9-modda. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizom
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (535-II-son) · Sana: 30.08.2003 · Amalda
Fuqarolar yigʻini oʻzi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
fuqarolar yigʻinining nomi;
fuqarolar yigʻinining hududi;
fuqarolar yigʻini va uning organlari vakolatlari;
fuqarolar yigʻinini chaqirish tartibi;
fuqarolar yigʻini kengashini tuzish tartibi;
fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, shuningdek fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash tartibi;
fuqarolar yigʻini komissiyalarini tuzish tartibi;
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) va rais maslahatchilarining vakolatlari;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi faoliyatining moliyaviy asosi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
2) 10-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga majburiy toʻlovlarni yigʻish, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish yuzasidan tadbirlar oʻtkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, uy-joylar va hovlilarni namunali saqlash yuzasidan ixtiyoriy ishlarni tashkil etishda koʻmaklashadi”;
yigirma uchinchi xatboshisi yigirma toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
3) 12-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi — oʻttizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyasi tuzadi;
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbarini tayinlaydi va tuzilmaga aʼzolar qabul qiladi;
fuqarolar yigʻinining yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy va ommaviy-sport ishlarini olib boruvchi pedagog-tarbiyachisini tayinlaydi”;
yigirma sakkizinchi va yigirma toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oʻttiz birinchi va oʻttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
