish;
ilmiy izlanishlarni amalga oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Oʻsimliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
