Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shaklini tasdiqlash haqida (3027-son)
27.06.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3027]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida hisobot shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 308-mh-son “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan adliya organlariga taqdim etiladigan hisobot shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2852, 2016-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 609-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan ularning alohida boʻlinmalari, bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hisobotlarni oʻz tanlovlariga koʻra elektron shaklda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda tegishli adliya organining rasmiy sayti orqali taqdim etishlari mumkin.
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
5. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
6. Mazkur buyruq 2018-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A.Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-iyun,
336-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 27-iyundagi 336-son buyrugʻiga ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisidagi
HISOBOT
20__ yil (Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) nomi)
1. NNTni adliya organida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi yoki hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami 2. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) 3. NNTning rekvizitlari toʻgʻrisida maʼlumot joylashgan eri (pochta manzili) joylashgan eri (pochta manzili)dan foydalanish uchun asos (oʻz mulkida, ijara, tekinga va boshqa asoslar koʻrsatiladi) elektron pochta manzili veb-sayti telefon raqamlari 4. NNT rahbari haqida maʼlumot F.I.O. tugʻilgan yili asosiy ish joyi saylangan (tayinlangan) sanasi 5. Doimiy asosda ishlovchi rahbar organi haqida maʼlumot nomi vakolat muddati Rahbar organi tarkibi F.I.O. (dastlab rahbar organga raislik qiluvchi, soʻng aʼzolari roʻyxati koʻrsatiladi) asosiy ish joyi lavozimi telefon raqamlari (xizmat va mobil telefonlari) saylangan (tayinlangan) sanasi 6. NNT xodimlari va fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlovchilar (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) haqida maʼlumot Jami xodimlar soni Asosiy ish joyi boʻyicha ishlovchi xodimlar roʻyxati F.I.O. (pasporti yoki ID-kartasi boʻyicha) lavozimi tugʻilgan sanasi tugʻilgan joyi tayinlangan sanasi (lavozimga tayinlangan yoki shartnoma boʻyicha jalb qilingan sana) yashash manzili telefon raqami (mobil telefoni) Oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimlar roʻyxati F.I.O. (pasporti yoki ID-kartasi boʻyicha) lavozimi tugʻilgan sanasi tugʻilgan joyi tayinlangan sanasi (lavozimga tayinlangan yoki shartnoma boʻyicha jalb qilingan sana) yashash manzili telefon raqami (mobil telefoni) Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlovchi xodimlar roʻyxati F.I.O. (pasporti yoki ID-kartasi boʻyicha) lavozimi tugʻilgan sanasi tugʻilgan joyi tayinlangan sanasi (lavozimga tayinlangan yoki shartnoma boʻyicha jalb qilingan sana) yashash manzili telefon raqami (mobil telefoni) Jamoatchilik asosida ishlovchi xodimlar roʻyxati F.I.O. (pasporti yoki ID-kartasi boʻyicha) lavozimi tugʻilgan sanasi tugʻilgan joyi tayinlangan sanasi (lavozimga tayinlangan yoki shartnoma boʻyicha jalb qilingan sana) yashash manzili telefon raqami (mobil telefoni) NNTda ishlovchi chet el fuqarolari roʻyxati (hisobot davri davomida asosiy ish joyi boʻyicha, oʻrindoshlik, shartnoma yoki boshqa asoslarda jalb qilingan) F.I.O. (pasporti yoki ID-kartasi boʻyicha) lavozimi akkreditatsiya kartasi raqami va amal qilish muddati (mavjud boʻlsa) tugʻilgan sanasi tugʻilgan joyi fuqaroligi Oʻzbekistondagi yashash manzili telefon raqami (mobil telefoni) Hisobot davrida NNT xodimlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridagi ishtiroki kurslarda ishtirok etgan xodim F.I.O. lavozimi kurs turi (malaka ?shirish yoki qayta tayyorlash) kursda ishtirok etgan davri kursni tashkil etgan davlat yoki nodavlat tashkiloti yoxud xorijiy va xalqaro tashkilot nomi kurs yoʻnalishi 7. NNT aʼzolarining soni (NNT ustavida aʼzolik nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatiladi) 8. NNTning vakolatxona va filiallari (hududiy boʻlinmalari) soni (mavjud boʻlgan taqdirda) 9. Hisobot davrida NNT bilan hamkorlik qilgan va ijtimoiy sheriklik oʻrnatgan tashkilotlar boʻyicha maʼlumotlar ijtimoiy sheriklik oʻrnatilgan davlat organi va tashkiloti nomi ijtimoiy sheriklik asoslari (xat, shartnoma, kelishuv, memorandum va boshqalar mavjud boʻlgan taqdirda ilova qilinadi) boshqa hamkor tashkilotlar nomi hamkorlik asoslari (xat, shartnoma, kelishuv, memorandum va boshqalar mavjud boʻlgan taqdirda ilova qilinadi) 10. NNT aʼzo boʻlgan xalqaro, chet el va mahalliy tashkilotlar boʻyicha maʼlumotlar tashkilot nomi manzili 11. Hisobot davrida NNT xodimlarining davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlariga, komissiyalarga, ishchi guruhlarga va boshqa idoralararo tuzilmalarga aʼzoligi NNT xodimi F.I.O. NNT xodimi aʼzo boʻlib kirgan jamoatchilik kengashi nomi NNT xodimining jamoatchilik kengashiga aʼzo etib saylangan/tayinlangan sanasi NNT xodimining jamoatchilik kengashidagi lavozimi NNT xodimi F.I.O. NNT xodimi aʼzo boʻlib kirgan idoralararo tuzilma nomi NNT xodimining idoralararo tuzilma?a aʼzo etib saylangan/tay??langan sanasi NNT xodimining idoralararo tuzilmadagi lavozimi 12. NNT ishtirokida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha maʼlumot tadbirkorlik subyektining nomi tadbirkorlik subyektining STIRi tadbirkorlik subyektida NNTning ulushi (foizda) 13. Hisobot davrida tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallar boʻyicha maʼlumotlar materiallar nomi materiallar turi materiallar adadi (bunda, tayyorlangan materiallarning nusxalari ilova qilinadi) 14. NNTning barcha milliy va xorijiy valyuta hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari aylanmasi boʻyicha maʼlumotlar (har bir hisobvaraq kesimida alohida ustunda summalar raqam bilan koʻrsatiladi, hisobvaraqlar soni ustunlar sonidan koʻp boʻlganda yangi ustun qoʻshiladi) Mablagʻlar aylanmasi yoʻnalishi Bank nomi: ______________, MFO: ________, hisobvaraq raqami:______________, hisobvaraq valyutasi:______________. Bank nomi:______________, MFO: ________, hisobvaraq raqami:______________, hisobvaraq valyutasi:______________. Bank (Gʻaznachilik organlari) nomi:______________, MFO: ________, Bank (gʻazna) hisobvaraq raqami:______________, hisobvaraq valyutasi:______________. Hisobot davri boshiga qoldiq mablagʻ Hisobot davrida kelib tushgan mablagʻlar miqdori Bosh tashkilotidan (bosh tashkiloti mavjud boʻlgan taqdirda) Tadbirkorlik faoliyatidan Noshirlik faoliyatidan Davlat grantlaridan Davlat subsidiyasidan Davlat ijtimoiy buyurtmalaridan Nodavlat tashkilotlari grantlaridan Homiylardan Chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolari yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan Kirish va aʼzolik badallaridan Boshqa manbalardan (turini koʻrsatgan holda) Jami: Hisobot davrida amalga oshirilgan xarajatlar Ustavda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish xarajatlariga, shundan: oʻtkazilgan tadbirlarga homiylik faoliyatiga homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga boshqa xarajatlarga (turi koʻrsatilgan holda) Maʼmuriy xarajatlarga, shundan: xodimlarning ish haqiga asosiy vositalarni xarid qilishga soliqlarga xizmat safarlariga kommunal toʻlovlarga ijara haqiga internet, aloqa, bank xizmatlariga boshqa xarajatlarga (turini koʻrsatgan holda) Jami: Hisobot davri oxirida qoldiq mablagʻ 15. Hisobot davrida NNT tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolari yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan olingan pul mablagʻlari (mol-mulk) va ulardan foydalanish boʻyicha maʼlumot pul mablagʻini ajratgan yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O. pul mablagʻini ajratgan shaxsning yashash/joylashgan manzili pul mablagʻi summasi valyuta turi pul mablagʻi NNTning hisobvaragʻiga kelib tushgan sana pul mablagʻi ajratilishi uchun asos (loyiha, dastur va boshqalar) pul mablagʻidan foydalanish maqsadi va yoʻnalishlari pul mablagʻining olinishi kelishilganligi haqida adliya organining tegishli xati raqami va sanasi pul mablagʻining olinishi yuzasidan adliya organiga berilgan maʼlumot (xat) raqami va sanasi* mol-mulk ajratgan yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O. mol-mulkni ajratgan shaxsning yashash/joylashgan manzili mol-mulk turi va soni (miqdori, hajmi) mol-mulk qiymatining milliy valyutadagi ekvivalenti (mol-mulk olingan sana holatiga) mol-mulkdan foydalanishning maqsadi va yoʻnalishlari mol-mulkning olinishi kelishilganligi haqida adliya organining tegishli xati raqami va sanasi mol-mulkning olinishi yuzasidan adliya organiga berilgan maʼlumot (xat) raqami va sanasi* 16. NNT tomonidan amalga oshirilgan loyihalar (dasturlar) haqida maʼlumot loyiha (dastur) nomi loyiha amalga oshirilgan hudud nomi loyihani amalga oshirish sohasi** ajratilgan mablagʻ miqdori loyiha (dastur) yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot (ilova qilinishi mumkin) loyihani moliyalashtirgan davlat yoki nodavlat tashkiloti yoxud xorijiy va xalqaro tashkilot nomi (mavjud boʻlgan taqdirda) 17. Hisobot davrida NNT vakillarining chet mamlakatlarga NNTning faoliyati bilan bogʻliq tashriflari haqida maʼlumot NNT vakilining F.I.O. chet mamlakat nomi taklif qilgan yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O. (taklif boʻyicha borganda) tashrifning maqsadi tashrif sanasi (boshlanish va tugash sanasi koʻrsatiladi) 18. Oʻtkazilgan tadbirlar (konferensiya, seminar, trening, yigʻilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, sport musobaqalari va boshqa shakllarda shaxslarni toʻplash) toʻgʻrisida maʼlumot tadbir mavzusi davlat dasturi nomi (agar tadbir ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilgan boʻlsa) tadbir oʻtkazilgan joy t�dbir sohasi** tadbir oʻtkazilgan sana (kun, oy, yil) tadbir oʻtkazilishi haqida adliya organiga berilgan xabarnoma (xat) raqami va sanasi 19. Hisobot davrida amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati tadbirlari jamoatchilik nazorati shakli*** jamoatchilik nazorati oʻtkazilgan sana jamoatchilik nazorati oʻtkazilgan joy jamoatchilik nazoratini oʻtkazishdan maqsad jamoatchilik nazoratining natijalari boʻyicha tayyorlangan yakuniy hujjat va ushbu hujjat kiritilgan davlat organi nomi (yakuniy hujjat nusxasi ilova qilinadi) 20. Hisobot davrida NNTning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashdagi ishtiroki Hujjat shakli (dastur, qonun, farmon va boshqalar) Hujjat nomi Hujjat raqami (agar qabul qilingan boʻlsa) Ishtirok etish shakli (ishchi guruhda, jamoatchilik muhokamasida, rasmiy xat orqali taklif kiritish va boshqalar) 21. NNT tomonidan hisobot davrida davlat tashkilotlariga qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kiritilgan takliflar takliflar kiritilgan davlat tashkiloti NNTning taklif kiritish haqidagi xati raqami va sanasi kiritilgan takliflarning qisqacha mazmuni takliflar yuzasidan davlat tashkilotining bergan javob xati raqami va sanasi 22. NNT xodimlarning “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni va boshqa davlat mukofotlar� bilan taqdirlanganligi taqdirlangan xodim F.I.O. lavozimi mukofot nomi taqdirlangan sanasi 23. NNT tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yuqoridagi bandlarda koʻrsatilmagan qoʻshimcha maʼlumotlar (hujjatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin) 24. Auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan sana (faqat jamoat fondlari uchun) 25. Faoliyati boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan hisobot sanasi va eʼlon qilingan manba (faqat jamoat fondlari uchun) 26. Hisobot davrida NNT faoliyatida vujudga kelgan muammolar (mavjud boʻlgan taqdirda) hisobot davrida davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtma tanlovlarida ishtirok etilmagan boʻlsa, buning sabablari boshqa muammolar (moliyaviy mablagʻ yetishmovchiligi, malakali kadrlar yetishmo�chiligi, xizmat binosi (xonasi)ning mavjud emasligi, rahbarning mavjud emasligi, moddiy-texnik bazasining yetishmasligi, davlat organlari bilan hamkorlik oʻrnatishda qiyinchiliklar va boshqalar) 27. NNT faoliyatini takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar (mavjud boʻlgan taqdirda)
Izohlar:
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 858-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida nazarda tutilgan holatlar yuzasidan taqdim etiladi.
** Quyidagilardan biri koʻrsatiladi:
aholiga huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish;
sogʻliqni saqlash;
aholini ijtimoiy himoya qilish;
aholini oʻqitish, kasbga oʻrgatish va malakasini oshirish;
ilmiy tadqiqot, fan va texnika;
qishloq xoʻjaligi;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
sport;
ekstremizm, terrorizm, radikalizm va zoʻravonlikka qarshi kurashish;
korrupsiyaga qarshi kurashish;
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish;
aholining huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish;
madaniyat va tarix;
boshqa sohalar.
*** Quyidagi jamoatchilik nazorati shakllaridan biri koʻrsatiladi:
davlat organlariga murojaatlar va soʻrovlar;
davlat organlarining ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish;
jamoatchilik muhokamasi;
jamoatchilik eshituvi;
jamoatchilik monitoringi;
jamoatchilik ekspertizasi;
jamoatchilik fikrini oʻrganish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.
