“2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 99-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (2956-3-son)
23.06.2018
Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2956-3]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 9-noyabrdagi 6-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2956, 2017-yil 19-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2956/0429-son) 99-son ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-may,
4-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 30-maydagi 4-mb-son qaroriga ILOVA
Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisobot (99-ilova)
