“23-modda. Chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (535-II-son) · Sana: 30.08.2003 · Amalda
Chiqindilarni maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarga joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari undiriladi.
Kompensatsiya toʻlovlari miqdori belgilangan tartibda chiqindilarni joylashtirish limitlari asosida, chiqindilarning fuqarolar hayoti va sogʻligʻi hamda atrof muhit uchun xavflilik darajasiga qarab belgilanadi”.
XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda) 3-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shu kabi boshqa organlariga xizmatga kirish taqiqlanadi”.
XXVI. Ushbu Qonun XII boʻlimining 1, 2, 3, 7 va 8-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasiga saylov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish natijalariga koʻra kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-avgust,
535-II-son
