2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga qabul toʻgʻrisida (501-son)
03.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutining 5A640103 — “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichiga 2018/2019 oʻquv yili uchun qabul kvotasi jami 25 ta oʻrin, shundan 5 ta oʻrin davlat granti va 20 ta oʻrin toʻlov-kontrakt asosida belgilansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-iyul,
501-son
