Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (462-son)
22.06.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, tavsiyanomalar quyidagilarga:
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning haqiqiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlariga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga va Milliy gvardiya xodimlariga — bevosita komandirlari (boshliqlari) tavsiyanomasiga asosan ular farzandlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun;
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga beriladi.
Tavsiyanomalar blankalarini tayyorlash vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili ushbu vazirliklar va idoralar uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobiga “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar:
2018-yilda tavsiyanomalar berish tadbirlarini joriy yilning iyun oyida ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Nizom talablariga muvofiq amalga oshirsinlar;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-iyun,
462-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga va oliy harbiy taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi.
2. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar quyidagilarga beriladi:
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida maʼlum bir natijalarga erishgan xaqiqiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlarga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga (keyingi oʻrinlarda — harbiy xizmatchilar deb ataladi) va Milliy gvardiya xodimlariga — ularning farzandlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun bevosita komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasi boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklda;
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga — mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklda.
3. Tavsiyanomalar blanklari qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
4. Tavsiyanomalar mazkur Nizomning 3-ilovasidagi sxema boʻyicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlarini Oʻzbekiston Respublikasining bitta oliy taʼlim muassasasiga bir marta kirishi uchun uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
2-bob. Tavsiyanomalarni berish tartibi
5. Tavsiyanomalarni berish masalasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklarda (idoralarda) vazirlik (idora) rahbarining tegishli masalalar boʻyicha oʻrinbosari raisligida komissiya tuziladi.
Kamida besh nafar rahbar xodimlar va vakolatli mutaxassislardan iborat boʻlgan komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik (idora) rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
6. Har yili mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirlik (idoralar) komissiyalarida quyidagilar koʻrib chiqiladi:
harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlari farzandlarining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish toʻgʻrisidagi tavsiyalari bilan komandirlar (boshliqlar)ning takliflari;
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari roʻyxatlari.
7. Komandir (boshliq)lar komissiyaga koʻrib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi
a) harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
bevosita komandir (boshliq)ning tavsiyanomasi;
maʼlumotnoma-obyektivka;
biografik maʼlumotlar;
xizmat faoliyati natijalari boʻyicha batafsil hisobot;
harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;
b) halok boʻlgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tavsiyanomasi;
harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlganligi toʻgʻrisida vazirlik (idora) rahbarining buyrugʻidan koʻchirma;
harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) oʻlimi haqidagi guvohnomadan nusxa;
halok boʻlgan harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;
v) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
vazirlik (idora) xududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tavsiyanomasi;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) nogironligi haqidagi maʼlumotnoma;
yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar boʻyicha harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkazadigan muassasaning xulosasi;
harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
8. Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning komissiyalariga koʻrib chiqish uchun har yili 15-martgacha taqdim etiladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning komissiyalari harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) taqdim etgan hujjatlarni har yili 1-aprelgacha koʻrib chiqadi. Bunda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida maʼlum bir natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga (Milliy gvardiya xodimlariga) alohida eʼtibor qaratiladi.
10. Tavsiyanoma olgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirlik (idora) rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar) Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga mazkur Nizomda koʻzda tutilgan tartibda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) farzandlarining roʻyxatlarini har yili 1-maygacha mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda yuboradilar
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
12. Komissiyaning harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish
SXEMASI
Bosqichlar Amalga oshirish mexanizmi Subyekt Bajarish muddati I-bosqich 1. Vazirlik (idora) rahbarining tavsiyanoma berish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisidagi buyrugʻini chiqarish. 2. Komissiya quyidagilarni koʻrib chiqadi: harbiy xizmatchi va xodimlar farzandlarining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi tavsiyalar bilan komandirlar (boshliqlar)ning takliflari; harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari roʻyxatlari. Vazirliklar (idoralar) Har yili 10-martgacha II-bosqich Komandir (boshliq)lar komissiyaga koʻrib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga): bevosita komandir (boshliq)ning tavsiyasiyanomasi; maʼlumotnoma-obyektivka; biografik maʼlumotlar; xizmat faoliyati natijalari boʻyicha batafsil hisobot; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari; b) halok boʻlgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga): vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tavsiyanomasi; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlganligi toʻgʻrisida vazirlik (idora) rahbarining buyrugʻidan koʻchirma; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi)ning oʻlimi xaqidagi guvohnomadan nusxa; halok boʻlgan harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari; v) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga): vazirlik (idora) hududiy organ�, mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tavsiyanomasi; tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) nogironligi xaqidagi maʼlumotnoma; yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar boʻyicha harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkazadigan muassasaning xulosasi; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik xaqidagi guvohnomasi nusxalari. Harbiy qismlar va muassasalar komandirlari (boshliqlari) Har yili 15-martgacha III-bosqich 1. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi. (Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida maʼlum bir natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga (Milliy gvardiya xodimlariga) alohida eʼtibor qaratiladi). 2. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuziladi, u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirliklar (idoralar) komissiyalarining raislari Har yili 1-aprelgacha IV-bosqich 1. Vazirlik (idora) tegishli rahbarining buyrugʻi chiqariladi. 2. Harbiy xizmatchi va Milliy gvardiya xodimlari farzandlarining respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar beriladi. 3. Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalarga ega boʻlgan farzandlari roʻyxatlari Davlat komissiyasiga yuboriladi. Vazirliklar (idoralar) rahbarlari, harbiy qismlar va muassasalar komandirlari (boshliqlari) Har yili 1-maygacha V-bosqich Davlat komissiyasi harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berilgan farzandlari roʻyxatlarini koʻrib chiqadi. Davlat komissiyasi (taʼlim muassasalari boʻyicha ATD) ishchi organi Har yili 15-iyungacha
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan, yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchi va xodimlarning respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomaga ega boʻlgan farzandlarining
ROʻYXATI
T/r Abituriyentning (nomzodning) familiyasi, ismi, otasining ismi Abituriyent (nomzod) pasportining (guvohnomasining) seriyasi va raqami Qaysi vazirlik (idora) vakili Taʼlimning rejalashtirilayotgan yoʻnalishi Tavsiyanoma raqami Izoh 1. 2.
