8-modda. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar va ularning majburiyatlari
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida (O‘RQ-478-son) · Sana: 02.07.2018 · Amalda
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari (maʼmuriyati), shu jumladan oʻz tasarrufida (mulkida, egaligida, foydalanishida) hududlar, binolar (xonalar), inshootlar va jamoat joylarida joylashgan boshqa obyektlar, shuningdek ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari boʻlgan shaxslar jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslardir.
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar:
jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarishi;
chilim va elektron sigaretalar chekayotgan shaxslarni jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida ogohlantirishi, huquqbuzarlik davom ettirilgan taqdirda esa ichki ishlar organlariga xabar berishi;
hammaga koʻrinarli joyga, shu jumladan binolarga (xonalarga) kirish joylariga, transport vositalariga va boshqa obyektlarga jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantiruvchi lavhalarni joylashtirishi shart.
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
