3-modda. Chilim
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida (O‘RQ-478-son) · Sana: 02.07.2018 · Amalda
Chilim tamaki chekish yoki tarkibida tamaki boʻlmagan chekiladigan qorishmani (tutatqi qiyomni, tutatqi toshni) isteʼmol qilish uchun foydalaniladigan asbob boʻlib, unda aerozol (bugʻ) yoki tutun suyuqlik solingan idish (chilim suvdoni) orqali oʻtadi.
Chekiladigan qorishma nikotinsiz qorishmadan, chekiladigan mevali aralashmadan, shuningdek ularning oziq-ovqat tolalari asosida tamaki barglarini hamda boshqa tarkibiy qismlarni qoʻshmasdan va qoʻllamasdan yaratilgan, tarkibiga kelib chiqishi tabiiy yoki sunʼiy boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari kiradigan oʻxshash turlaridan iboratdir.
Tutatqi qiyom glitserin, turli oʻsimliklarning ekstraktlari, eritkichlar va xushboʻy moddalar asosidagi tamakisiz mahsulotdir.
Tutatqi tosh kelib chiqishi mineral asosga ega boʻlgan, xushboʻy qiyom shimdirilgan, nikotinsiz gʻovaksimon mahsulotdir.
