Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni) (505-son)
05.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 5 va 10-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga 2019-yil 1-yanvardan boshlab oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Oʻzstandart” agentligi 2018-yil 1-noyabrgacha metall mahsulotlarini toʻliq sinovlardan oʻtkazish maqsadida hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarining sinov laboratoriyalarini jihozlash va modernizatsiyalashni taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va “Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-iyul,
505-son
