“85-modda. Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (485-I-son) · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish; maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash; qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatini olish talab etiladigan hollarda bunday ruxsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, xuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab boʻluvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni kamaytirish chora-tadbirlarini toʻliq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha foydalanish, xuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz foydalanish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 87-moddaning birinchi qismi “foydalanishga chiqarish” degan soʻzlardan keyin “yoxud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish chogʻida ishlatib chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli taʼsiri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni taʼminlamaslik” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) Kodeks quyidagi mazmundagi 891-modda bilan toʻldirilsin:
