“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (1831-7-son)
29.06.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1831-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/20-sonli qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi 12/2-son “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 27-iyundagi 19/3-son “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1831-1, 2009-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 338-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-son “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 2011-yil 21-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 29-son, 310-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 10-sentabrdagi 26/2-son “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1831-3, 2011-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 445-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 6-maydagi 9/1-son “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1831-4, 2017-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 508-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 18-iyuldagi 17/1-son “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1831-5, 2017-yil 9-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 823-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 21-oktabrdagi 28/4-son “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1831-6, 2017-yil 7-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 45-son, 1124-modda).
