Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (470-son)
25.06.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish yoʻli bilan avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha sotish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 191-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyun,
470-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 470-son qaroriga ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishda “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning oltinchi xatboshidagi “uch” soʻzi “besh” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining
ROʻYXATI
t/r Toifa nomi ROʻDRBning seriyadagi soni* ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi* ROʻDRBning boshlangʻich narxi* (EKOIHda**) ROʻDRBga har xil kombinatsiyadagi harflar bilan ROʻDRBga bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan Toshkent shahri 1. 1-toifa 13 juft 001, 007, 100, 111, 222, 333, 444, 555, 666, 700, 777, 888, 999. 100 130 2. 2-toifa 31 juft 002, 003, 004, 005, 006, 008, 009. 010, 020, 030, 040, 050, 070, 077, 080, 090. 101, 200, 202, 300, 303, 400, 404, 500, 505, 600, 707, 800, 808, 900, 909. 40 50 3. 3-toifa 21 juft 011, 022, 033, 044, 055, 060, 066, 088, 099. 110, 220, 330, 440, 550, 606, 660, 701, 702, 770, 880, 990. 10 15 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar 4. 1-toifa 13 juft 001, 007, 100, 111, 222, 333, 444, 555, 666, 700, 777, 888, 999. 25 30 5. 2-toifa 31 juft 002, 003, 004, 005, 006, 008, 009. 010, 020, 030, 040, 050, 070, 077, 080, 090. 101, 200, 202, 300, 303, 400, 404, 500, 505, 600, 707, 800, 808, 900, 909. 10 15 6. 3-toifa 21 juft 011, 022, 033, 044, 055, 060, 066, 088, 099. 110, 220, 330, 440, 550, 606, 660, 701, 702, 770, 880, 990. 5 7
* ROʻDRB — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
** EKOIH — eng kam oylik ish haqi”.
