“100-modda. Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (535-II-son)
“100-modda. Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (535-II-son) · Sana: 30.08.2003 · Amalda
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi tashkil etiladi. Muassasa maʼmuriyati mahkumlarga ular taʼlim olishi va mustaqil taʼlim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur koʻmak koʻrsatadi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimini tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
12) 101-moddasining:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“101-modda. Mahkumlarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va kasb tayyorgarligi”;
birinchi va ikkinchi qismlaridagi “hunar taʼlimi” degan soʻzlar “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 102-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
14) 104-moddasining:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga intizomiy jazosi yoʻq mahkumlar:
qasddan sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida olti oyini oʻtaganidan keyin;
sodir etilgan ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida chorak qismini oʻtaganidan keyin;
sodir etilgan oʻta ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganidan keyin oʻtkaziladi”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
15) 109-moddasining:
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hibsxonalarga kiritib qoʻyilgan mahkumlarga uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, xatlar va boshqa joʻnatmalar yuborish taqiqlanadi. Ularga chekish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Mahkumlar har kuni muddati bir yarim soatlik sayrdan foydalanish huquqiga ega”;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlariga oʻtkazilgan mahkumlar quyidagi huquqlarga ega:
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha pul sarflash;
har kuni muddati ikki soatlik sayrdan foydalanish”;
16) 112-moddasining ikkinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
17) 113-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Manzil-koloniyalarga ijobiy tavsifga ega va:
qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida beshdan bir qismini oʻtagan mahkumlar;
ogʻir jinoyat, shuningdek qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan mahkumlar, agar shaxs muqaddam qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa;
muqaddam jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan yoki jazo sud tomonidan yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxs oʻta ogʻir jinoyat, shuningdek jazo muddatining oʻtalmagan qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi”;
18) 114-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, odatda, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida oʻtkazilishi mumkin”;
19) 117-moddasining:
ikkinchi qismidagi “qirq foizigacha” degan soʻzlar “ikki baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta telefon orqali soʻzlashuv;
oltita posilka yoki yoʻqlov;
oltita banderol olish huquqiga ega”;
20) 119-moddasining:
ikkinchi qismidagi “qirq foizigacha” degan soʻzlar “bir yarim baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
uch marta qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv;
toʻrt marta telefon orqali soʻzlashuv;
toʻrtta posilka yoki yoʻqlov;
toʻrtta banderol olish huquqiga ega”;
21) 121-moddasining:
birinchi qismi “kameralarda” degan soʻzdan keyin “yoki umumiy yashash binolarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismidagi “miqdorining qirq foizigacha boʻlgan summaga” degan soʻzlar “miqdori summasigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
ikki marta qisqa muddatli va ikki marta uzoq muddatli uchrashuv;
uch marta telefon orqali soʻzlashuv;
uchta posilka yoki yoʻqlov;
uchta banderol olish huquqiga ega”;
22) 123-moddasining:
ikkinchi qismidagi “oʻttiz” degan soʻz “yetmish besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish va yil mobaynida:
ikki marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
ikki marta telefon orqali soʻzlashuv;
ikkita posilka yoki yoʻqlov;
ikkita banderol olish huquqiga ega”;
23) 124-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
24) 125-moddasining:
ikkinchi qismidagi “ellik foizigacha” degan soʻzlar “ikki yarim baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy tartibli tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:
olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;
oʻn ikki marta telefon orqali soʻzlashuv;
oltita posilka yoki yoʻqlov;
oltita banderol olish huquqiga ega.
Kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:
olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;
sakkiz marta telefon orqali soʻzlashuv;
toʻrtta posilka yoki yoʻqlov;
toʻrtta banderol olish huquqiga ega”;
25) 127-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi”;
26) 129-moddasining:
birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qasddan sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun hukm qilingan shaxslar – ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyaga;
sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar — umumiy tartibli koloniyaga”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan mahkumlar oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyaga oʻtkaziladi”;
27) 134-moddasi chiqarib tashlansin;
28) 135-moddasi chiqarib tashlansin;
29) 169-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Sil kasalligiga duchor boʻlgan shaxslarning ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi”;
30) 173-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkumlarning ozod etilganligi toʻgʻrisida:
birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan — ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarni;
ishga kirish va turmushini yoʻlga qoʻyishga muhtoj boʻlgan shaxslarga nisbatan — viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini;
sil yoki tanosil kasalliklariga duchor boʻlgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari) yoki sogʻliqni saqlash organlarining davolash muassasalarini;
maʼmuriy nazorat ostiga olinishi lozim boʻlgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qogʻozi ular ozod etilgan kuni joʻnatiladi.
Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik toʻgʻrisidagi bildirish qogʻozi joʻnatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi boʻyicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum qamoqqa olinguniga qadar roʻyxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va roʻyxatga olish bilan shugʻullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi.
Sogʻligʻi holatiga koʻra doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa maʼmuriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga joʻnatiladi.
Nogironlar va qariyalar, oʻz iltimosiga koʻra, nogironlar va qariyalar uyiga joʻnatiladi.
Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga joʻnatiladi. Ota-onasi yoʻq voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga joʻnatiladi yoki homiylar qaramogʻiga beriladi”.
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda):
1) 6-moddasining oʻninchi xatboshisi va 7-moddasining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini tashkil etish”;
2) 9-moddasining:
toʻrtinchi qismidagi “yerni egalik qilishga va foydalanishga” degan soʻzlar “yer uchastkalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega boʻlgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlarda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida koʻrsatiladi”;
3) 10-moddasining birinchi qismidagi “yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat yer kadastrida va davlat roʻyxatiga olish hujjatlarida” degan soʻzlar “davlat yer kadastrida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 23-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “100-modda. Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (535-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-38077/100 (lex.uz/docs/-36558)