“1541-modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (535-II-son) · Sana: 30.08.2003 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirishi –
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi –
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
3) 225-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
